Mavzu:Hofiz Tanish Buxoriyning” ABDULLANOMA” asari tavsifi.
“ABDULLANOMA” asari
REJA: 1.Hofiz Tanish Buxoriy shaxsiga ta’zim. 2.”Abdullanoma” asari O’zbek xalqining bebaho xazinasi! 3.”Abdullanoma” asarida tarix haqiqatlari.
KIRISH:
“Abdullanoma” asari Movarounnahrning 16- asrdagi tarixiga bag’ishlangan tarixiy asar. Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan 1584-1590 yillar oralig’ida fors tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon II ga bag’ishla- nib,”Sharafnomai shohiy” va qisqartirilgan ayrim nusxalari “Zafarnomai Abdullaxon” nomlari bilan ham ataladi. “Abdullaxon” nazm aralash kifoyalangan nasr bilan yozilgan. “Abdullanoma” muqaddima, ikki maqola(qism) va xotimalardan iborat.Bu asar Abdullaxonning hokimiyat tepasiga kelguniga qadar davom etgan siyosiy voqealarni qamrab oladi.Undan tashqari Abdullaxonning hokimiyat tepasiga kelishi va vaziyatning yaxshilanib Shayboniylar davlatining markazlashishi ham bevosita aytib o’tilgan. Abdullaxonning harbiy yurishlari va g’alabalari ham asrning mazmunini bevosita to’ldirgan.
1. Hofiz tanish buxoriy shaxsiga ta’zim.
Hofiz Tanish Buxoriy ibn Mir Muhammad Buxoriy , Mavlono Nahliy (taxminan 1540 – Buxoro -1589)- tarixchi olim va shoir. Otasi Mir Muhammad Buxoriy Ubaydullaxonning eng yaqin kishilardan sanalgan . Hofiz Tanish Buxoriy Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Kulbobo Ko’kaldoshning tavsiyasi bilan Hofiz Tanish Buxoriy Abdullaxonning II saroyiga xizmatga qabul qilingan va xonning shaxsiy voqeanavisi (ta- rixchisi) qilib tayinlangan (1570-yilda) . U umrining oxirigacha shu lavozimda xizmat qilgan. Hofiz Tanish Buxoriy o’z davrining yetuk shoiri bo’lib, u “Mavlono Nahliy” taxallusi bilan she’rlar yozgan.1560-yilda u Iskan- darxon taxtga o’tirganda unga qasida bag’shlagan. Uning she’rlari ko’plab tazkiralar va bayozlarda uchraydi. Hofiz Tanish Buxoriyning shoh kitobi ‘Abdullanoma” asaridir . Asar muqaddima ikki qism maqola va xotimadan iborat. Xotima esa muallifning vafoti tufayli yozilmay qolgan. Mutribiyning guvohlik berishicha , “Abdullanoma “ asarining oxirgi qismini Abdullaxon II ning topshirig’I bilan qozi Poyanda Zominiy (1602-yida) yozgan.
2. “Abdullanoma” asari o’zbek xalqining bebaho xazinasi.
“Abdullanoma “asarida o’zbek xalqining o’ziga xos bo’lgan xurmat e’tiborin, madaniyati va ma’naviyatini ham qisqacha bayon etib o’tadi. Abdullaxonning harbiy yurishlari bilan olib brogan obodonchilik ishlari ham aynan ta’rif etilgan bu esa uning buyuk hukmdor ekanidan dalolat. Asar ahamiyatli ekanligi tufayli unga alohida e’tibor berilgan buning yorqin misoli esa ; “Abdullanoma” asari sharqshunos olim sodiq mirzayev tomonidan o’zbek tiliga to’liq tarjima qilingan. Bu asar b. ahmedov so’z boshisi va izohlari bilan birgalikda ikki marta nashr etigan. Asarning rus tilidagi tarjimasi m. salohiddinova tomonidan amalga oshirilib , uning faqt I-Ii qismlari faksimelisi bilan chiqarilgan . Asarning qo’yozma nusxalari o’zbekiston fa sharqshunoslik insitituti fondlari- da saqlanadi .(inv n_ 2207,3781) .sankt-peterburgda asarning uchta qo’lyozmasi mavjud. Demak asar chindan ham ahamiyatga ega ……..
3. “ Abdullanoma “ asarida tarix haqiqati.
“Abdullanoma” ning asosy qismida Shayboniyxondan so’ng Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat , uning bir qancha mayda hokimliklarga bo’linib ketishi , Abdul- laxonning markaziy hokimiyatni mustahkamlash va mamlakatni siyosiy jihatdan b irlashtirishga qaratilgan harakatlari , uning Dashti Qipchoq va Xurosonga yurishlari, 16-asrning 80-90 yillarda Buxoro, Xorazm, va Badaxshondagi siyosiy vaziyat hamda Xorazm bilan Badaxshonning Buxoro xonligiga qo’shib olinishi kabi tarixiy voqealar bayon etiladi. Asarda 16 –asrda Movarounnahr bilan Turkiya ,Hindiston va Eron o’rtasidagi munosabatlarga hamda Rosssiya bilan savdo aloqalariga oid ma’lumotlar bor . Unda 16-asrda Buxoro xonligi qo’shinlarining tuzilishi , harbiy taktikasi ,qurol-yarog’lari hamda Movarounnahrda shu jumladan Buxoroda qurilgan me’morchilik obidalari va shu inshootlari to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Movarounnahr xalqlrining etnik tarkibi , jumladan qang’li qipchoq , qarluq ,xalaj , qo’ng’irot ,uyg’ur, bayovut, do’rmon va boshqa qavmlarning kelib chiqishi va ularning urf-odatlari to’g’risida ma’lumot bor .
“Abdullanoma” asarini yozishda foydalanilgan manbalar :
-Narshaxiyning “Buxoro tarixi”
-Rashiduddinning”Jome at- tavorix”
-Juvayniyning”Tarixi jahon kushoy”
-Mirxondning “Ravzat us safo”
-Sharafuddin Ali Yazdiyning “Muqaddimai Zafarnoma”
-Koshifiyning”Rashahot ayn al-hayot”
-Mirzo Haydarning” Tarixi Rashidiy”
Va boshqalar………
Abdullaxon II buyuk marifatparvar shaxs
Qisqacha eslatma:8-mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami”
Ayol sovg’aga emas e’tiborga muhtoj…
Bayram “sevgan qizlar uchun sovg’a olish emas” Onalarimizni ozgina ko’nglini ko’tarish deb biling!!!! Zero ona har kum shunday e’tiborga loyiq!!!!!!!!!!
XULOSA:
Hofiz Tanish Buxoriy “Abdullanoma” asarida o’z ko’zi bilan ko’rganlarini bayon etgan va uni biz asrab avaylabgina qolmay o’qimog’imiz lozim. Zero, tarix bu o’tmishni bilmog’dan boshlanadi. Keling, RUX, INTILISH VA ISHONCH bilan tarixni o’rganamiz!!!