Beshinchi dars
5.Lektion
ä,ö,ü unlilarining o'qilishi
sch harflar birikmasining o'qilishi
tsch harflar birikmasining o'qilishi
O'qish qoidasi
Nemis tilida o'zbek tilida uchramaydigan unli tovushlar ham bor. Ular quyidagi belgilar yordamida ko'rsatiladi:
a (ä-Umlaut). o (ö-Umlaut). u (ü-Umlaut)
ä,ö,ü unlilari quyidagi hollarda cho'ziq o'qiladi
a) ochiq bo'g'inda kelsa: Plä:/ne , hö:/ren ü:/ben
shartli yopiq bo'g'inda kelsa : Bä:/r,Bä:/ren,sü:/ß sü:/ße, schö:n, schö:ne
ä,ö,ü unlilaridan keyin cho'ziqlik belgisi h kelsa: zählen, Sühne, kühn
ü bir bo'ginli so'zlarda biror sonor tovushdan oldin kelsa: für, Tür
ä,ö,ü unlilari yopiq bo'g'inda qisqa o'qiladi: März, Wörter, dünn
Dostları ilə paylaş: |