Foydalanilgan adabiyotlar Foydalanilgan adabiyotlar Foydalanilgan adabiyotlarViloyatda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangi taʼlim tizimi shakllanmoqda. 2000-y. da viloyatning 45 nafar oʻquvchisi «Umid» jamgʻarmasi orqali chet ellardagi nufuzli oliy oʻquv yurtlariga joʻnatildi. 2004-y. da Boʻstonliq tumanidagi 38maktab qoshida AQSH USAJD tashkilotining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda sport va sogʻlomlashtirishni targʻibot qilish dasturi asosida maktab oʻquvchilari bilan sport haftaligi oʻtkazildi. Toshkent viloyatining barcha shaharlarida hamda Qibray, Piskent tumanlarida «Bogʻchamaktab» majmualari tashkil etilgan. Bu majmualarda bolalarga chet tili, kompyuter savodxonligini oʻrgatish, alifbosiz oʻqishga eʼtibor berilgan. «Mehr va muruvvat yili» munosabati bilan Olmaliq sh. dagi 80sonli maxsus internat maktabi binosini mukammal taʼmirlash uchun Olmaliq togʻmetallurgiya kti tomonidan 350 mln soʻm mikdorida mablagʻ ajratilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 1998—2003-y. larda yangi qurilish va qayta taʼmirlash hisobiga 29 ta kasbhunar kolleji, 4 akademik litsey foydalanishga topshirildi. Toshkent viloyati oʻrta maxsus, kasbhunar taʼlimi boshqarmasi tasarrufida 4 akademiklitsey va 67 ta kasbhunar kolleji mavjud boʻlib ularda 57,4 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda. 2004-y. da Toʻytepa sh. da ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kolleji foydalanishga topshiriladi. Начало формы