Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir



Yüklə 8,3 Kb.
tarix18.11.2023
ölçüsü8,3 Kb.
#133064
tarbiyaning etnik xusuxiyatlari


Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy
jarayonlarning etnik xususiyatlari
Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.


Abdulla Avloniy
Ta’lim tarbiya biz uchun birinchi o’rinda turadi. Bizning kimligimiz aynan tarbiyamiz orqali namoyon bo’ladi. Tabiiyki ta’lim tarbiya jarayonida etnik xususiyatlar, mentalitetning o’ziga xos o’rni mavjud. Masalan musulmon mamlakatlarida hatto chiroyli ravishda salom berish ham ota-ona, uydagi yoshi kattalar tomonidan farzandga o’rgatiladi o’rgatiladi. Yoki Yapon milliyligiga to’xtalsak. Yaponiyani eng toza mamlakat deya olmaymizku lekin, u yer insonlaring tozalikka bo;lgan e’tibori menimcha birinchi o’rinlarda tursa kerak.
Yaponiya maktablarida farroshlik uchun ish o’rinlari mavjud emas. Sababi bu yerda bolalar kichik yoshdanoq tozalikka o’rgatiladi. Maktab o’quvchilari har hafta ajratilgan soatlarda maktab tozaligi bilan shug’ullanadilar.
Ikudzi” – ushbu atama yaponlarning bola tarbiyasidagi eng muhim unsurlarni ifodalovchi tushuncha bo‘lib, ana shu xususiyat uni boshqa millat vakillaridan ajratib turadi. Bu nafaqat pedagogik usullarning kombinatsiyasi, balki yangi avlodlarni o‘qitish va tarbiyalashga qaratilgan butun bir mexanizmdir.
Ona va bola – bir butun
Yaponiyada ota-onaga hurmat juda yuqori bo‘lib, bu ham bola hayotining dastlabki davrida shakllantiriladigan tushunchalardan biridir. Qadim zamonlardan beri yapon oilalarida farzand tarbiyasi ayolning burchi deb qaralgan. Agar ayol onalik maqomiga ega bo‘lsa, o‘zini bunga to‘liq bag‘ishlashi kerak. Bola uch yoshga to‘lgunga qadar ishga borish, bolani buvisi va buvisining qaramog‘ida qoldirish ular uchun yot tushunchalardir. Ayolning asosiy vazifasi ona bo‘lishdir va Yaponiyada o‘z majburiyatlarini boshqalarga o‘tkazish mutloq mumkin bo‘lmagan holatdir.
Bundan tashqari, bir yilgacha ona va bola deyarli bir butundir. Yaponlar qayerga borsa, nima qilsa ham bola doimo ayolning ko‘kragida yoki orqasida bo‘ladi. Shuning uchun Yaponiyada bolalar uchun «cho‘ntaklar» G‘arbda tarqatilishidan ancha oldin paydo bo‘lgan. Mana shu doimiy yaqinlik natijasi o‘laroq bolaning ongida onaga nisbatan hurmat erta yoshdayoq shakllanib bo‘ladi. Yaponlar uchun onasini xafa qilish yoki haqorat qilishdan-da yomon narsa yo‘q.
Bola xudodir”
Ikudzi tamoyillariga ko‘ra, besh yilgacha bolaga xudo sifatida qarashadi. Ota-onalar farzandlariga hech qanday taqiq qo‘yishmaydi, unga baqirmaydilar, jazolamaydilar. Bola uchun «mumkin emas», «yomon», «xavfli» kabi so‘zlar yo‘q. Yevropada bunga bema’nilik, injiqlik, to‘liq nazoratning yetishmasligi sifatida qarashadi. Aslida esa Yaponiyada ota-onalarning obro‘si G‘arbga qaraganda ancha yuqori.
Bola quldir”
Bola besh yoshga yetganda kutilmagan voqelikka duch keladi. U qat’iy qoidalar va cheklovlar bilan tanisha boshlaydi. Unga amal qilmaslik esa aslo mumkin emas. Gap shundaki, qadimgi davrlardan beri yapon jamiyati jamoa bo‘lib yashab kelgan. Tabiiy iqlim va iqtisodiy sharoitlar odamlarni jamoa bo‘lib yashashga va ishlashga majbur qilgan. Faqat o‘zaro yordam va umumiy birlik bilangina yetishtiriladigan guruchning hosildorligi to‘kin hayotni kafolatlagan.
Jamoat manfaatlari shunday tuzilganki, u yerda insonning har biri mexanizmning bir bo‘lagi. Agar siz bu mexanizmdan o‘z o‘rningizni topmasangiz, unda jamoat faoliyatida hech qanday ahamiyatga ega emassiz. Shuning uchun, besh yoshdan boshlab bolalarga guruhning bir qismi bo‘lish o‘rgatiladi. Yaponlar uchun ijtimoiy ajratishdan yomonroq narsa yo‘q va bolalar tezda shaxsiy xudbinlik va manfaatlarini qurbon qilishga odatlanishadi.
Bola tengdir”
15 yoshga kelib, bola deyarli shakllangan shaxs hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘z-o‘zini kashf etishning qisqa bosqichi davom etadi, ammo bu kamdan-kam hollarda oldingi ikki davrdagi natijalar poydevoriga putur yetkazadi.
Bolani tarbiyalashning asosiy prinsiplari:
Individuallik yo‘q, hamkorlik bor. Bu ota-onalar va tengdoshlar bilan munosabatlarda ham aks etadi. Bolaligida ota-onalar farzandining barcha talablariga rozi bo‘lishadi, 5 yoshdan boshlab esa ular ota-onalariga to‘liq bo‘ysunadi.
Emotsiyalarni jahl va baqirish orqali emas, balki nigoh va tushuntirishlar bilan ifodalash. Ota-onalar o‘z tanbehlarini ko‘z qarash va tushuntirish orqali ifodalashadi.
O‘zaro hurmatni ifodalash. Bolaligidanoq oilada do‘stona va o‘zaro hurmat hukm suradi. Ota-onalar shaxsiy namuna sifatida katta oila a’zolariga hurmat va muhabbatni namoyish etishadi.
Hissiyotni tarbiyalash. Jamiyatda yashash va boshqalar bilan umumiy til topish uchun siz ularning his-tuyg‘ularini qadrlashingiz va hurmat qilishingiz kerak. Yapon onalari bolalarni erta yoshdan boshlab o‘zlarini boshqa odamlarning o‘rniga qo‘yishga va ularning his-tuyg‘ularini tushunishga o‘rgatadilar.
O‘z-o‘zini boshqarishni o‘rganish. Buning uchun uyda va bolalar bog‘chalarida maxsus texnikalar qo‘llanadi. Masalan, o‘qituvchi jamoalarga vazifalarni topshirar ekan, o‘quvchiga nafaqat o‘z vazifasini yaxshi bajarish, balki o‘rtoqlariga ham ergashish kerakligini tushuntiradi. Shunday qilib, u qattiqqo‘l murabbiy emas, balki muvofiqlashtiruvchi sifatida ishlaydi va bolalar o‘zlarini nazorat qilishni o‘rganadilar.
Ikudzi – bizning tushunchamizda paradoksal va hatto g‘alati ta’lim tizimi. Biroq u asrlar davomida sinovdan o‘tkazilib, o‘z mamlakatining intizomli, qonunga bo‘ysunadigan fuqarolarini o‘stirishga yordam berib kelmoqda.


Italiyada ham bola tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi. 10 yoshgacha bolaga deyarli hamma ish uchun ruhsat beriladi. Italiya: oilaviy qadriyatlar har narsadan ustun! Bu erda yosh bola oilaning diqqati markazida bolib, barcha uning atrofida aylanadi goyo. Ota-ona u bilan u bilan yoki u haqda kop suhbatlashishadi. Maktablarda bolaning murgak ruhiyatiga zarar etkazmaslik uchun uzoq vaqtgacha baho qoyilmaydi. Uyda esa bolaga umuman ish buyurilmaydi. Qiz bolalar-ku u-bu rozgor ishlariga qarashib turishlari mumkin, ammo ogil bolalar umuman hech ish qilishmaydi. Oilada farzand tarbiyasida ona asosiy rol oynaydi. U xuddi ona tovuq jojalarini qanotlari ostida saqlagandek, bolalarini bir dasturxon atrofida jam qilib otirishni yaxshi koradi. Shu sababli Italiyada boshqa Evropa mamlakatlaridan farqli ravishda ogillar yoshi ottizdan oshsa ham, onasi bilan yashaydi. Italiyaliklar oilaviy mehmondorchilikni yaxshi korishadi: bugun biz siznikiga mehmonga boramiz, ertaga javoban siz biznikiga, indinga hammamiz falonchinikiga.
Qozogiston: tongichlar buviyu bobolar tarbiyasida
Qozoqlarda tongich farzandni buvi va boboning tarbiyasiga berish odati bor. Bola 13-14 yoshgacha, bazan esa bir umr ular bilan yashab qolishi mumkin. Kun kelib, u oilasiga qaytganida, ozining tongichligini his qiladi, uka va singillariga tirgak, himoyachi boladi. Shuningdek, tongichlarga oilada koproq huquq va imtiyozlar beriladi. Chunki buvisi va bobosi uni shunday ruhda tarbiyalashgan. Xosh, bu anana bolalarni baxtli qiladimi? Bu borada qozoqlarning ozi yakdil emas. Agar tarbiya mehr-muhabbat asosiga qurilsa, ha, bordi-yu shunchaki katta avlodning kichiklar ustidan cheksiz hukmronligi ustiga qurilsa, yo`q.


Har davlatning tarbiyalash tizimi turlicha va o’ziga xos. Tabiiyki bularning ham yaxshi yomon tomonlari mavjud albatta. Endi o’zbek tarbiyasining afzalliklarini sanab o’tsak. Bizdagi katta hurmat, kichikka izzat kabi g’oyalar boshqa davlatlarda deyarli mavjud emas. O’zbek tarbiyasidagi menga yoqmaydigan jihatlardan biri bu ayrim be’mani stereotiplardir. O’zimizning tarbiyamizdan qo’ymasin.
Yüklə 8,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin