Taqrizchilar: O'. Uskenbayev f f. n., O'



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə3/179
tarix02.02.2022
ölçüsü2,03 Mb.
#113997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
FONETIKAGA KIRISH KURSI
FONETIKADAN MA'LUMOT
Har bir til o'zining grammatik qurilishi va leksik tarkibi bilangina emas,balki o'ziga xos bo'lgan tovushlar tarkibi bilan ham boshqa tillardan farq qiladi. Har bir tilning o'ziga xos tovushlar talaffuzi va intonatsiyasi bor. O'zbek va nemis tillari talaffuz jihatidan bir-biridan juda katta farq qiladi.

Nemis tilida ham o'zbek tilidagiga o'xshash tovushlar mavjud, lekin bu tovushlar o'zbek tilidagiga qaraganda boshqacharoq talaffuz qilinadi. Biroq nemis tilida shunday tovushlar ham borki, ular o'zbek tilida mutlaqo uchramaydi, shuning uchun ham nemis tilini o'rganuvchi o'zbeklar uchun ular yangi tovush hisoblanadi.

Nemis tilidagi tovushni aniq talaffuz qilmaslik yoki uni o'zbek tilidagi tovush singari talaffuz qilish ko'pincha, so'z ma'nosining buzilishiga olib keladi.

Nemis tilidagi barcha tovushlar 2 guruhga: unli va undosh tovushlarga bo'linadi.

Unli tovushlar cho'ziq va qisqa bo'ladi. O'zbek tilida unlilar cho'ziq-qisqaligi jihatidan bir-biridan nemis tilidagichalik katta farq qilmaydi.

Nemis tilida unlilarning cho'ziq-qisqaligiga qat'iy amal qilish lo-zim, chunki har bir cho'ziq unlini qisqa unliga, qisqa unlini cho'ziq unli-ga almashtirish ko'pincha so'z ma'nosining o'zgarishiga sabab bo'ladi.



Masalan:

Beet - jo'yak, Bett - karavot

filhlen - his qilmoq, fiillen - to'ldirmoq

Unli bilan tugagan bo'glin ochiq bo'g'in deyiladi. Ochiq bo'g'indagi unli tovushlar odatda cho'ziq talaffuz etiladi: Masalan: ba:/den, le:/ben, Blu:/me. Undosh bilan tugagan bo'g'in yopiq bo'g'in deb ataladi. Yopiq bo'g'indagi unli tovushlar qisqa talaffuz etiiadi: Masalan: Gar/ten, tur/nen, ler/nen.

So'zning o'zgarishi(turlanishi, tuslanishi) natijasida ochiq bo'g'inga aylanadigan yopiq bo'g'in shartli yopiq bo'g'in deyiladi. Shartli yopiq bo'g'inda unli tovushlar cho'ziq talaffuz qilinadi:

fra:/gen - fra:gt, ma:/len - ma:lt

Nemis tilidagi undosh tovushlarga xos bo'lgan muhim xususiyat shuki, undosh tovushlar deyarli yumshoq talaffuz qilinmaydi.

Nemis tilida p, t, k jarangsiz undosh tovushlari urg'uli bo'g'in boshida kuchli (zarb bilan) talaffuz qilinadi:



Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin