Tarix fakulteti



Yüklə 146 Kb.
səhifə5/6
tarix12.06.2022
ölçüsü146 Kb.
#116880
1   2   3   4   5   6
16.Mahmudjonov Ramizbek yangi

2.2 Sarazm madaniyati
Sarazm madaniyati Sarazm madaniyati Zarafshon daryosining yukori okimida shu nomdagi manzilgoh nomi bilan mashhur bo‘lgan eneolit va bronza davrlariga oid madaniyat. Yodgorlik o‘nta tepalikdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 90 gektarni tashkil etadi. Yodgorlik arxeolog olim A. Isakov tomonidan o‘rganilgan ilmiy tadkikot ishlarining natijalariga ko‘ra eneolit va bronza davrlarida yashagan kadimgi dehkonlarlarning manzilgohi bo‘lgan. Kazishma natijalariga ko‘ra manzilgohda hayot ketma-ket to‘rt boskida davom etgan. Ulardan dastlabki ikki boskisi eneolit davriga tegishli bo‘lsa, keyingi ikki boskii bronza davrlari bilan sanalanadi. Shunga ko‘ra radiokarbon tekshirish tahlili natijalari asosida Sarazm I - mil.av. 3900-3300, Sarazm II- mil.av. 3300-3000, Sarazm III - mil.av.3000-1300, Sarazm IV esa mil.av.1300-1800 yilliklar bilan sanalangan. Mazkur o‘lkada eneolit davrining ilk bosilariga oid o‘trok dehonilik manzilgohlari anilanmagan
Sarazm I bosqichigiga oid madaniy atlamlardan topilgan sapol idishlari Janubiy Turkmanistonning Geoksur vohasidagi Anov II bosiiga oid sapollari bilan aynan bir xil. Ko‘lda yasalgan sapol idishlarining sirtiga kizil va kora rangdagi bo‘yoklarda geometrik nakshlar berilgan. Shuningdek, misdan yasalgan qurollar topilgan. Bu katlamdan jamoa a’zolarining ko‘p xonali uylarning o‘rni ochib aniklangan. Ikki, ug xonadan iborat kichik oilalarga mo‘ljallangan uylar ham mavjud. Oshxona va xo‘jalik maqsadlarida foydalangan xonalar ularning tarkibida bo‘lgan. YAshash xonalarida aylana shakldagi o‘choqlar joylashgan. Bu turdagi o‘choqlar Janubiy Turkmaniston dagi Geoksur vohasi yodgorliklarning Anov II boskiiga oid katlamlarida ham keng tarqalgan edi. Imoratlar guvala va paxsadan barpo kilingan. Uy-joy imoratlarining atrofi yupka devor bilan o‘rab olingan. Umuman, Sarazm yodgorligidan topib o‘rganilgan moddiy topilmalarning guvohlik berishiga Zarafshon vohasi kadimgi dehon jamoalari rivojlangan eneolit davrining boshlarida janubdan kelgan aholi tamonidandegan xulosaga kelish mumkin. Chunki Turkmaniston hududida ma’dan zahiralari uramaydi. Kadimgi jamoa hayotida ma’danlarning ahamiyati yuqori bo‘lgan. Shuning uchun Sarazm yodgorligi janubdan o‘trok dehonsilikni o‘zlashtirgan aholi tomonidan asos solingan. Bundan tashqari moddiy topilmalarida Eron, Afg‘oniston va Kaltaminor madaniyatlariga uxshashlik mavjud. Bu eneolit davri qabilalari O‘rtasida doimiy madaniy-iqtisodiy aloqalar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Sarazm II bosqichida manzilgoh keng o‘zlashtiriladi. Kazishmalar natijasida 8 ta aholi aholi mahalladan tashkil topgan 36 ta uy-joy xonalarining o‘rni oib o‘rganilgan. Yashash, xo‘jalik va diniy e’tikod masadlarida foydalanilgan xonalardan iborat alohida oilaga tegishli xonadonlar hovli va ko‘salar orkali o‘zaro ajralib turgan. Kurilishda paxsa, guvala, ayrim hollarda to‘g‘ri bursakli xom g‘ishtlardan foydalanilgan. Derolarning sirti samonsuvok kilingan. Ba’zi xonalarda diniy maksadlarda foydalanilgan aylana shakldagi o‘soklar joylashgan. Kazish jarayonida xona devorlarining sirtiga tasvirlar berilganligi anilangan. Ko‘lda yasalib, sirtiga kizil va kora rang bo‘yoklarda nakshlangan berilgan sapol idishlar tayyorlash an’anasi davom etadi. Ikki tamonlama pardoz ilingan sarg‘ish rangli tag ustida berilgan nakshli sapol idishlar bilan birgalikdi nashsizlari ham keng tarkaladi. Shuningdek, tag kismi usli kilib, urtasida siziklar bo‘lab romb shallari tasviri tushirilgan sapol idishlari ham ajralib turadi. Tadqiqodchi olimlarning xulosalariga ko‘ra bu turdagi sapol idishlari Kaltaminor madaniyatining boskisiga xos bo‘lgan. Toshdan xo‘jalik maksadlarida foydalanilgan anjomlar: to‘kimasilik dastgohi toshi, kelitosh va boshkalar aniklangan. Bu boskisda misdan yasalgan anjomlar soni ko‘payadi.
O‘rta Osiyoning boshqa hududlarida eneolit ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlariga ko‘ra neolit davri shaklida rivojlanish davom etgan o‘tkir uchli yoki dumaloq taglik sopol idishlar yasash an’anasi saqlanib qoladi. Sopol idishlar to‘lqinsimon, to‘g‘ri chiziqlar bilan keyinchalik uchburchak va romb shakllaridagi naqshlalar bilan bezatilgan13.
Xulosa
Ma’lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich yuqori ko’tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo’lmagan. Bu davrda unumdor xo’jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan. Qo’shimcha ho’jalik bilan mashg’ul bo’lgan kishilar madaniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada bo’lgan. Urug’ munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya boshlagan. Endi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lgan urug’ makonlari o’rniga bir necha urug’lar yashagan yirik manzillar paydo bo’ladi, ular jamoa birlashmalarini tashkil etadi. O’troq hayot ko’nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g’ishtdan yoki paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo’ladi.

Yüklə 146 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin