Taraqqiyot strategiyasi



Yüklə 389,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix09.02.2023
ölçüsü389,97 Kb.
#123214
1   2   3   4   5   6
Taqdimot (1)

— jamiyat — davlat” tamoyiliga oʻzgartirilmoqda. Yanada 
sodda qilib aytganda, Oʻzbekistonda har bir fuqaroning qadrini 
yuksaltirish va farovonligini oshirish zarurligiga urgʻu
berilmoqda.

Eng asosiysi, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 
ustuvor yoʻnalishning bosh gʻoyasi — inson qadrini 
taʼminlash. Chunki Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi 
asosiy gʻoya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz
tanlanmagan. Bu nom, avvalo, mazkur Taraqqiyot strategiyasi 
— 2017-yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida 
hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi 
bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi.



Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar 
strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili 
ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har 
bir yoʻnalishnitaraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, 
keng koʻlamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi 
ustuvor yoʻnalishlarda muhim natijalarga erishish koʻzda
tutilmoqda.

Taraqqiyot strategiyasida, shuningdek, BMT va uning 
ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar 
hamkorlikni jadallashtirish, BMTning “Inson huquqlari 
yoʻlida harakatga daʼvat” tashabbusini ilgari surish uchun 
barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish 
istiqbollari koʻrsatib berilgan.

Shu nuqtayi nazardan, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot 
strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chogʻda unda 
belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va muhim vazifalar ham 
milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global 
darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan 
uygʻun va hamohangdir.



Yüklə 389,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin