«Tarbiyasi qiyin» yoki «tarbiyasi og‘ir» bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmuni



Yüklə 204 Kb.
səhifə2/7
tarix22.05.2023
ölçüsü204 Kb.
#127385
1   2   3   4   5   6   7
“Tarbiyasi qiyin» yoki «tarbiyasi og‘ir» bolalar bilan olib boriladigan

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko’rinishlari - tajovuskorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan to’qnashamiz.
Shu kabi muammolar bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ko’p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar. Bunday axloqning sababi nimada bo’lishi mumkin? Nima insonni qayta – qayta o’ziga va atrofdagilarga zarar keltirishga majburlamoqda? Bundan qanday qutilish mumkin? Va nihoyat “og’ishgan xulq”, “tarbiyasi og’ir”,”deviant” atamasidan foydalanish qonuniymikan?
Deviantlik, og’ishgan xulq, tarbiyasi og’ir bolalar psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni himoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqishuyg’otib kelgan.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yangi “Ta`lim to`g`risida”gi qonunga imzo qo`yildi. Bu albatta biz yoshlar uchun muhim qadam hisoblanadi. Men shuni aytishim kerakki, ta`lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish kerak, chunki ta`lim tizimi samarali olib borilsa mamlakat rivojlanadi. Mana shu kundan boshlab Yaponiya, Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda ta`lim tizimi va samarali o`qitish tubdan o`zgardi. Ta`lim mamlakat kelajagining hayotmamotidir. Har bir davlat aynan kuchli ta`lim tizimini yaratish va uni muntazam takomillashtirib borish haqida bosh qotiradi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni 1997-yil qabul qilingan bo`lib, bugungi zamon shiddatlariga, umuman yangilanish, rivojlanishlarga javob bermay qolgan edi.
O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni 11 bob, 75 ta moddadan iborat bo`lib, amaldagi qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi, ta`lim sohasidagi faoliyati, jumladan ta`limning turlari, shakllari, tizimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, ta`lim-tarbiya ishtirokchilarining samarali hamkorlik qilish mexanizmlarini ta`minlashdan iboratdir. Qonunning asosiy jihatlaridan yana biri shuki, mamlakatimizda ta`limni tashkil etishda alohida etibor qaratib kelinayotgan ta`lim va tarbiyaga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, shu paytgacha asosiy prinsip sifatida belgilanmagan edi. Endilikda ushbu prinsip qonun bilan belgilandi. Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiyiqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
“Tarbiyasi og’ir o’smirlar” xulqi mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning “og’ishgan xulq”, ya’ni “ijtimoiy me’yor” tushunchasi bilan payvasta ekanligi muammoni ko’p marotaba murakkablashtiradi, chunki me’yorning chegaralari o’ta shartli , insonda esa barcha ko’rsatkichlar bo’yicha absolyut me’yorning o’zi mavjud emas.
Yondashuvlarning turli – tumanligi shaxs xulqini og’ishganligini tashxis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy – psixologik yordam ko’rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni ochishda ham ko’zga tashlanadi.
Ijtimoiy pedagogika va “Tarbiyasi og’ir bolalar” psixologiyasi fanining asosiy maqsadi o’quvchilarda shaxs og’ishgan xulqi muammolarini zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko’rinadi. Og’ishgan xulqni tushuntirish uchun turlicha psixologik kontseptsiyalar qimmatini tan olgan holda kognitiv – axloqiy yondashuvlarni ustuvor sifatida ajratamiz.

Yüklə 204 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin