Tarbiyaviy: Ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash


Maktab va boshqa binolar aks ettirilgan rasmlar, chizish bosqichlarini ko'rsatuvchi rasm



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/2
tarix06.06.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#116656
1   2
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 2

: Maktab va boshqa binolar aks ettirilgan rasmlar, chizish bosqichlarini ko'rsatuvchi rasm .
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.Ob-havo haqida suhbat.
II.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
O'tgan darsda uyga vazifa qilib berilgan topshiriqlar tekshiriladi, ba'zi ishlar baholanadi va namoyish qilinadi. Iqtidorli o'quvchilar ishi ham tekshiriladi va ularning muallifflari rag'batlantiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Respublikamizda o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi,ular zamonaviy maktablarda tahsil olayotganliklari aytib o'tiladi. O'quvchilarmaktab binosi fotosurati va tengdoshlari chizgan rasm bilan tanishtiriladi va bino tuzilishi haqida suhbat uyushtiriladi. Fotosuratda, asosan, to'rtburchak shakllari va to'g'ri chiziqlar borligi ta'kidlanadi. Binoning rasmini ishlash bosqichlari namoyish etiladi.
1. Topshiriq bayoni.
Dars maktab hovlisida o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilarga oddiy qalam yordamida rasm chizish yo'llarini eslatib o'tadi. Qalam uchini chiqarish va qalamdan foydalanish qoidalari eslatiladi. Dastlab qalam bilan chiziqlar chizish mashqi o'tkaziladi. Mashqlarning sinfda bir necha marotaba takrorlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. So'ngra bino tasvirini qalamda chizish darslikda berilgan bosqichlar asosida o'rgatiladi.
Kamalak jilosi aks etgan rasm yordamida undagi ranglar haqida savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. O'quvchilar e'tibori tabiatdagi va san'atdagi ranglarning o'zaro bog'liqligiga, ranglarni ko'ra bilish kabi muhim masalalarga qaratiladi. Kamalakning 7 xil rangli joylashuvining doimiy ketma-ketligi buzilmasligi ta'kidlanadi va ular o'quvchiiar tomonidan eslab qolinishiga sharoit yaratish lozim bo'ladi.
Ranglarning ramziy ma'nolari haqida savol-javob o'tkaziladi. Javoblar o'qituvchi tomonidan umumlashtirilib, yashil - ona tabiat, yangilanish; moviy rang - osmon, koinot, tinchlik; qizil - ga'laba, olov, shodlik; sariq - muqaddaslik, yorug'lik, quyosh; qora - motam, qo'rquv, tushkunlik; oq - poklik, ozodlik, baxt ramzi ekanligi ta'kidlanadi.
2. Amaliy mashg'ulot.
Ikkinchi sinf o'quvchilari rasm chizishda endigina ko'nikma hosil qilayotganlarini inobatga olib, maktab binosi shartli ravishda yassi deb qabul qilinishi mumkin. Shuning uchun o'quvchiiar imkon boricha maktab binosi to'g'risiga o'tqazilishi kerak. O'quvchiiar maktab hovlisiga chiqib «Bizning maktab» mavzusida naturaga qarab rasm chizishga kirishadilar. O'qituvchi aylanib yurib o'quvchilarga amaliy yordam va maslahatlar beradi.



IV. Darsga yakun yasash.


Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchiiar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

V.Uyga vazifa berish.


“Bizning maktab” mavzusida boshlagan rasmni chizish ishlarini yakunlab kelish.

MRO’TIBO’_________


Sana.
Mavzu: Yo'lsimon shaklda naqsh ishlash Maqsad:
Ta’limiy : O'quvchilarga yo'lsimon haqshlar haqida ma'lumot berish;
Tarbiyaviy: Ulami mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:Asboblar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; Badiiy fikr doirasini kengaytirish.
Darsning jihozlamshi: Naqshlar aks etgan buyumlar rasmlari va naqshlangan buyumlardan namunalar, shu mavzuda parallel sinf o'quvchilari tomonidan ishlangan naqsh namunalari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni.Darsni ustalar tomonidan ishlangan naqsh namunalari, naqsh bilan bezatilgan tayyor mahsulotlar, tarixiy obidalarga ishlangan naqsh bezaklari misolida savol-javob orqali suhbat qilish bilan boshlash maqsadga muvofiq. Suhbat davomida «Naqsh» - arabcha so'z bo'lib, tasvir, gul degan ma'noni anglatishi, u o'simliklar, handasaviy (geometrik) belgilar, mevalar tasviri asosida ishlanishi ularning takrorlanishidan hosil qilingan bezaklar naqsh deb atalishi ta'kidlanadi. Har qanday naqshlaming belgilari tevarak-atrofdan olinganligi haqida tushuncha beriladi. Respublikada ko'zga ko'ringan naqsh ustalari Xususan, Usta Shirin Murodov (1897-1957) haqida. U O'zbekiston Fanlar akademiyasining faxriyO'zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, me'mor, ganch o'ymakorligi ustasi ekanligi haqida ma’lumot beriladi. Usta Shirin Murodov Toshkent kuranti, Navoiy teatri, Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi va boshqa tarixiy obidalarni bezatishda ishtirok etgan.
O'qituvchi tomonidan turli naqsh namunalari darslikdagi va darslikda berilmagan qo'shimcha materiallar yordamida ko'rsatiladi. Naqshlaming yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak va doiraviy turlari borligi va ularning bir-biridan farqi aytib o'tiladi. Yo'lsimon naqsh namunalariga alohida urg'u hamda uni chizish va bo'yalishi yuzasidan ko'rsatmalar
beriladi. Oddiy naqsh chizish uchun, avvalo, ikkita o'zaro parallel chiziqlar chiziladi va bir xil kattalikdagi kvadratchalarga bo'linadi. Birinchi katakka asosiy naqsh chiziladi. Keyingi bosqichda asosiy naqsh takrorlanib,
yo'lsimon naqsh to'ldiriladi. Bunday birxildagi takrorlanishdan ritm hosil bo'ladi. So'ngra naqsh xoshiyasi ishlanadi. Oxirgi bosqichda naqsh bo'yaladi.
III. Darsga yakun yasash: Dars jarayonida fikr yuritilgan tushunchalar savollar yordamida takrorlanadi.O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
IV.Uyga vazifa.Yo’lsimon naqsh chizish ishi yakunlanib kelinadi.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: Tarvuz rasmini chizish. Maqsad
Ta’limiy : o'quvchilarga rasm va haykallarda ko'p uchraydigan shakllar haqidagi tushuncha
Tarbiyaviy: ularni tabiatni sevish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: naturaga tushayotgan yorug'-soya yuzasidan dastlabki tushunchalarni rivojlantirish.
Darsning jihozlamshi: Geometrik jismlar: shar va kub maketlari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni.
Tevarak-atrofdagi har bir narsa ma'lum shaklga ega ekanligi misollar asosida tushuntiriladi.Natyurmort frantsuzcha «jonsiz tabiat» degan ma'noni bildirishi aytiladi. Insoniyat hayotida ishlatiladigan buyum, narsalar, sabzavot va mevalar, asbob-uskuna kabilarga o'xshash namunalarning tasvirlanishi tasviriy san'atda natyurmort janri deyilishi tushuntiriladi. O'quvchilarni rassomlar asarlari bilan tanishtirish jarayonida natyurmotrchi rassom-lardan R. Ahmedov, L. Salimjonova, T. Abdurahmonov, R.Oripovalar haqida qisqacha to'xtalib o'tiladi.
Aylana, kvadrat, to'rtburchak, uchburchak, oval kabi handasaviy geometrik) jismlar yuzasidan suhbatda atrofimizdagi narsalar geometrik ismlarga yoki ulaming birikmalariga o'xshashligiga e'tibor qaratiladi.
Har bir narsaning rasmini chizishdan oldin uni tuzilishi bilan yaxshilab tanishish zarurligi ta'kidlanadi. Bunda tasvirlanayotgan narsaning nimalardan tuzilganligi, ulaming shakli, o'lchovlari, bo'yi va enining nisbati, rangi, narsaga yorug'lik nuri qaysi tomondan tushayotganligi, qaysi qismiga yorug'lik va qaysi qismiga soya tushayotganligiga e'tibor qaratilishi tushuntiriladi.
Sharga qarab uning rasmini chizish bosqichlari darslikda berilishi )'yicha o'rgatiladi. Chiziladigan shar o'qituvchi tomonidan tanlanadi va >rug', soyasi aniq ko'rinadigan joyga qo'yiladi. Sharga qaysi tomondan iralsa ham bir xil ko'rinishga ega. Lekin ulaming yorug' soyalari har bo'ladi. U qirrasiz, yumaloq tuzilishga ega. Yorug'lik nuri narsalarga rlicha tushadi. Buni sharda aniq ko'rish mumkin. Yorug'lik sharning bir qismini juda kuchli yoritadi. Shuning uchun unda yaltiroq joyi yorug’,soya,yarim soya ko’rinadi.Tarvuz rasmini ishlash bosqichlarini tushuntirish.
III..Darsga yakun yasash.
Mavzu savollar yordamida muatahkamlanadi.Amaliy ishni yaxshi bajargan o’quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi.
IV.Uyga vazifa.
Darsda boshlangan ishni yakunlab kelish.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: Portfel ramini chizish.
Maqsad:
Ta’limiy:O’quvchilarga ranglar ,ularning nomlari haqidagi bilim berish.
Tarbiyaviy: Estetik didini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Mo’yqalam bilan ishlash malakasini rivojlantirish.
Darning jihozlanishi: portfel bosqichlari tasvirlangan plakat.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni. Olamda juda ko’p ranglar mavjudligi ,ulardan 3ta rang asoiy hisoblanishi ,bular-qizil,sariq,ko’k ekanligi to’g’risida gapiriladi.Asosiy ranglarni boshqa ranglar aralashmasidan olish mumkin emasligi ularning aralashmasidan esa boshqa ranglar olish mumkinligi tushuntiriladi.Bular-yashil,zarg’aldoq,binafsha va boshqa ranglar. Bular hosila ranglar hisoblanadi. Bundan tashqari ranglar iliq va sovuq ranglarga bo’linadi.
O'qituvchi o'quvchilami akvarel bo'yoqlari va mo'yqalamlardan foydalanish yo'llari bilan tanishtiradi. Mo'yqalam bilan ishlayotganda uni qog'ozga qattiq bosib ishlatish mumkin emas. Mo'yqalam billan yangi bo'yoqni olishdan avval u tozalab yuviladi. Bo'yoqlarni aralashtirib yangi rang tuslar hosil qilish mashq qildiriladi. Misol uchun, ko'k va sariq ranglarni aralashtirib, yashil rang hosil qilinadi. Ko'k (to'q ko'k, och ko'k, havorang) ranglar bilan sariq (rangning to'q va och va boshqa) rang tuslarini o'zaro aralashtirib, yashil rangning bir qancha tuslari hosil qilinadi. Bular palitrada aralashtiriladi, oq qog'oz parchasida tekshirib ko'riladi va undan rasmda foydalaniladi.
III.Amaliy mashg'ulot: Portfel rasmini chizish bosqichlari darslikda berilishi bo'yicha tushuntiriladi. Avval portfelning bo'yini eniga bo'lgan nisbati aniqlanadi. Uning shakli, ranglari tahlil qilinadi.O'qituvchi o'quvchilarga mustaqil ravishda naturadan portfel rasmini chizdirish uchun uni taglikka hammaga ko'rinadigan joyga o'rnatadi. O'quvchilar rasm ishlashga kirishadilar. O'qituvchi o'quvchilarga amaliy yordam berish maqsadida ularning ishlarini kuzatib boradi.Portfel qalamda, so'ngra rangda ishlanadi. Rangtasvir ishlash bosqichlari tushuntirilgach, birinchi bosqichda och rangda, ikkinchi bosqichda to'qroq, oxirida haqiqiy rangi hosil qilinadi.Bo'yalayotgan yuzaning katta yoki kichikligiga qarab qalin, o'rtacha va ingichka mo'yqalamlardan foydalaniladi. Bo'yash oldin katta yuzadan boshlanib, so'ng kichiklariga o'tiladi.
IV.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darslikda berilgan
savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan
o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning
ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi,va uyga yakunlash topshiriladi..
MRO’TIBO’_________
Sana
Mavzu: Haykaltaroshlik. Plastilindan choynak va payola yasash.
Maqsad :
Ta’limiy: O'quvchilarning badiiy bilim doirasini kengaytirish;
Tarbiyaviy: O'quvchilarning badiiy didini o'stirish;
Rivojlantiruvchi: Qo'l va steklar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Choynak va piyola.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni.
Mazkur darsda haykaltaroshlik tasviriy san'at turlaridan biri ekanligi, uning ko'zga ko'ringan namoyandalari, ular tomonidan ishlangan ijod namunalari haqida suhbat uyushtiriladi.
Haykailar tosh, granit, metal, yog'och, gips va shu kabi materiallardan ishlanishi aytiladi. Shuningdek, loy va plastilinlardan foydalanish haqida ma'lumot beriladi. Bolalar ijodida loydan ko'ra plastilindan foydalanish
malum afzalliklarga ega. Chunki loy qurigach mo'rt bo'lib qoladi, plastilin esa o'zining egiluvchanligini yo'qotmaydi. Haykailar tasvirlanish uslubiga ko'ra ikki turda: hajmli (uch o'lchamli, ya'ni bo'yi, eni va qalinligi bo'lgan
jism) va relyefii haykallarga bo'linishi aytib o'tiladi. Bunda o'quvchilar e'tibori haykaltaroshlik asarlarida tabiat va inson o'rtasidagi bog'liqlik qanday ifodalanganligini tahlil qilish va aniqlashga qaratiladi. Haykal yasash materiallar tanlash va naturaga qarab haykal yasash bosqichlari o'rgatiladi. Plastilindan oddiy shakllar yasab ko'rsatiladi.
Mazkur darsda haykalni alohida-alohida loy bo'laklaridan ishlash usuli o'rgatiladi. Haykali ishlanayotgan (tasvirlanayotgan) narsalar har tomondan sinchiklab kuzatilishi, ularning tuzilishi, shakllari, o'lchovlari aniqlanadi, yasalishi darslik bo'yicha tushuntiriladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
Sinfga keltirilgan choynak va piyola hamma o'quvchiga ko'rinarli q'ilib qo'yiladi. O'quvchilarga ularni aylantirib ko'rish imkoniyati yaratiladi. Naturaning tuzilishi, shakli, o'lchovlari, hajmi yaxshi o'rganilgandan so'ng o'quvchilar choynak va piyola haykalini yasashga kirishadilar.
IV. Darsga yakun yasash:
Dars mavzusi darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

V. Uyga vazifa berish.


Choynak va payola haykalini tugallab kelish.
MRO’TIBO’_________

Sana.
Mavzu: «Mening shahrim (qishlog'im)» mavzusida rasm ishlash


Maqsad :
Ta’limiy: o'quvchilarga yashab tirgan joylari haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: o'quvchilarning badiiy va estetik didini o'stirish;
Rivojlantiruvchi: qalam va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Shahar va qishloq manzaralari tasvirlangan rasmlardan namunalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni.
Respublikamiz aholisining bir qismi shaharlarda va yana bir qismi qishloqlarda istiqomat qilishi aytilib, darslikda berilgan shahar va qishloq ko'rinishlari haqidagi rasmlar asosida suhbat uyushtiriladi. O'quvchilardan shahar va qishloqning bir-biridan farqi hamda o'zlarining shahar yoki qishloqlari to'g'risida gapirib berishlari so'raladi. Rasm ishlashda ranglardan to'g'ri foydalanish zarurligi, tabiatni kuzatish jarayonida undagi turli holatlarni narsa va hodisalami anglash, tasvirlanadigan narsalar haqida ma'lumot beriladi. O'quvchilar narsalarning rasmini chizishda perspektiva qoidalaridan foydalanish tanishtiriladi. O'quvchilarga rasm chizishda perspektiva qoidalariga rioya qilish kerakligi uqtiriladi. Narsalar ko'zimizga qanday ko'rinsa, qog'ozda ham shunday tasvirlanishi lozimligi qayd qilinadi. Tushunarli bo'lishi uchun rasmda oldindagi tasvir orqadagisidan ko'ra kattaroq ko'rinishini daraxtlar misolida tushuntirish mumkin, ya'ni oldingi qatordagi bir xil o'lchovdagi daraxt kattaroq, keyingi qatordagilari kichikroq bo'lib ko'rinadi.
O'qituvchi narsalarning rasm chizuvchidan bir xil uzoqlikda turganda o'lchamlariga mos ravishda bir xil kattalikda tasvirlanishi, rassomdan turli uzoqlikda turganda esa yaqindagisi kattaroq, uzoqdagisi kichikroq tasvirlanishi tushuntiriladi.
III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda «Mening shahrim (qishlog'im)» mavzusi bo'yicha rangtasvir kompozitsiyasi ishlashga kirishadilar. Rasmni chizishda perspektiva qoidalariga rioya qilishlari lozimligi uqtiriladi.
IV.Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
Dars mavzusi darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. O'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlardagi manzaralarning aks ettirilishi kimning ishida mazmunli chiqqanligi, kompozitsiyaning qaysi jihati ishga alohida ko'rk baxsh etganligi aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.Tugatmaganlar yakunlab keladi.
Darslikda keltirilgan test savollarining javoblari:

Test t/r

1

2

3

4

5

6




1

2

3

4



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javoblari

A

D

B

A

E

D

D

A

D

A

E

B

H

F

J

L

I

K

MRO’TIBO’_________


Sana. Mavzu: Naturadan moychechak rasmini ishlash


Maqsad :
Ta’limiy: O'quvchilarga gul turlari haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning badiiy va estetik didini o'stirish;
Rivojlantiruvchi: Qalam va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Mavzuga oid rassomlar tomonidan ishlan-gan san'at asarlarining reproduksiyalari, gullar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni.
Gullarning go'zallik ramzi ekanligiular­ning rassomlar asarlarida aks ettirilishi yuzasidan suhbat savol-javob orqali amalga oshiriladi. Barglarning o'ziga xos shakli,ularningba'zilaridumaloqroq, ba'zilari uzunchoq, ba'zilarining cheti tekis, boshqalariniki jimjimador ekanligiga e'tibor qaratiladi. Turl gullarni solishtirib ,ularning farqlari aniqlanadi.
O'qituvchi o'quvchilarni gul bargi va moychechak rasmini chizish bosqichlari bilan tanishtiradi va chizib ko'rsatadi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar xayolan moychechakdan tuzilgan guldasta rasmini ishlaydilar.
O'qituvchi tomonidan moychechak rasmini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. O'quvchilar moychechak rasmini chizishga kirishadilar.




IV.Darsga yakun yasash:
Darslikda berilgan savollar yordamida o'tilgan mavzu takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi.O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

V.Uyga vazifa berish.


Moychechak rasmini tugallamagan o’quvchilar uyda tugallab keladilar.

MRO’TIBO’_________


Sana.
Mavzu: Ro’mol uchun naqsh ishlash.


Maqsad :
Ta’limiy: O'quvchilarga amaliy san’at haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning badiiy va estetik didini o'stirish;
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda badiiy ijodkorlikni rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Kvadrat naqshlar aks ettirilgan ro'mol, belbog', gilam, so'zana va kiyim-kechaklar rasmlaridan namunalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni. O'quvchilarning avvalgi darslarda olgan naqsh haqidagi tushunchalari ularning yodiga tushiriladi. Naqshlar ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik, gilam to'qish, yog'och o'ymakorligi va boshqa bezak san'ati turlarida qo'llanilishi aytib o'tiladi. Naqshlar o'simliksimon, geometrik, qush, hayvon va boshqa narsalar tasviridan tashkil topishi xususida ham so'z yuritiladi. O'simliksimon naqshlar barg, daraxt, gul va boshqa narsalar shaklini naqqosh tomonidan soddalashtirilib yoki murakkablashtirilib ma'lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidan hosil qilinishi haqida gapiriladi. Mazkur darsda kvadrat shaklidagi naqshlarga urg'u beriladi. Kvadrat shaklidagi naqshlardan namunalar ko'rsatiladi. Bunda oqituvchi shu viloyatning o'ziga xos so'zana, do'ppi, belbog', gilamlari asosida suhbat uyushtirishi mumkin. Suhbat jarayonida o'quvchilar e'tibori so'zana, gilamlar, ro'mollar, do'ppilarda ishlatiladigan naqsh elementlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, naqsh ustalari va ular haqida ma'lumot berishga qaratiladi.Dastlab o'qituvchi tomonidan kvadrat shakldagi naqsh chizish bosqichlari tushuntiriladi va chizib ko'rsatiladi. Avval kvadrat, keyin uning diagonallari chiziqlari chizilishi va kvadrat teng sakkiz bo'lakka bo'linishi, keyingi bosqichda shakl chizib chiqilishi ko'rsatiladi. Uchinchi bosqichda yordamchi chiziqlar o'chirilishi va so'nggi bosqichda bo'yalishi tushuntiriladi.
III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar darslikdagi namunalar asosida ro'mol uchun ijodiy naqsh ishlashga kirishadilar. O'qituvchi ularga naqsh gulini tanlashlarida yordam beradi.
IV.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darslikdagi savollar yorda­ mida takrorlanadi. O'quvchilardan kimlarning ishida naqshlar mazmunli va ifodali bo'lsa, ular qaysi jihozlarda foydalanilishi mumkinligi so'raladi.
Mazkur ishlarda qanday naqsh belgilaridan foydalanganliklariga e'tibor qaratiladi, ularning nomlari so'raladi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchi­ larning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. Ulgurmagan o'quvchilarga ishlarini uyda yakunlab kelishlari
V.Uyga vazifa berish.Darsda boshlangan ishni yakunlash.

MRO’TIBO’_________


Sana.
Mavzu: «Oltin kuz» mavzusida rasm ishlash


Maqsad :
Ta’limiy: O'quvchilarga rassomlarning shu mavzudagi ishlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning badiiy va estetik didini o'stirish;
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda badiiy ijodkorlikni rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Kuz manzaralari aks ettirilgan rassomlarning asarlaridan namunalar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni Yangi mavzuning bayoni kuz fasli o'zining jozibadorligi bilan ajralib turishi, daraxt barglari sariq, zarg'aldoq va qizil ranglarda tovlanishi haqidagi suhbat bilan boshlanadi. Tabiat manzaralari tasviriy san'at asarlarida juda ko'p tasvirlanishi, manzaralarning turlarga (tabiat, shahar, industrial) bo'linishi haqida gapiriladi. Suhbat davomida respublikamizda ijod qiladigan rassomlar ijodida manzara janri alohida o'rin tutganligi uqtirilib, manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, O'zbekiston xalq rassomi O'rol Tansiqboyevning manzara janrida asarlar yaratganligi haqida alohida ma'lumot beriladi. Uning «Moviy manzara», «Tungi sug'orish», «Jonajon o'lka», «lssiqko'lda oqshom», «0'zbekistonda bahor», «Tog'da kuz» kabi asarlari asosida (tog', dala, bog' va daryolar tasvirlangan rasmlar orqali) suhbat (darslikdagi rasm va savollardan foydalangan holda) tashkil qilinadi. «Kuz» mavzusidagi boshqa rassomlarning asarlari asosida ham zaminning rang-barangligi haqida suhbat uyushtirish mumkin. Darslikdagi rasmda qaysi ranglar ko'proq ishlatilganligi va kuzning nima sababdan oltinga qiyoslanishi o'quvchilardan so'raladi va ularning javoblari to'ldiriladi. Iliq ranglar (sariq, zarg'aldoq, qizil, jigarrang) haqida ham eslatib o'tiladi.
O'qituvchi o'quvchilarga yana bir bor rasm chizish va mo'yqalam bilan ishlash, bo'yoqlar yordamida rasmdagi kayfiyatni ifodalay olish mumkinligini tushuntiradi. O'qituvchi tomonidan tog', dala, bog' va daryolarni chizish bosqichlari tushuntiriladi va sinf doskasida chizib ko'rsatiladi.
III. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar «Oltin kuz» mavzusida xayolan manzarali rasm ishlaydilar.
IV. Darsga yakun yasash: O'quvchilar chizgan rasmlaridagi kuz tabiatining kayfiyati ranglar yordamida qanday tasvirlanganligiga, kompozitsiyaning asosiy belgilarining qay daraja mutanosibligiga e'tibor qaratiladi o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilaming ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
V.Uyga vazifa.Rasmni chizish ishini yakunlab kelish.
MRO’TIBO’_________

Sana.
Mavzu: Mevalar rasmini ishlash


Maqsad :
Ta’limiy: O'quvchilarga rassomlarning shu mavzudagi ishlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilarda badiiy ijodkorlikni , tasviriy san’at asarlarini (natyurmort) asarlarini o’qiy olish ko’nikmasini rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Olma, ko'za va tarvuz .
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni
Rassomlar ishlagan natyurmortlarni o'quvchilar tomonidan emotsional-estetik jihatdan idrok etilishi tashkil qilinadi. Shu maqsadda darslikda berilgan natyurmort tasviri tahlil etiladi. Shuningdek ular e'tiborini naturalarni qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirishga ham qaratish lozim. Olma, tarvuz, ko'zaning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari va proporsiyalarini ham e'tiborga olish ta'kid­lanadi.
O'qituvchi avval darslikda berilgan olma, ko'za va tarvuz rasmlarini xomaki chizish bosqichlari biian o'quvchilarni tanishtiradi. Ko'za tuzilishi jihatidan bir necha geometrik shakllarning birikmalariga o'xshaydi. Ko'zaning bo'yni silindrga, qorni sharga, pastki qismi konusga o'xshaydi. Ko'za rasmini chizish uchun :
Birinchi bosqichda.O'rtaga o'q chiziq chizib, ko'za balandligi belgilanadi. So'ngra og'zi va tagining diametri aniqlanadi, qornining eng keng yeri ham aniqlanib chiziq o'tkaziladi va ular birlashtiriladi.
Ikkinchi bosqichda ko'za shakliga xomaki ishlov beriladi.
Keyingi bosqichda yakuniy ishlov beriladi va bosqichlar bo'yicha bo'yaladi. So'ngra olma va tarvuz natyurmortlarini chizish yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
III.Amaliy mashg'ulot.
O'quvchilar mustaqil ravishda o'qituvchi tomo­nidan sinfda o'rnatilgan olma rsmini
ishlashga kirishadilar.
IV.Darsga yakun yasash.
Dars mavzusi darsdagi savollar yor-damida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V.Uyga vazifa berish.
Olma rasmini chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.

MRO’TIBO’_________


Sana.
Mavzu: «Sholg'om» ertagi asosida haykal ishlash


Maqsad :
Ta’limiy: Qo'l va stek bilan haykal ishlash haqida tushincha berish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni rivojlantirish.

Darsning jihozlanishi: «Sholg'om» ertagi asosida ishlangan rasmlar, reproduksiyalar, haykaltaroshlar tomonidan ishlangan ertak qahramonlarining haykalchalari, o'tgan yilda o'quvchilar tomonidan ishlangan parallel sinf o'quvchilari ishlagan haykalchalar. Chol, kampir, kuchuk, mushuk, sichqon va sholg'om rasmlari.


Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish


2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni : «Sholg'om» ertagi, uning qahramonlari savol-javob orqali esga tushiriladi. Suhbat shu ertak asosida ishlangan rasmlar yordamida amalga oshiriladi. Ertak qahramonlari aniqiab olinadi. Haykaltaroshlik mashg'ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjudligi, ular yaxlit va alohida-alohida loy (plastilin) bo'laklariga ishlov berish orqali ishlanishi takroran aytib o'tiladi. Haykalni yaxlit loy bo'lagidan ishlanish usuli o'rgatiladi. O'quvchilarning ertak qahramonlarining tuzilishi, shakli, hajmi, o'lchov-lari va o'lchov nisbatlariga e'tibor berishlari uqtiriladi.O'quvchilarga kompozitsiya haqida tushuncha beriladi. Kompozitsiya deb, tasvirlami bir-biriga nisbatan malum tartibda, maqsadga muvofiq ravishda joylashtirilishiga aytilishi uqtiriladi.
O'qituvchi «Sholg'om» ertagi kompozitsiyasini ishlash uchun sinfdagi o'quvchilarni bir hecha guruhga bo'ladi. Misol uchun, sinfda 36 ta o'quvchi bo'lsa, 6 ta o'quvchidan iborat 6 ta guruh tuziladi (chunki kompozitsiya uchun 6 ta ertak qahramonlari haykali yasaladi). Har bir guruh a'zosi aohida-alohida ertak qahramonlari haykalini yasaydi, so'ngra guruh a'zolari birgalashib kompozitsiya yaratadilar. O'qituvchi o'quvchilarga haykallarni yasash va ulardan kompozitsiya yaratish yuzasidan ko'rsatmalar beradi. O'qituvchi tomonidan ertak qahramonlaridan birining haykali yasab ko'rsatilishi ham mumkin.
III. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar o'z guruhlarida o'zaro kelishgan holda ertak qahramonlarining haykalchalari va ularning kompozitsiyasini ishlashga kirishadilar. O'qituvchi guruhlar ishini kuzatib, ularga amaliy yordam ko'rsatadi.
IV. Darsga yakun yasash: Dars oxirida savollar yordamida bajarilgan ish mazmuni takrorlanadi. Har bir guruh bajargan ishlari barcha o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, uyga vazifa beriladi.
MRO’TIBO’_________

Sana.
Mavzu: Nazorat ishi-2. «Bo'ri va etti uloqcha» ertagi asosida rasm ishlash


Maqsad :
Ta’limiy: O’quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: «Bo'ri va yetti uloqcha» ertagi aks ettirilgan rasmlar, echki bolalari, echki va bo'ri rasmlari, parallel sinf o'quvchilari tomonidan ishlangan illustratsiyalar, bo'ri va echki o'yinchoqlari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars o'quvchlarni «Bo'ri va yetti uloqcha» haqidagi ertak mazmuni bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bolalar e'tibori ertakdagi eng qiziqarii voqealarga qaratiladi. Ertaklar asosida ishlangan rasmlar «illustratsiya» deb nomlanishi aytib o'tiladi. O'quvchilarning illustratsiya haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida
darslikda berilgan rasmlar tahlil qilinadi.
«Bo'ri va yetti uloqcha» haqida darslikda berilgan ertakdan parcha o'qish orqali illustratsiya ishlash tushuntiriladi. Bunda darslikda keltirilgan ertaklar uchun ishlangan illustratsiyalar, rassomlar ijodidan namunalar, fotosuratlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
O'qituvchi rasm ishlash jarayonida o'quvchilar e'tiborini ertak qahramonlarining tuzilishi, shakli, rangiga qaratishi lozim. O'quvchilar ertakdagi qaysi holatni chizishni ma'qul ko'rishlari aniqlanadi.
O'qituvchi tomonidan bo'ri va echki rasmini chizish bosqichlari tushuntiriladi, «Bo'ri va yetti uloqcha» ertagi asosida rasm ishlash yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar ertak mavzusi bo'yicha rasm chizishga kirishadilar. O'qituvchi o'quvchilar ishlarini kuzatadi va ularga amaliy yordam beradi.
IV.Darsga yakun yasash:
Darslikdagi savollar yordamida o'tilgan materiallar takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

V. Uyga vazifa berish.


Ertak asosida rasm chizish ishlarini darsda lgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: «Yangi yil» mavzusida rasm ishlas
Maqsad :
Ta’limiy: O’quvchilarni yangi yil bayrami haqidagi yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni , kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: «Yangi yil bayrami» mavzusida parallel sinf o'quvchilari ishlagan rasmlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish


2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: O'quvchilar bilan mavzu yuzasidan darslikda berilgan va o'qituvchi tomonidan namoyish etiladigan fotolar, rasm va savollar asosida suhbat uyushtiriladi. Kompozitsiya uchun rangli va yaltiroq qog'ozlar, barglar, daraxt shoxlari, paxta kabilar tasviridan foydalanish mumkinligi aytiladi.
O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan archa, qorbobo,
qorqiz, archa o'yinchoqlari, qor parchalari rasmini chizish bosqichlari
tushuntiriladi. So'ngra «Yangi yil» mavzusida kompozitsiya ishlash
yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
III. Amaliy mashg'ulot:
o'quvchilar archa, Qorbobo, Qorqiz, archa o'yinchoqlari, qor parcha­lari rasmini chizishga kirishadilar;
ish oxirida rangtasvir kompozitsiyasi ishlanadi.
IV.Darsga yakun yasash:
O'quvchilarning ishlarida yangi yil
bezaklari qog'ozda qanday tasvirlanganligiga, bayram kayfiyati ranglar
orqali qay darajada aks ettirilganligiga e'tibor qaratiladi. Yangi yil
bayrami haqida o'quvchilar ishlari tahlil qilinadi. Sinf o'quvchilarining
ishlari yuzasidan hikoyalar tinglanadi. O'quvchilarning ishlari baholanib,
darsga xulosa yasaladi.
V. Uyga vazifa berish.
Yangi yil mavzusida rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.

MRO’TIBO’____


Sana. Mavzu: ”Qish ziynati ”mavzusida ram ishlah.
Maqsad:
Ta’limiy: O’quvchilarni yil fasllaridan qish yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni , kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: Qish manzarasi aks ettirilgan san'at asar-larining reproduksiyasi, «Sovuq ranglar» plakati
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Qishning ajoyib fasl ekanligi, uning o'ziga xos xususiyatlari, sovuq kunlari va quyoshning kuchsiz nurlarida yaltirab ko'rinuvchi qorlari haqida suhbat uyushtiriladi. Qish manzarasi mavzusida rassomlarning asarlari, darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida suhbat davom ettiriladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi.
O'qituvchi tomonidan javoblar umumlashtirib boriladi. Qish faslini tasvirlashda ko'proq qaysi ranglar ishlatilishiga e'tibor qaratiladi. Sovuq ranglar (ko'k, zangori, binafsha, moviy, to'q yashil) haqida ma'lumot beriladi. Ular muz, suv, osmon ranglarini eslatishi va ulardan ko'proq qish faslini tasvirlashda foydalanilishi tushuntiriladi.
O'qituvchi tomonidan «Qish ziynati» mavzusidagi rasmni chizish va bo'yash bosqichlari tushuntiriladi. Ko'proq qaysi rangdan foydalanish kerakligi yuzasidan tavsiya beriladi. Sovuq ranglar haqidagi ma'lumotlar darslikda berilgan matn yordamida amalga oshiriladi. Ko'k rangning turli tuslarini topish o'rgatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
«Qish ziynati» deb nomlangan rangtasvir kompozitsiyasi ishlanadi.O’quvchilar mustaqil ram ishlash jarayonini o’qituvchi kuzatib boradi ,kerak joylarda o’z maslahatlarini berib turadi.
IV.Darsga yakun yasash:
O'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlardagi qish manzarasini aks ettirish kimning ishida mazmunli chiqqanligi, kompozitsiyaning qaysi belgisi qishga alohida ko'rk va osoyishtalik baxsh etganligi aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V. Uyga vazifa berish. rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’____

Sana.
Mavzu: «Qushlar bizning do’stimiz » mavzusida rasm ishlash


Maqsad:
Ta’limiy: O’quvchilarga qush turlari haqida ma’lumot berish..
Tarbiyaviy:o'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni , kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: Tabiat va qushlar aks etgan san'at asarlari reproduksiyalari, rasmlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: O'quvchilar bilan bahor fasli, bahorgi ishlar, qushlarning uchib kelishi, ularning uya qurishlari haqida suhbat uyushtiriladi. Mavzuga doir rasm va rassomlarning asarlari reproduksiyalari tahlil etiladi.
Darslikda berilgan qush rasmini ishlash bosqichlari tushuntiriladi.
Qushlarning tuzilishini geometrik shakllarga taqqoslansa, tumshug'i konussimon, boshi sharga o'xshaydi. Gavdasi esa ovalga o'xshab ketadi. Ana shu shakllarga o'xshatib qushning boshi, bo'yni, tumshug'i, gavdasi va dumi chizib olinadi. Har bir qushning o'ziga xos tomonlari inobatga olinib, bu qismlar birlashtiriladi.
O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan «Shoxga qo'ngan chum-chuq», «Uchayotgan qaldirg'och» rasmlarini ishlash yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar darslikda ko'rsatilgan bosqichlar yordamida «Simga qo'ngan chumchuq», «Uchayotgan qaldirg'och» rasmlarini chizishga kirishadilar (1-darsda). «Qushlar bizning do’stimiz » mavzusida xayolan rasm ishlash 2- darsda amalga oshiriladi. O'qituvchi sinfda aylanib yurib, o'quvchilarga amaliy yordam ko'rsatadi.


III. Darsga yakun yasash: Dars mazmuniga doir materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.

V. Uyga vazifa berish.


Yangi yil mavzusida rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’____

Sana. Mavzu: «To’rt fasl » mavzusida rasm ishlash . Maqsad:


Ta’limiy: O’quvchilarga yashab turgan uyimiz ham kichik vatan ekanligi haqida ma’lumot berish..
Tarbiyaviy: Vatanga, jonajon o'lkaga mehr-muhabbatni, o'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni , kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: Hovli tasviri aks etgan tasviriy san'at asar-larining reproduksiyalari, rasmlar, slaydlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Darslikda tasvirlangan to'rt faslning o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratiladi. Savol-javob orqali aynan bir bog'ning yoz, bahor kuz va qish faslidagi ko'rinishlari, daraxt barglarining ranglari, tabiat o'zgarishlari tahlil qilinadi.
III.Asosiy qism:
«Bizning hovli» mavzusida tengdoshlar chizgan rasm o’quvchilarga tushuntiriladi . O'quvchilardan imkoni boricha bu rasmni biror faslga bog'lab ishlashlari talab qilinadi.
Hovli tasviri aks etgan tasviriy san'at asarlarining reproduksiyalari, rasmlar, slaydlar.

IV.Darsga yakun yasash:
O'tilgan materiallar darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
V. Uyga vazifa berish. To’rt fasl mavzusida rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’_____________
Sana.
Mavzu: «Zumrad va Qimmat» ertagi asosida rasm ishlash
Maqsad:
Ta’limiy: qalam va mo'yqalam bilan rasm ishlash haqida bilim berish;
Tarbiyaviy: axloqiy jihatdan tarbiyani takomillashtirishga ko'maklashish;
Rivojlantiruvchi: tasviriy savodxonlikni o'stirish.
Darsning jihozlanishi: Multfilm qahramonlari aks ettirilgan lavhalarning rasmlari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: Multfilm ham o'ziga xos ko'rgazmali, tasvirli ertak ekanligi haqida so'zyuritiladi. Multfilm yaratishda rassomlar mehnatining ahamiyati tushuntiriladi. O'quvchilar bilan multfilmlar, ularning qahramonlari haqida, o'quvchilarga qaysi qahramonlar ko'proq yoqishi xususida suhbat uyushtiriladi. «Zumrad va Qimmat» ertagi savol-javob yordamida esga tushiriladi. Multfilm qahramonlarini o'quvchilar qanday tasvirlashni hohlashlari haqida gapirib berishlari uchun savollar
bilan murojaat qilinadi.
Mazkur darsda ertak qahramonlari yuz ifodalarini tasvirlash yuzasidan ko'rsatmalar hamda portret janri yuzasidan ham ma'lumotlar
beriladi.
Portret - tasviriy san'at janri bo'lib, ma'lum bir shaxs yoki bir necha kishini tasvirlashga bag'ishlangan rasm ekanligi ta'kidlanadi. Mazkur janr namoyandalari, ularning asarlari bilan o'quvchilar tanishtiriladi. Rassom, pedagog, O'zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi, O'zbekiston xalq rassomi Malik Nabiyev haqida ma'lumot beriladi. U asosan portret va tarixiy janrlarda ijod qilgan. Portret janridagi «Do'stim portretb, «Abu Rayhon Beruniy», «Bobur», «Amir Temur» portretlari sanab o'tiladi.
O'qituvchi ertak qahramonlari Zumrad va Qimmatlarning rasmini alohida-alohida ishlash bosqichlarini tushuntiradi. So'ngra «Zumrad va Qimmat» ertagidagi o'gay ona rasmini ishlash yuzasidan ko'rsatma
beriladi.
III. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda ertak qahramonlaridan biri o'gay ona rasmini ishlashga kirishadilar.
IV. Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilaming ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V. Uyga vazifa berish. rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’_____________

Sana.
Mavzu: «Sahrodagi karvon» mavzusida haykal ishlash.


Maqsad:
Ta’limiy: o'quvchilaming loy va plastilin yordamida haykal ishlash haqida bilim berish:
Tarbiyaviy: Vatanga, jonajon o'lkaga mehr-muhabbatni, o'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: qo'l va steklar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: «Sahrodagi karvon» aks ettirilgan rasm va haykaltaroshlik kompozitsiyalari. Kompozitsiyani joylashtirish uchun karton, ot, tuya kabi o'yinchoqlar. Mavzuga doir san'at asarlarining reproduksiyalari, rasmlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: O'quvchilaming karvon haqidagi tushunchalarini kengaytirish maqsadida ular bilan «Sahrodagi karvon» mavzusida darslikdagi va o'qituvchi tomonidan tavsiya etilayotgan fotosurat, rasm, haykaltaroshlik namunalari asosida suhbat o'tkaziladi.
Ot, eshak, it va tuya haykallarini yasash texnikasi bilan tanishtiriladi (ulardan birini yasab ko'rsatish ham mumkin). «Sahrodagi karvon» haykallar kompozitsiyasini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi. Buning uchun o'quvchilarni guruhlarga bo'lb, kompozitsiyaning unsurlarini alohida-alohida ishlash va ularni birlashtirish yuzasidan
topshiriq beriladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar guruhlarga bo'linib, mustaqil ravishda avval kompozitsiya unsurlarini, so'ng kompozitsiya yasashga kirishadilar. Guruhlarda ot, tuya, odam, it, yuklar, xurjunlar, suv idishlari kabi kompozitsiya unsurlari yasaladi. So'ngra ular birlashtirilib, haykaltaroshlik kompozitsiyasi ishlanadi.
IV.Darsga yakun yasash:
Dars jarayonida o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishlari namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilaming ishlari baholanib, baholari kundaliklariga qo’yib beriladi.Darsga yakun yasaladi.
V.Uyga vazifa berish.
“Sahrodagi karvon” mavzusida haykal yasash ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.

MRO’TIBO’_____________


Sana.
Mavzu: Lolani va o’rik guli rasmini ishlash
Maqsad:
Ta’limiy: Narsalaming shakli, tuzilishi, fazoviy holati, rangini rasmda to'g'ri tasvirlashga o'rgatish;
Tarbiyaviy: Vatanga, jonajon o'lkaga mehr-muhabbatni, o'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: O'simliklar dunyosi aks ettirilgan rassom-larning ishlari, gullayotgan o'rik shoxi va lola.
Darsning borishi

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: Darslikda va o'qituvchi tomonidan tavsiya qilinayotgan rasmlardagi Respublikamiz qir va adirlarida o'sadigan lolaqizg'aldoqlar, gullar haqida o'quvchilar bilan savol-javob tarzida suhbat uyushtiriladi. Ularni tasvirlashda ko'proq qaysi ranglar ishlatilishi aniqlab olinadi.
O'qituvchi gullab turgan o'rik shoxi va lola rasmini ishlash bosqichlarini darslik asosida tushuntiradi.
III. Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar mustaqil ravishda lola va o’rik guli rasmini ishlaydilar.


III. Darsga yakun yasash: O'tilgan dars materiallari savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. Oquvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
V.Uyga vazifa berish.
Lolani va o’rik gulining o’ziga qarab rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’_____________

Sana.
Mavzu: Nazorat ishi-3 .«Onamga sovg'a mavzusida ikebana ishlash


Maqsad:
Ta’limiy:Ikebana haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy:Tevarak-atrofdagi narsa va hodisalami ko'ra bilish va estetik idrok etishni tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi:Ularning kuzatuvchanligi, xotirasi va tasavvurini rivojiantirish;
tasviriy va qurish-yasash malakalarini shakllantirish.

Darsning jihozlanishi: Tabiiy va sun'iy giyohlar, savatcha, shox-shabbalar, gul, dekorativ o'simliklar (ikebana uchun materiallar o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan olib kelinadi).


Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: «Onamga sovg'a» mavzusida Ikebana ishlash mashg'uloti darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida o'tkaziladi. 8- mart - Xotin-qizlar bayramida onalarimiz uchun sovg'a tayyorlash an'anaga aylanganligi aytib o'tiladi. Bu sovg'ani o'quvchilar o'z qo'llari bilan yasasalar onalar uchun bundan qadrliroq sovg'a bo'lmasligi uqtiriladi. Ikebana uchun ishlatiladigan tabiiy materiallar haqida ma'lumot beriladi.
O'qituvchi tomonidan sodda Ikebana ishlash texnikasi tushuntiriladi va yasab ko'rsatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar mustaqil ravishda Ikebana yasaydilar.
IV. Darsga yakun yasash:
Dars materiallari darslikda berilgan savollar yordamida takrorlanadi. Topshiriqni yaxshi ajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va sinfdagi barcha o'quvchilar ishtirokida tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan shlari baholanib, darsga yakun yasa­ladi.
V.Uyga vazifa berish.
“Onamga sovg’a” mavzusida ikebana yasash ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.

MRO’TIBO’____________


Sana.
Mavzu: Nazorat ishi - 3 . «Navro'z - bahor bayrami» mavzusida rasm ishlash


Maqsad:
Ta’limiy: Milliy an'analar haqidagi tushuncha berish:
Tarbiyaviy:O'quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni tarbiyalash:
Rivojlantiruvchi: Bo'yoqlar yordamida rasmda bayramona kayfiyatni ifodalay olishga o'rgatish;xotira va kuzatuvchanlikni oshirish.
Darsning jihozlanishi: Rassomlarning Navro'zga bag'ishlangan ishlarining reproduksiyalari, rasmlari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: Navro'z bayrami haqida darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi. Navro'z bayrami haqidagi rassomlar ijodi bilan tanishtiriladi.
Tasviriy san'atning maishiy janrida sermahsul ijod qilgan rangtasvir ustasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi faxriy akademigi, O'zbekiston xalq rassomi Ro'zi Choriyev haqida ma'lumot beriladi. Uning asarlarida o'lka manzaralari mahorat bilan aks ettirilgan. R.Choriyevning «Suhbat», «Xumson oqshomi», «Oltintopgan koni», «Nay. Cho'pon bola», «Boysun», «Bahor. Sherobod manzarasi», «Bog'lar» kabi ko'plab asarlari juda mashhur.
O'qituvchi Navro'z bilan bog'liq ko'rinishlar haqida tushuncha beradi (sumalak pishirish, Navro'z shodiyonalari, halim, dorbozlaming tomoshalari). Shuningdek, Navro'z bayrami bilan bog'liq rasmlar na­moyish etiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
«Navro'z- bahor bayrami» mavzusida xayolan rasm chizish tushuntiriladi. O'quvchilar topshiriqni mustaqil ravishda bajaradilar. O'qituvchi o'quvchilar ishlarini kuzatadi, ko'rsatmalar va amaliy yordam beradi.

IV. Darsga yakun yasash:


O'tilgan dars materiallari savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

V.Uyga vazifa berish.


“Navroz-bahor bayrami” mavzusida ram chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’____________
Sana. Mavzu: Simmetrik shakldagi narsalar tasvirini ishlash.
Maqsad:
Ta’limiy: Simmetriya haqida tushuncha berish; borliqdagi simmetrik ko'rinishlar bilan tanishtirish;
Tarbiyaviy:O'quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni tarbiyalash:
Rivojlantiruvchi:Tasvirlashda simmetriyaning mohiyati haqida ma'lumot berish;
kuzatuvchanlik va xotirani o'stirish.
Darsning jihozlanishi: Barg , kapalak , nok va boshqa simmetrik xususiyatga ega narsalar va ularning rasmlari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: O'quvchilarga simmetriya haqida tushuncha beriladi. Simmetriya - o'lchamlarning bir-biriga mosligini bildirishi aytib o'tiladi. Tabiatda ular uchratgan, ko'rgan simmetrik ko'rinishdagi narsalar to'g'risida savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. Odam qomati ham simmetrik tuzilganligi, buni tabiatda ham, rasmlarda ham kuzatish mumkinligi aytib o'tiladi. Simmetriya ko'pincha naqshlarda o'zgacha go'zallik kasb etishi, tabiatdagi jonzotlar, o'simliklarshakllarida simmetriya ko'rinishlari haqida ma'lumot beriladi. Tasviriy san'atda simmetriyaning o'rni va uning qo'llanilishiga e'tibor qaratiladi. Darslikda berilgan barg, kapalak, milliy zirak, naqshli kursi asosida simmetriya haqidagi
bilimlar mustahkamlanadi.
O'qituvchi tomonidan simmetrik narsalarni chizish bosqichlari o'rgatiladi. Simmetrik narsalarni tasvirlashda yengil, yordamchi chiziq bilan simmetriya o'qi o'tkaziladi. Rasm ishlash jarayonining oxirida bu chiziq o'chirib tashlanadi. O'q chizig'i tasvirlanadigan narsani teng ikkiga bo'lib, o'ng va chap tomonlarning bir xilda aks ettirilishiga xizmat qiladi. Darslikda berilgan kapalak va nok rasmlarini chizish orqali simmetriyaning mohiyati ochib ko'rsatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar mustaqil ravishda simmetrik narsa rasmini ishlashga kirishadilar. So'ngra kapalak , nok rasmini chizishni boshlaydilar.
IV. Darsga yakun yasash:
Darsda o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun asaladi.
V.Uyga vazifa berish:rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’____________
Sana.
Mavzu: Xaiq amaliy bezak san'ati
Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarga amaliy bezak san'ati haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy: O`quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalash:
Rivojlantiruvchi:O'quvchilarning badiiy-estetik didlarini rivojlantirish;
ularda kuzatuvchanlik va xotirani o'stirish;
Darsningjihozlanishi: Amaliy bezak san'ati namunalari:gilarmchalar,
so'zana, do'ppilar, kiyim-kechaklar, uy-ro'zg'or buyumlarining rasmlari, fotolari,
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: Darslikdagi rasmlar va savol-javoblar orqali amaliy bezak san'ati haqida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilar amaliy san'at ustalari va ularning ishlari bilan tanishtiriladi. Naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi, zardo'zlik, ganchkorlik, kulolchilik, zargarlik buyumlari va rasmlaridan ko'rgazma tashkil qilinadi. Amaliy bezak san'ati ustalaridan buxorolik ganchkor Usta Shirin Murodovning Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlardagi me'morchilik obidalaridagi bezaklarini qayta tiklashda, yangi binolarni ganch o'ymakorligi naqshlar bilan bezashda ishtirok etganligi, ganchkor-o'ymakor ustalardan yana biri Toshpo'lat Arslonqulov (1882-1962), usta kuiollardan Muhiddin Rahimov yaratgan lagan, ko'za, guldonlarni mamlakatimizning ko'plab muzeylarida uchratish mumkin. Yog'och va tosh o'ymakorligi namoyandalaridan biri Toshpo'lat Ayubxo'jayev bo'lsa, uning ishini davom ettirgan usta Maqsud Qosimovdir. O'ymakor ustalardan Qodirjon Haydarov, Maqsud Qosimovlar quti, xontaxta, eshiklarga ishlanadigan naqshlarga yangiliklar kiritganlar (o'ymakorlik ishlariga panjara va sadaf kiritish bilan). Ustalardan A.Qosimxo'jayev, Yo.Raufov, T.To'xtaxo'jayev, J.Hakimov, A.Boltayev, O.Polvonov, Abdulla Boltayevlar, Saidmahmud Norqo'ziyev, Olimjon Qosimjonov, Madaminjon Husainovlarni sanab o'tish mumkin.
Zardo'zlik san'atida ko'proq islimiy naqshlardan foydalanilishi, geometrik shakllardan iborat naqshlar ikkinchi o'rinda turishi, islimiy naqshlarning turli-tumanlari keng qo'llanilishi haqida gapiriladi.
III.Amaliy mashg’ulot:
O'qituvchi o'quvchilarga keltirilgan xalq amaliy bezak san'ati namunalarida ishlatilgan biror naqshni tanlab, undan nusxa olishlarini tushuntiradi. Ular naqsh ishlashga kirishadilar. O'qituvchi sinfni aylanib, o'quvchilarga amaliy yordam beradi.
IV.Darsga yakun yasash: Darsda o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi.. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, uyga vazifa beriladi.
MRO’TIBO’____________

Sana.
Mavzu: Mozaika ishlash


Maqsad:
Ta’limiy: Mozaika haqida tushuncha berish;san'at asarlarini idrok etishga o'rgatish;
Tarbiyaviy: O'quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini o'stirish;
mozaika texnikasi bilan ishlash malakalarini tarbiyalash:
Rivojlantiruvchi: O'quvchilar badiiy fikr doirasini kengaytirish, badiiy estetik didini o'stirish.
Darsning jihozlanishi: Rangli toshchalar, plastilin, yelim, meva va sabzavotlaming urug'lari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: Mozaika - rangtasvir turlaridan biri hisoblanishi, mozaikalardan, asosan, me'morchilik bezagi sifatida foydalanilishi haqida ma'lumot beriladi. Qadimda ustalar tabiiy rangli toshlardan terib naqshli bezak - mozaika hosil qilganliklari, keyinchalik toshlarga maxsus rang berganliklari va ular anjomlarga bezak tosh sifatida foydalanganligi haqida ham gapiriladi. Mozaika toshlari qadimda tuproq suvog'iga terilganligi, sement ixtiro qilingach, maxsus qurilish materiallaridan (sementli qumsuvoq) foydalanila boshlanganligi aytib o'tiladi. Dars davomida tayyorlanadigan mozaika uchun bunday qurilish materiallarining hojati yo'q. Darsda plastilin asosli mozaika ishlash o'rgatiladi. Berilgan rasm yordamida mozaika ishlash uchun nimalardan foydalanganligi savol -javob orqali suhbat uyushtiriladi. Mozaika ishlash uchun, avvalo, toshchalardan, yog'och, plastmassa bo'laklaridan foydalanish mumkin. Ular uchun turli badiiy, tabiiy materiallardan, archa buqog'lari, sabzavot va mevalarning urug'laridan ham foydalanish mumkinligi aytib o'tiladi.
Mozaika ishlash bosqichlari o'rgatiladi. Bunda mozaika asosini yupqa qilib tekislangan plastilindan yasash va toshchalami unga sal botirib tasvir ishlash kerakligi uqtiriladi.
III. Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar mustaqil ravishda mozaika ishlashga kirishadilar.
IV. Darsga yakun yasash:
Darsda o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
V.Uyga vazifa berish:
Mazayka yasash ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.

MRO’TIBO’____________


Sana.
Mavzu: «Uch jo'ja va o'rdakcha» she'ri asosida haykal ishlash


Maqsad:
Ta’limiy: Se’r mazmuni bilan o’quvchilarni tanishtirih.
Tarbiyaviy: Tabiatga ,hayvonot olamiga mehr uyg'otish.
Rivojlantiruvchi:Narsalaming hajmi, shaklini his qilish hamda ularni tasvirlash, chamalash qobiliyatiarini o'stirish;
Darsning jihozlanishi: Parallel sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan jo'ja va o'rdakcha haykallari. Ular tasvirlangan rasmlar va o'yinchoqlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: «Uch jo'ja va o'rdakcha» she'rini o'qish
orqali bugungi dars mavzusi va maqsadi bilan tanishtiriladi. She'rda
tasvirlangan jo'ja va o'rdakchani tasavvur qilish uchun o'quvchilar bilan
savol-javob asosida suhbat uyushtiriladi.
Tavsiya etilayotgan rasmlarda tasvirlangan voqealar, narsalar, ularning tuzilishi, shakllari, ranglariga o'quvchilar e'tibori qaratiladi. Jo'ja va o'rdakchalarning bir-biridan farqli tomonlari keltirilgan rasmlar yoki o'yinchoqlar yordamida aniqlab olinadi.
O'qituvchi jo'ja va o'rdakcha yasashni darslikda berilgan yo'riq asosida o'rgatadi. Darslikdagi matn asosida «Uch jo'ja va o'rdakcha» she'riga haykallar kompozitsiyasini ishlash, haykalchalarni joylashtirish haqida ham tushuntirish beradi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar mustaqil ravishda avval jo'ja va o'rdakcha haykalini yasaydilar, so'ngra kompozitsiya asosini va oxirida kompozitsiyaning ozini ishlaydilar.

IV. Darsga yakun yasash:


Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

V.Uyga vazifa berish:


Haykal yasash ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.

MRO’TIBO’_________


Sana.
Mavzu:Nazorat ishi -4 «Laylak keldi - yoz bo'ldi» mavzusida rasm ishlash


Maqsad:
Ta’limiy: Yoz faslining o'ziga xos go'zalligini ko'ra bilishga o'rgatish;
Tarbiyaviy: Tabiatga ,hayvonot olamiga mehr uyg'otish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o'stirish;
o'quvchilarda xotira va kuzatuvchanlikni o'stirish;
Darsning jihozlanishi: Yoz fasli manzaralari aks ettirilgan rassom-larning asarlari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: Yoz fasli, uning o'ziga xos jihatlari haqida darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Darslikdagi va o'qituvchi tomonidan tavsiya qilingan yoz manzaralari aks ettirilgan rasmlarni o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
O'quvchilar yoz mavzusiga bag'ishlangan rassomlar ijodi bilan tanishtiriladi.
O'qituvchi tomonidan «Yoz fasli» rasmini ishlash bosqichlari darslikda berilishi bo'yicha tushuntiriladi. Uni tasvirlashda iliq ranglardan foydalanish tavsiya qilinadi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar mustaqil ravishda xayolan yoz fasli rasmini chizadilar.




IV. Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilar baholanib darsga yakun yasaladi.
V.Uyga vazifa berish:
Haykal yasash ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.

MRO’TIBO’_________


Sana.
Mavzu: Yakuniy nazorat darsi.


Maqsad:
Ta’limiy:O'quvchilarning yil davomida olgan bilimlari hajmini tekshirish;
Tarbiyaviy:O'quvchilar tomonidan egallangan malakalar, badiiy ijodkorlik darajasini aniqlash;
Rivojlantiruvchi:O'quvchilarning yil davomida tasyiriy san'atdan faoliyatlarini baholash.
Darsning jihozlanishi: Nazorat uchun test savollari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Nazorat ishi bayoni:
Yakuniy nazorat darsida o'quvchilar faoliyatlarini baholash maqsadida nazoratning quyidagi turlari qo'llaniladi:

1. Test sinovlari yordamida baholash mezonlari:



  • tasvirni qog'oz yuzasida to'g'ri joylashtira olishi;

  • tasviriy san'at asarlari turlarini bilish darajasi;




  • naqsh turlari haqidagi bilim darajasi;

  • narsalarning o'lchov va o'lchov nisbatlari haqidagi bilimlari darajasi;

  • rang turlari va nomlarini o'zlashtirish darajasi;

  • tasviriy san'at asarlari turlarini bilish darajasi.

2. Tasviriy-ijodiy mustaqil ish. O'quvchilar «Yoz fasli» rasmini bo'yab topshiradilar va rasm haqida qisqacha hikoya qiladilar. Ular tomonidan ishlangan rasmlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:



  • rasmning qog'oz yuzasida joylashuvi;

  • rasm mazmunining uning mavzusiga mosligi;

  • narsalarning o'lchov nisbatlarini to'g'ri tasvirlay bilish darajasi;

  • qalam va moyqalam bilan ishlash malakalari;

  • rasmning toza va tartibli bo'lishi.



III. Darsga yakun yasash:
Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilar baholanib darsga yakun yasaladi.

IV.Uyga vazifa berish:


Ta`tilni qanday o`tkazganliklari haqida rasmlar chizib kelish.

MRO’TIBO’_________


Sana. Mavzu: Kvadrat shaklida naqsh ishlash
Maqsad:
Ta’limiy: o'quvchilarning kvadrat shaklidagi naqshlar haqidagi tushuncha berish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalash:
Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning chizish malakalari va qog'oz yuzasini bo'yoqlar bilan tekis bo'yash malakalarini rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: Naqsh namunalari, qo'lda tikilgan so'zana, gilam va ularning rasmlari, fotolari, slaydlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

5

5

15

15

5

I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: O'quvchilar bilan naqshlar haqidagi bilimlarini yanada boyitish maqsadida shu mavzuda savol-javob orqali suhbat uyushtiriladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi. Ular naqshlarda ko'p uchraydigan gul bezaklari va gulli naqshlar bilan tanishtiriladi. Darslikda berilgan so'zana rasmi va doskaga osilgan so'zana misolida qaysi gul tasvirlaridan foydalanilganligi, ular so'zanada qanday joylashtirilganligi haqida ma'lumot beriladi.
O'qituvchi darslikda berilgan naqshda bezak gullarini joylashtirish-ni bosqichlar asosida tushuntiradi. Naqshlarni bo'yash yo'llari o'rgatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar naqshdagi bezak gullarini joy­lashtirish sxemasini chizadilar. Avval darslikda berilgan Shahrisabz «iroqi» kashtasi va do'ppisida ishlatilgan naqsh gul bezaklarini chizish yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
O'quvchilar gul bezaklaridan birini yoki bir nechtasini tanlab naqsh ishlashga kirishadilar.
IV.Darsga yakun yasash:
Dars jarayonida o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. Keyingi dars mavzusi «Mozaika ishlash» bo'lganligi sababli, darsga zarur materiallar (rangli toshchalar.yog'och bo'laklari, rangli qog'ozlar, plastilin, yelim va b.) o'quvchilarga olib kelishlari eslatiladi.

V.Uyga vazifa berish:


rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.


MRO’TIBO’____________
Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin