Tarixi
Chexiya hududida odam paleolit davridan boshlab yashaydi. Miloddan avvalgi
taxminan 400-yillarda bu yerda keltlar, miloddan avvalgi 1-asrda kelt
qabilalarining boyi guruhi yashagan (Chexiyaning lot. Bohemia, nem. Bohmen
nomi ham shundan). 1ming yillik oʻrtalarida Chexiyada
slavyan qabilalari
koʻpchilikni tashkil etdi. 7-asrda Chexiya xududi Samo davlati, 9–10-asr
boshlarida Buyuk Moraviya davlati tarkibiga kirdi. 10-asrda paydo boʻlgan Praga
knyazligi ilk chex davlatining oʻzagi boʻlib qoldi. 1198 yildan qirollikka aylandi.
1310–1437 yillarda chex yerlari Lyuksemburglar sulolasi mulki tarkibida boʻldi.
15-asrning 1yarmida Chexiyada kuchli ijtimoiyinqilobiy,
milliy ozodlik
harakatlari boʻlib oʻtdi (qarang Guschilar harakati). 1526
yil Chexiya
Gabsburglar imperiyasi tarkibiga muxtoriyat huquqi bilan qoʻshib olindi. 1618–
20 yillarda chex qoʻzgʻolonining magʻlubiyatidan soʻng, uning provinsiyasiga
aylandi. 18-asr oxiri – 19-asr 1yarmida chex tili, milliy madaniyatini saqlash va
rivojlantirish uchun milliy harakat avj oldi. 19-asrning 30–40-yillarida u siyosiy
tus ola boshladi. 1848 yil Pragadagi Svyatovatslav yigʻini Gabsburglar
imperiyasida 1848–49 yil inqilobi boshlanishiga olib keldi. 1867 yil Chexiya
Avstriya-Vengriyaning Avstriya qismi tarkibiga kirdi. 1878 yil Chexiyada
Chexoslavyan
sotsialdemokratik
ishchi
Dostları ilə paylaş: