258-MAKTABNING 5-“A” SINF O‘QUVCHISI TOSHPO‘LATOV JASURBEKNING TARIX FANIDAN TAYYORLAGAN LOYIHA ISHI
MUZEYLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR
ERMITAJ Ermitaj yoki davlat ermitaji (ruscha: Госуда́рственный Эрмита́ж) — Sankt-Peterburgdagi badiiy va madaniytarixiy davlat muzeyi; jahondagi eng yirik muzeylardan. U Neva sohili va Lelingradning Saroy maydonida beshta binoni egallagan. Ermitajga 1764-yil Yekaterina II tomonidan (Berlindan golland va flamand maktablari rassomlarining asarlarini olib keltirilishi asosida) asos solingan (1852-yilda tomoshabinlar uchun qisman ochilgan), bu asarlar Qishki saroyning „Ermitaj“ (fransuzcha yepsh1a§e — xolis joy) deb atalgan apartamentiga joylashtirilgan. Keyinchalik saroy uchun chet ellardan yirik shaxsiy toʻplamlar (Bryul, 1769; Kroz, 1772; Uolpol, 1779 va boshqalar) sotib olina boshlangan. Qishki saroy kartinalar katalogida 2 080 ta asar boʻlgan; shuningdek, gravyura, rasmlar toʻplamlari, qadimiy davr yodgorliklari, Gʻarbiy Yevropa amaliy bezak sanʼati, gliptika, tanga va medallar, kitoblar (Volter kutubxonasi) toʻplana boshlagan. 19-asrdan arxeologik qazilmalarda ochilgan buyumlar, tasodifiy topilmalar (jumladan, mashhur skif toʻplami) Ermitajni boyitib borgan. Ermitaj rus madaniyatining rivojlanishida muhim rol oʻynagan. Dastlab Ermitajga tomoshabinlar qoʻyilishi cheklangan, ekskursiyalarga ruxsat berilmagan. 1917-yil Oktabr toʻntarishidan soʻng Strogonovlar, Yusupovlar, Shuvalovlar va boshqalar rus metsenat va boylarining musodara qilingan toʻplamlari Ermitajga oʻtkazilgan. Qishki saroy asta-sekin Ermitajga butunlay topshirilgan. Ikkinchi jahon urushi yillari Ermitaj toʻplamining bir qismi evakuatsiya qilingan, lekin Ermitaj qamal paytida ham oʻz faoliyatini toʻxtatmagan.
Ermitaj 8 boʻlimdan iborat: ibtidoiy madaniyat, antik dunyo, Sharq xalqlari madaniyati (Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar: Xorazmshohlar saroyi haykallari, Ayritom yodgorliklari va boshqalar saqlanadi), rus madaniyati tarixi, numizmatika, Gʻarbiy Yevropa sanʼati (Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Jorjone, Velaskes, Rubens, Van Deyk, Xals, Rembrandt va boshqalar asarlari kartinalar galereyasi; Mikelanjelo, A. Gudon, O. Roden haykaltaroshlik asarlari; rasmlar, grafika asarlari, amaliy sanʼat yodgorliklari toʻplamlari), ekskursiya va maʼruzalar uyushtiradigan ilmiymaʼrifiy, taʼmirlash (restavratsiya). Muzey ekspozitsiyasi 350 dan ortiq xonada namoyish etiladi,-yiliga 3,5 million tomoshabin tashrif buyuradi.
Ermitaj biribiri bilan bogʻlangan 5 binoga joylashgan: Qishki saroy (meʼmor V.V.Rastrelli, 1754—62), KichikErmitaj (meʼmor J.B.M.VallenDelamot, 1764— 67), EskiErmitaj (meʼmor Yu.M.Felten, 1771—87),Ermitaj teatri (meʼmorErmitaj Kvarengi, 1783—87), YangiErmitaj (meʼmori L.Fon Klense, 1839—52). 1980-yil boshlarida Vasilyev o.dagi sobiq Menshikov saroyi (18-asr) taʼmirlangandan soʻngErmitajga berilgan.
Ermitajkatta ilmiy tekshirish ishlarini olib boradi: badiiy asarlar sotib oladi, ilmiy anjumanlar uyushtiradi, arxeologik ekspeditsiyalar tashkil qiladi, ilmiy asarlar, kataloglar, albomlar va yoʻlkoʻrsatkichlar nashr qiladi. Muzey faoliyatida doimiy va davriy koʻrgazmalar uyushtirish, chet el muzeylaridan uyushtiriladigan vaqtinchalik koʻrgazmalar muhim oʻrin tutadi.