Taqrizchilar: O'. Uskenbayev f f. n., O'


FONETIKA - ORFOEPIYAGA KIRISH KURSI



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə2/179
tarix02.02.2022
ölçüsü2,03 Mb.
#113997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
FONETIKA - ORFOEPIYAGA KIRISH KURSI
Darslikning fonetika-orfoepiyaga kirish kursi (32 soat) 9 ta darsdan iborat bo'lib, 1-2-dars 2 soatga, qolgan umumlashtiruvchi darslar esa 4 soatga mo'ljallangan.

Kirish kursi leksika, grammatika va fonetikaga oid materiallarni, kichik hajmdagi matn, she'r va maqollarni o'z ichiga oladi. Fonetik material asosan matnlarda tushuntiriladi. Bu kursning leksik va grammatik materiallarini bakalavrlar mukammal o'zlashtitirishlari lozim.


ASOSIY KURS
16 darsdan iborat bo'lgan bu kursning birinchi qismi (44 soat) 6 darsni o'z ichiga oladi. Har bir dars 8 soatga mo'ljallangan, 6-dars takrorlash darsi bo'Iib, 4 soatga mo'ljallangan va o'tilgan materiallarni mustahkamlash va bakalavrlarning o'zlashtirishlarini tekshirish uchun berilgan.

Mazkur kursning ikkinchi qismi 9 darsdan iborat bo'lib, 152 soatga mo'ljallangan. Bu qismning matnlari dasturga muvofiq nemischa gazeta va ilmiy ommobop jurnallardan olingan, qisqartirilgan va qisman soddalashtirilgan parchalardan tuzilgan bo'lib, turmushga oid ilmiy ommabop va ijtimoiy-siyosiy tematikadagi materiallarni o'z ichiga oladi.

Har bir darsda o'zlashtirilishi lozim bo'lgan 25-30 tacha tub va yasama so'zlar kiritilgan.

Yangi va ilgari o'tilgan grammatik va leksik materialni o'zlashtirish va mustahkamlash hamda tarjima malakalarini o'stirish uchun fonetik, leksik va grammatik, shuningdek, so'z yasalishiga oid mashqlar berilgan.

Lug'at minumum 1500 nemischa - o'zbekcha so'zdan iborat. Har bir dars yangi grammatik mavzudan va shu mavzuga oid misol va mashqlardan, fonetik mashqlardan, matn, dialog, matnga oid tiisliuntirishlardan, yangi leksik og'zaki nutqni o'stirish mashqlaridan, so'z yasalishiga oid mashqlardan, maqol, tez aytish, topishmoq va she'rlardan iboratdir.

I 1-darsdan boshlab dialog o'miga o'qish uchun matn beriladi. Hu matnlar tanish leksika asosida tuzilgan bo'lib, nemischa-o'/.bekcha so'zlamung 5-6 foizini tashki! qiladi. Matn ustida ish-lash uehun matnni o'qish, uni tarjima qilish, savollarga javob berish, matnni qayta so'zlab berish uchun reja tuzish va so'zlab berishdan iborat. Bakalavrlarning og'zaki nutq malakalarini o'stirishni nazarda tutib har bir matnga dialog berilgan. Dialoglar rollarga bo'lib o'qishga va ikki kishi bo'lib suhbat olib borishga mo'ljallangan.

Chet tilini o'qitish borasida o'qituvchiga mavjud texnikaviy vositalardan hamda turli ko'rgazmali qurollardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ko'pgina darslarda og'zaki nutq malakasini o'stirishga oid mashqlar berilgan. Bular turli xil hazillar, she'rlar, maqollar bo'lib o'quvchilar ularni yodlaydilar, hikoyalarni esa lug'atsiz tarjima qiladilar va mazmunini nemis tilida qisqacha so'zlab beradilar. Darslikning yaratilishida o'zining maslahatlari bilan katta yordam bergan avstriyalik o'qituvchi M. Sallingerga, O'zDJTU ning Nemis filologiyasi fakulteti «Fonetika va fonologiya» kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent O.Yu.Uskenbayevga, O'zMU chet tillar kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.X.Qosimovaga va "Ikkinchi chet tillar" kafedrasi nemis tili katta o'qituvchisi S.Ya.Abdul-layevaga ushbu darslik muallifi o'zining minnatdorchiligini bildiradi.




Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin