Tarix fanlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə30/46
tarix04.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#127776
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Tarix fanlari

Maykop madaniyati Shimoliy Kavkaz tog’ oldi hududlarida tarqalgan bo’lib, mil. avv. III ming yillikning 2-yarmiga oiddir. 1897 yilda tekshirilgan. Maykop madaniyatiga ko’plab qo’rg’onlar, ba‘zan mustahkamlangan manzilgohlar mansubdir. Maykop madaniyatining so’nggi bosqichida tosh maqbaralar, jumladan, dalmenlar paydo bo’lgan. Asosiy jangovar v mehnat qurollari sifatida mis boltalar, motiga, cho’qmor, pichoq, xanjar, panshaxa, nayza uchlari hisoblangan. Turli bezak buyumlari, Maykop madaniyatiga mansub qabilalar Sharq xalqlari bilan aloqada bo’lishgnidan dalolat beradi. Maykop madaniyatining qizil, ba‘zan naqshinkor sopol idishlari kulolchilik dastgohida tayyorlangan. Xo’jlikning yetakchi shakli – chorvachilik va dehqonchilik bo’lgan. Maykop madaniyati qabilalari ibtidoiy jamoa bosqichiga yashaganlar. Ba‘zi qo’rg’onlardan topilgan qimmatbaho buyumlar jamiyatda mulkiy tabaqalanish ildiz otganligidan dalolat beradi.
Maykop madaniyatiga xos Maykop qo’rg’oni Maykop shahri (RF ga qarashli Aligeya Respublikasi poytxti, Kuban daryosi irmog’i Belaya daryosi sohida joylashgan) hududida joylashgan. N.I. Veselovskiy tomonidan 1897 yilda o’rganilgan. Qo’rg’onning balandligi 11 m bo’lib, undagi boy qabrda qabila sadori va uning ikki xotini dafn etilgan. Maykop qo’rg’onidan kumush taqinchoqlar va ularga mustahkamlangan 4 ta oltin buqa haykalchalari hamda qimmatbaho guldor chodir topilgan. Chodir yopinchig’iga oltin suvi yuritilgan halqalar, sher v buqa suratlari solingan. Sardorning yoniga 2 oltin va 14 kumush idish qo’yilgan. Ulardan biriga Kavkaz tog’i va bir qator bo’lib ketayotgan hayvonlarni tasvirlovchi manzara o’yib ishlangan. Bu idishdagi tasvirlar – eng qadimgi xaritografik rasmlardan biridir. Sardor xotinlari qabridan bezak buyumlari – tillaqoshlar, turli xildagi olitn va serdolik munchoqlar, feruza va la‘l tumorchalar, shuningdek, malika kiyimlariga qadalgaan turli hayvon haykalchalari topilgan. Maykop qo’rg’oni topilmaalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi.
Mezolit va neolitda terib-termachlab ovqat topishdan yovvoyi o’simliklar ekish va o’tkazish yo’li bilan vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori хo’jalik shakliga aylanadi. Dehqonchilik va chorvachilik ortiqcha mahsulotlar yetishtirishga va mol ayrboshlashni tartibga solinishiga yordam beradi. Eneolitning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, Mesopatamiya, Old Osiyo va Osiyo hududlarida dastlabki shahar-davlatlarning paydo bo’lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi jarayoni ko’zga tashlanadi. Bu jarayonlar ijtimoiy munosabatlarning keyingi davrlardagi rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin