Taraqqiyot strategiyasi



Yüklə 389,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix09.02.2023
ölçüsü389,97 Kb.
#123214
1   2   3   4   5   6
Taqdimot (1)

Beshinchi yo‘nalishga asosan ma’naviy va ma’rifiy sohalar rivojlantiriladi. Shu maqsadda 
“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va 
san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va 
o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Oltinchidan, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, bu 
boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, ekologik 
tahdidlarning salbiy ta’siri ortib borayotgani qayd etildi. Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar
va texnologiyalar hududi sifatida rivojlantirish, Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab 
chiqish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Yettinchi yo‘nalishda mamlakatdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirish borasidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan. Qurolli Kuchlarimizning qudrati yanada 
oshirilishi, harbiylarning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi kuchaytirilishi 
aytildi.

Xalqaro hamkorlikda pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat, iqtisodiy diplomatiya 
davom ettiriladi. Avvalo, qo‘shni mamlakatlar va dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar 
bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqalar kengaytiriladi.


XALQ FIKRIDAN SAYQAL 
TOPGAN TARAQQIYOT 
STRATEGIYASI 

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi 
muhokamasining uchinchi bosqichi 2021-yil 30-dekabrdan 
jamoatchilik muhokamalari yakuniga yetgan sana, yaʼni 2022-yil 
15-yanvargacha boʻlgan davrni qamraydi.

Ushbu muhim hujjat loyihalari 2022-2026.strategy.uz, 
jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz elektron platformalari orqali 
keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama uchun joylashtirilgani 
yurtdoshlarimizga oʻz takliflarini bildirishi uchun qulay imkoniyat 
tugʻdirdi


Yüklə 389,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin