Jismoniy rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish
Tabiiy omillarni (havo, quyosh) qo'llagan holda tibbiyot xodimlari rahbarligi ostida chiniqtiruvchi muolajalar majmuasini amalga oshirish.
Kun rejimiga muvofiq bolalarning havoda bo'lishlarini ta'minlash.
Orastalikni, o'z tashqi ko'rinishiga e'tibor qaratish odatini tarbiyalashda davom etish
Ovqatlanish rejimiga rioya etish, ovqatlanish davomida sabzavot v mevalar, va boshqa foydali mahsulotlarni iste'mol qilish ehtiyojini tarbiyalash
Bir oyoqda sakrash ko'nikmasi (o'ng va chap oyoqda)
Tengdoshlar va kattalar bilan o'zaro munosabatlarga kirishishning elementar umumqabul qilingan me'yorlari va qoidalariga o'rgatish (jumladan, ahloqiy). Iltimosni muloyimlik bilan ifodalash, ko'rsatilgan xizmat uchun minnatdorchilik bildirish.
Real predmetlarni qo'llagan holda o'yin muhitini yaratish (stulchalar, yirik qurilish materiali)
O'yin faoliyatida tarbiyachi bilan rollarni almasha olish ko'nikmasini rivojlantirish, o'yinning yangi pozisiyasiga mos tarzda faoliyatni amalga oshirish
Nutq, muloqot, o'qishva yozuv malakalari
Hissiy tajribani va nutqda olingan taassurotlarni aks ettirish ko'nikmasini boyitib borish
Bilishni rivojlantirish
Bolalarda Vatan haqidagi tasavvurni hosil qilish, Ona Yurtga bo'lgan muhabbatni tarbiyalash.
Fazoda mo'ljal olish. 5 gacha sanashni, fazoda mo'ljal olishni mashq qildirish; diqqat, harakat ko'nikmalari, tezkorlikni, chaqqonlikni rivojlantirish.
Ijodiy rivojlanish
Musiqa taktiga amal qilgan holda sokin ovozda kuylay olish.
Qog'oz varog'ida mo'ljal ola bilish. Mo'yqalam uchi bilan chiza olish.
Hajmga ega figuralarni yaratishda tasavvurni rivojlantirish
Musiqa taktini ajrata olish ko'nikmasi
Syujetli rasmlar, predmetli rasmlar, mavzuga oid o'yinlar to'plami, P.I.Chaykovskiyning “Yil fasllari” audio yozuvi. Mavzuga oid tasvirlar, yashil shoxlar, sumalak, undirilgan bug'doy, milliy musiqa audio yozuvi
Stol, tuproq solingan yashiklar, cho'plar, urug' solingan 2 likopcha, suv solingan stakanchalar, shaffof stakanchikka solingan urug'lar, gullayotgan o'simlik tasvirlangan rasmlar
“Guldon” rasmi. Trafaret bo'yicha porolon yordamida chizish.
Turli shakldagi guldonlar trafaretlari, porolon gubkalar, guash, mo'yqalam. Ishlardan namunalar. Guldonlar tasvirlangan turli rasmlar, rangli qog'oz, oq qog'oz varoqlari, mo'yqalamlar,yelim, qaychi. Gilamcha namunalari, foto. Qushlar tasvirlangan rasmlar va kartochkalar, turli rangdagi plastilin (tanlovga ko'ra), yasash uchun taxtachalar, qog'oz salfetkalar.