Tarix fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari



Yüklə 25,28 Kb.
tarix18.11.2023
ölçüsü25,28 Kb.
#133086
Nishonova 1-mustaqil ish


. Tarix fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari
Reja
1-Tarix fanining mazmun mohiyati.
2-Tarix fanini o‘qitishda turli xil metodlarning ahamiyati va metodlar tasnifi.
3-Tarix fannini o‘qitishdaqiziqarli metodlarni qo‘llash.
KIRISH
Keng qamrovli tarix fanini o‘rganish, uni tog‘ri tahlil qilish, biz kabi bo‘lajak tarixchilarning oldidagi eng asosiy va muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Har narsaning tarixi boʻlgani kabi, tarix fanini o‘rganishning ham o‘ziga yarasha tarixi mavjud. Xususan yurtimiz tarixini o‘rganish jarayoni ham turli xil davrlarda turlicha tadqiq etib kelingani hech kimga sir emas. Mamlakatimiz mustaqillikni qoʻlga kiritgach, turli xil sohalarda olib borilgan islohotlar qatorida tarixni tarixiy haqiqatni to‘g‘ri anglashga ham alohida ahamiyat qaratildi. Xususan birinchi Prizidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1998-yil 26-iyunda tarixchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tarixchilar oldiga birmuncha muhim vazifalarni qo‘ygan edi. Natijada tarixchi olimlar tomonidan keyingi yillarda birmuncha ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunga kelib ham tarix sohasidagi ilmiy tatqiqotlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.o‘tgan yillar mobaynida Prizidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qator chiqishlaridagi so‘zlagan nutqlarida tarix sohasidagi muammo va yutuqlarga alohida ahamiyat qaratib, ushbu sohaga oid qaror va farmonlar qabul qildilar. 2021-yil 19-yanvarda prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shumday degan edilar. "Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati juda katta. Afsus, bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan, biz uchun nihoyatda dolzarb bo‘lgan tarix fani ham bundan mustasno emas. Tarixga oid ilmiy tadqiqot ishlari asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib borilmoqda. Natijada, olis va yaqin o‘tmishimizdagi ko‘pgina voqealar mohiyati, ularni yuzaga keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda. Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz zarur: milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda, uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur. Buning uchun, avvalo, O‘zbekistonda tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishimiz vaqti-soati keldi, deb o‘ylayman. Tarix institutini bu fanni rivojlantirish bo‘yicha tayanch ilmiy muassasa etib belgilash kerak Shuningdek, ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitish va targ‘ib etish ishlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim. ‘O‘zbekiston tarixi’ telekanali vatanimizning shonli tarixi va ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasini to‘laqonli ko‘rsatib beradigan, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz sevib tomosha qiladigan ilmiy-ma’rifiy kanalga aylanishi kerak”. Bundan ko‘rinib turibdiki, tarixchi olimlar va biz kabi bo‘lajak tarixchilardan yanada mas‘uliyatli bo‘lib, nafaqat tarixni tatqiq qilish, balki uni yosh avlod ongiga chuqur singdira olishimiz ham muhim ekanligimi yana bir bor anglab yetdik.

TARIX — tabiat va jamiyatdagi har qanday o‘zgarish va rivojlanish jarayonini ifodalovchi atama; insoniyat va uning hayoti, avlodlar almashuvi, sivilizatsiyalar, jamiyat va davlatlar shakllanishi, o’tmishi va taraqqiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganuvchi fan. Birinchi Prizidentimiz I.Karimov tarixning ma'naviyatda tutgan o‘rniga yuksak baho bergan: "Ma'naviyatini tiklashi, tug’ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Kim bo‘lishidan qat'i nazar, jamiyatning har bir a'zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Inson uchun tarixidan judo bo‘lish — hayotdan judo bo‘lish demakdir Bu g’oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas".Tarix fani — insoniyatning butun o‘tmishi davomida jamiyat hayotida sodir bo’lgan voqea, hodisa va jarayonlarni yaxlit tarzda o’rganadi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, san'atshunoslik) tizimining tarkibiy qismiga kiradi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar inson va jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarixning tadqiqot mavzui — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hozirgi davri xususidagi dalil va ma'lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma'lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan,umumlashtirishdir. Tarix fani moziyda sodir bo‘lgan voqea, hodisa va jarayonlar o’rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma'nosini ko’rish imkonini beradi. Qachon, qayerda, qanday sababga ko‘ra qanday voqea-hodisa yuz bergan, oqibati nima bilan yakunlangan, uning bizga, hozirgi zamonga qanday daxli, ahamiyati bor, degan savollarga javob topish orqali biz tarixdan saboq olamiz, uni anglaymiz. Inson, jamiyat va davlatni tanazzulga olib keladigan yo‘llardan esa voz kechamiz. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tabiiy bilim sohalari ham tarix tadqiqotlari natijasiga tayanadi. Hozirgi zamon tarix fani alohida bo‘lim va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuasidir. Ixtisoslashish darajasiga qarab, ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhni jamiyatning (jahon tarixi) butun va alohida tomonlarini o‘rganuvchi bo‘lim sohalar tashkil etadi. Jahon tarixi, ibtidoiy jamiyat tarixi, qadimgi dunyo tarixi, o‘rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarix shular jumlasidandir. Hududiy-geografik tamoyilga ko‘ra, tarixan bir-biri bilan bog‘liq yirik mintaqalar (Yevropa va dunyoning boshqa qismlari, Qadimgi Sharq, Markaziy Osiyoning ba’zi mintaqalari), alohida mamlakatlar va xalqlar tarixiga ajratiladi. Majmuaviy muammolarni tadqiq etish har bir guruh mamlakatlar va xalqlar tarixini (Uyg’onish davri, Reformatsiya tarixi) o‘rganish zaruriyatidan kelib chiqadi. Jahon tarixiga global yondashuv bilan bir qatorda mikro tarix (shahar va qishloqlar, alohida shaxslar, kundalik maishiy turmush) ham o‘rganiladi. Tarixning alohida tomonlarini o’rganish tarix fanining alohida sohalarini ajratishni taqozo etadi (masalan, harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, madaniyat, san'at, intellektual, diplomatiya tarixi va boshqalar). Ikkinchi guruhni yordamchi va maxsus tarix fanlari tashkil etadi. Ularni alohida fanlarga ajratilishi va rivojlanishi tarix fanining xususiy tadqiqot usullarini ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda antropologiya, arxeologiya, etnolo-giya mustaqil o‘ringa ega. Yordamchi tarix fanlariga — manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, xronologiya, metrologiya va numizmatika kiradi. Maxsus guruh — boshqa fanlar ehtiyojidan kelib chiqadi (masalan, tabiiy fanlar tarixi, texnika tarixi, davlat va huquq tarixi). Tarix fanining tarixini esa tarixshunoslik o‘rganadi. Tarix fani asrlar mobaynida qo‘lyozma asarlarda, ifodalangan, hayot, voqea-hodisalap, tarixiy shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyan sivilizatsiya hayotining shakllanish bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulo-salar chiqarish kabi murakkab ilmiy yo‘lni bosib, o‘tgan.
Bugungi kunda o’qitish metodi deganda asosan ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma'lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi. Ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida ta'lim mazmunini takomillashtirish, uning tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga, o’qitish metodlarini ham faollashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Endilikda, ta'lim mazmuni insoniyat to’plagan tayyor bilimlar, ko’nikma va malakalarni puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining o’sishini ta'minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o’zida birlashtirmog’i lozim. Ta'limning rivojlanish printsiplariga ko’ra, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o’rgatish va ularda zarur ko’nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta'lim mazmuni bilan birga o’qitish metodlari ham muhim rol o’ynaydi. O’qitish metodlari murakkab muammo bo’lib, ta'lim tizimida oldiga qo’yilgan mas'uliyatli vazifalarning hal etilishi ko’p jihatdan uning to’g’ri hal qilinishiga bog’liqdir. Biroq, hozircha o’qitish metodikasining bu muhim muammosi, xususan tarix o’qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va tasniflanadi. O’qitish metodikasida tarix ta'limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi ta'lim tizimida tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi. Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya'ni ularni o’qitish (ta'limning bir tomonini ko’zda tutib, o’quvchilarning o’rganishi (ta'limning ikkinchi muhim tomonini)ni uyushtirish, unga rahbarlik qilish, bilish, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim vaziyatlarni e'tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek, o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta'lim-tarbiya vazifalarini, o’quvchilarning bilimi va malakalarini e'tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi. Bu hol ma'lum darajada o’quvchilarning tarix predmetiga qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta'lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta'sir ko’rsatdi. Shu bilan birga ta'lim tizimi amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o’quvchilarni tarix predmeti vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar to’plandi va umumlashtirildi. Belgilab bergan muhim vazifa — tarixiy bilimlarning samaradorligi va sifatini oshirishning muhim sharti va vositalaridan biri bo’lgan bu ishlar tarix o’qitish metodlari sistemasini va metodik usullarini ham ilmiy asosda ishlab chiqish va amalda ulardan muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi. O’qitish metodlarini ilmiy asosda tasniflash masalasi pedagogika fanida o’qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O’qitish metodlari klassifikatsiyasiga ba'zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o’qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O’qitish metodiga bu xil qarash, A.Vagin ta'kidlaganidek, tarix o’qitish metodikasida tan olinmadi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish tajribasi shuni isbotladiki, yuqoridagi mantiqiy operatsiyalar o’qitish va o’rganishning barcha, bosqichlarida, turli xarakterdagi xilma-xil didaktik va metodik vazifalarni hal qilishda ishtirok etsada, mustaqil o’qitish metodlari bo’lib xizmat qila olmaydi. Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o’qitish metodi tarixiy material bo’yichaqilinadigan anashu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi. O’qitish metodlarini ba'zan o’quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab tasniflash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o’qitish metodlaridan ko’ra, ko’proq o’qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir. 60-yillarda tarix o’qitish metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha hal qilindi. Metodist A.I.Strajev «Tarix o’qitishning tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining ma'lum ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi»— deydi. Biroq, u ham o’qitishning asosiy metodlarini tarixiy jarayonning o’zini o’rganish metodidan iborat qilib qo’yib, masalada noaniqlikka yo’l qo’yadi. A.I.Strajev quyidagi o’qitish metodlarini tavsiya qiladi: 1) tarixiy faktlarni o’rganish metodlari; 2) xronologiyani o’rganish metodlari; 3) mahalliy tarixiy voqealarni o’rganish metodlari; 4) asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 5) sabab-natija aloqalarni o’rganish metodlari; 6) tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari. Ma'lumki, tarix o’qitish — o’qitish va o’rganishni tashkil etish jarayonidan iborat. Metodist A.Strajevning klassifikatsiyasidan ham ko’rinib turibdiki, u faqat o’qituvchining o’quvchilarni o’qitishini ko’zda tutadi, o’quvchilarning o’rganishini tashkil etish va ularning o’rganishiga o’qituvchining rahbarlik qilishini e'tiborga olmaydi. Ko’zga ko’ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo’l tutadi. U metodlar sistemasiga o’quv harakteriga ega bo’lgan belgilar («Bayon qilish metodi», «so’rash metodi») va umumiy didaktiv vazifalar («materialni o’rganish metodi», «mustahkamlash metodi», «bilimni tekshirish metodi» va boshqalar) ni emas, balki o’quvchilarning tarixiy voqealarni bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya'ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish tashkil etadi. Binobarin,— deb hisoblaydi V.G.Kartsev,— o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari haqidagi masala metodikaning markaziy masalasi bo’lishi keraq Shu asosda u, o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning 4 guruhi borligini aytadi: 1) tarixiy tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirish metodlari; 2) umumiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 3) vaqt va fazoda tarixiy rivojlanish dialektikasini ochib berish metodlari; 4) tarixni zamonaviy voqealar bilan bog‘lash metodlari; 5) tarixiy bilimlarning hayot va tajribada qo’llanilishi. 60-yillar pedagogikasida o’rganilayotgan fanni bilish manbalari (o’qituvchining jonli so’zi, ko’rsatmalilik va tekstlarni o’qitish metodlariga asos qilib olishga katta o’rin berildi. O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha klassifikatsiyalash masalasi Leningrad olimlarining 1966 yilda nashr qilingan asarlarida aniq ta'riflab berildi. 50-yillarning oxirlariga kelib tarix o’qitish metodikasida ham o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga o’quvchilarning bilish manbalari asos qilib olina boshladi. Metodist P.S.Leybengrub ta'lim manbalari, ya'ni bilish manbalari asosida o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida da tarix o’qitishning quyidagi metodlarini ko’rsatadi. 1) hikoya metodi va o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida lektsiyasi: 2) suhbat metodi; 3) ko’rsatmali metod; 4) darslik bilan ishlash metodi; 5) tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi; 6) badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi. P.S.Leybengrub nimagadir, og’zaki bayon qilish metodlarining hammasini hikoya va lektsiyadan iborat qilib qo’yadi. A.Vagin o’zining tarix o’qitish metodikasiga bag’ishlangan kitobida ana shu kamchilikni to’ldiradi. A.Vagin tarix o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim olish manbalari bilan birga, bilim olish, usulini ham asos qilib olgan. U o’qitish metodlarini quyidagi uch guruhga bo’ladi: 1) jonli so’z: hikoya, tavsiflash, harakteristika, muammoli bayon; 2) ko’rsatmali metodlar: rasmlar va boshqa ko’rsatmali qurollar, doskaga chiziladigan grafik yozuvlar, texnika vositalari va boshqalar; 3) tekstlar bilan ishlash metodlari. A.Vagin o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim manbalari va bilish usullarini asos qilib olish bilan birga, bilish manbalari didaktik vazifalarga muvofiq o’qitish protsessining asosiy bosqichlarida qay tariqa aniq amalga oshirilishini jadval shaklida beradi. Bu jadval har bir darsda o’tiladigan materialning mazmuniga qarab o’qitishning turli xil metod va usullaridan foydalanish zarurligini aniq ko’rsatadi. Keyingi yillardagi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish tajribasi A. Vagin tavsiya etgan o’qitish metodlarining juda real ekanligini ko’rsatdi. Prof. P.V.Gora o’zining «Ta'lim metodlari va metodik usullari sistemasiga doir masala» nomli maqolasida pedagogikasi nazariyasi va tajribasida erishilgan yutuqlarga suyanib, o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi (bilish faoliyati) bilan o’zaro organik bog’langan metod va metodik usullarni tavsiyaqiladi. O’qitish metodlarining shu taxlilda klassifikatsiya qilinishi o’quvchilarni puxta bilim va zarur malakalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Shuningdeqo’qituvchini o’quv materialining mazmuni, o’quvchilarning bilimi, malakalari vaqobiliyatlarini ham hisobga olish va rahbarlik qilishiga yordam beradi. P.V.Gora o’rtata'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish tajribasiga asoslanib, tarixo’qitish metodlarini klassifikatsiya qilishda masalaga faqat didaktik nuqtai nazardanqaramasdan, tarixiy-metodik nazardan ham yondashish, o’quv tarixiy materialningta'lim-tarbiyaviy vazifalarini hamda uning mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlarniham yetarli ravishda e'tiborga olish zarur ekanligini ko’rsatadi. P.V.Gora xuddi shuprintsipga asoslanadi, unda o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quvmaterialining mazmunini, uni o’rganishning maqsadini asos qilib olish, masalagatarixiy-metodik mezon bilan yondoshish va hal etish zarurligi, ko’rsatiladi.

Hozirgi zamon har bir fan o’qituvchisi zimmasiga inson,uning jamiyatdagi o’rni va roliga har tomonlama qarash vazifasini yuklaydi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim-tarbiyaning yangi shakllari,vositalari va usullarini egallashi va shu bilan birga o’zi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishga,shaxsni tarbiyalashning yangi a’nanaviy,samarali usullarini tanlashga harakat qilishi hamda ijodkor bo’lmog’i lozim. Bizga ma’lumki tarix-juda qadimiy fanlardan biri hisoblanadi. Tarix fanini kelajakni ko’rsatuvchi „Ko’zgu” desak bo’ladi va bu ko’zguga qarab har qanday inson,jamiyat, xalq o’z kelajagini belgilab olishi mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egallashi onson kechgani yo’q. Shuning uchun tarixni o’qitish jarayonida o’quvchilar bugungi kunning qadriga yetishini, o’tmishda yo’l qo’yilgan xatolarni takrorlamaslikni, o’tmishdagi xatolardan xulosa chiqarib olishini o’rgatish lozimdir . Qolaversa tarix fanini o’qitish orqali o’quvchilarda o’zlari mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga , milliy ong va tafakkurni o’stirishga , eng asosiysi ma’naviy barkamol shaxsni , haqiqiy vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga ahamiyat berish lozim .Bizga ma’lumki,tarix fanining asosini ma’lumotlar tashkil etadi. Ularni to’liq eslab qolishi o’quvchilar uchun bir oz qiyinchilik tug’dirishi mumkin (ayrim past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ).Bu kabi ma’lumotlarni o’quvchilar xotirasida bir umrga esda qolishi,turli xil sahnali ko’rinishlar,qiziqarli o’yinli usullar,krossvordlar,guruhlar bilan ishlash,baxs-munozaralar olib borishiga bog’liq. Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kunning pedagog hodimlari har bir darsda qiziqarli, samarali bo’lgan yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanishi kerak. A.Verbitskiyning fikricha "faol o'qitish" deganda didaktik jarayondagi reglamentlangan, algoritmlangan, dasturlashtirilgan shakl va metodlardan bilish faoliyatini rag'batlantiradigan va ijodiy muhit yaratadigan rivojlantiruvchi, muammoli, izlanuvchan usullarga o'tish tushuniladi. M.Novik faol o'qitishning quyidagi jihatlarini ajratib ko'rsatadi: - o'quvchining o'zi hohlamagan tarzda faol bo'lishi; - o'quvchilarning faollining epizodik xarakterda emas, balki davomiy, butun dars davomida turg'un bo'lishi; -muammolarni hal qilishda ijodkorlik, yuqori darajada emotsionallik; Darsda talabalarning faolligini oshirish uchun interfaol usullar, organayzerlardan foydalaniladi. Ta'lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish eng avvalo talabalarga tayyor bilimlarni berishni emas, balki ularga fikr-mulohaza yuritish, atrofdagilar bilan muloqot qilish madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrga ega bo'lish va biror zarur bilimni mustaqil ravishda izlash va muammoning yechimini topish malakalarini berishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublarning soni juda ko'payib ketgan. Biz ularning ta'lim muassasalarida keng tarqalganlari, o'qitiladigan aniq fan va predmetlarda qo'llanilishi mumkin bo'lgan ba'zi pedagogik texnologiyalarning foydalanish uslubiyatini keltirib tahlil qilamiz.
"TANISHUV" texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: o'quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birlari bilan tanishtirish, samimiy do'stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish; talabalarning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: Mashg'ulot boshida o'qituvchi o'quv jarayoni qatnashchilarini kichik guruhlarga ajratadi. Har bir kichik guruhga yilning bir faslida tug'ilgan talabalarni kiritish mumkin. O'qituvchi guruhlarni joylariga o'tkazib, ularga quyidagi topshiriqni beradi: - o'z tug'ilgan faslingizga xarakteristika bering (badiiy -musiqiy, sahnali, hazilmutoyibali va hokazo ko'rinishda); - yilning shu faslida tug'ilganlarning umumiy xarakteri bilan hamda guruh qatnashchilarining umumiy o'xshashliklari va o'ziga xos tomonlari bilan tanishtirish; - talabalarning bu fasldagi faoliyatini so'zlab berish; - boshqa fasldagi guruh qatnashchilariga bag'ishlangan fikr yoki bag'ishlov yaratish va ijodiy tilaklar bildirish. Oxirida o'qituvchi quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: - guruh qatnashchilari bir-birlari haqida nimalarni bilib olishdi; -auditoriyada bir-birlariga ko'nikish holati qanday o'zgardi; - qanday savollar va muammolar hal qilindi; - qatnashchilar dars davomida qanday sifatlarni ko'rsata oldilar; - har bir kishi o'zi uchun qanday xulosa chiqardi; - demak biz, qandaymiz? O'qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratgach, har bir guruhga «Keling, tanishaylik!» mavzusi yozilgan quyidagi mazmundagi taxminiy materialni tarqatadi: Keling, tanishaylik! - Sizlar Kim va nima uchun bu yerga to'plangansizlar? - Sizlarni nima birlashtiradi? - Siz uchun eng qimmatli narsa nima? -Ishlashingizga nima yordam beradi? - Kimlarga g'amxo'rlik qilasizlar? - Kimlar bilan hamkorlik qilasizlar? - Nimalarni o'zingiz, nimalarni esa birgalikda hal etasizlar? -Sizning eng kuchli va kuchsiz tomonlaringiz nima? Guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialdagi savollarga javob berishga tayyorgarlik ko'radilar, tayyorlanish jarayonida ular bir-birlari bilan tanishib oladilar.
"TUSHUNCHALAR TAHLILI" uslubi Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o'tilgan o'quv predmeti yoki bo'lim barcha mavzularini talabalar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo'yicha o'qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o'z izohlarini berish, shu orqali o'z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o'qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo'naltirilgan. Uslubning maqsadi. Talabalarni mashg'ulotda o'tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o'z bilimlarini bir tizimga solishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: -talabalarni guruhlarga ajratiladi; - talabalar mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi; - tarqatma materiallar guruh a'zolariga tarqatiladi. - talabalar yakka tartibda o'tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo'yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar; - talabalar tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o'zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo'lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda); -o'qituvchi tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalarni o'qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to'g'ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo'lsa) tanishtiriladi; - har bir talaba (yoki o'quvchi) to'g'ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo'ladilar, o'z-o'zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
"ZINAMA-ZINA" texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg'ulot talabalarni o'tilgan yoki o'tilishi kerak bo'lgan mavzu bo'yicha yakka va kichik jamoa bo'lib fikrlash hamda xotirlash, o'zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to'plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko'rinishida ifodalay olishga o'rgatadi. Bu texnologiya talabalar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o'tkaziladi va taqdimot qilinadi. Texnologiyaning maqsadi. Talabalarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o'z fikri bilan ta'sir eta olishga, uni ma'qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: - o'qituvchi talabalarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo'lgani ma'qul); - talabalar mashg'ulotning maqsadi va uning o'tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog'ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo'lgan varaqlar tarqatiladi; - o'qituvchi guruh a'zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog'ozdagi bo'sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; - guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) ko'rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a'zolari kichik mavzu bo'yicha imkon boricha to'laroq ma'lumot berishlari kerak bo'ladi. -tarqatma materiallar to'ldirilgach, guruh azolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi; - o'qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg'ulotni yakunlaydi.
"CHARXPALAK" texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talabalarni o'tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to'g'ri javob berishga va o'z-o'zini baholashga o'rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o'qituvchi tomonidan barcha talabalarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan. Texnologiyaning maqsadi: talabalarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o'z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko'p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: - talabalarni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish; - talaba (yoki o'quvchi)ni mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish; - tarqatma materiallarni guruh a'zolariga tarqatish. - guruh a'zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi; -har bir guruh a'zosi o'zi ishlagan tarqatma materialining o'ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o'zining biron-bir belgisini chizib qo'yadi; - vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga «charxpalak aylanmasi» yo'nalishida almashtiriladi; - yangi guruh a'zolari tomonidan berilgan materiallar o'rganiladi va o'zgartirishlar kiritiladi; - jamoalar tomonidan o'rganilgan va o'zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo'nalish bo'yicha guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi); - materiallarni oxirgi almashishdan so'ng har bir guruh va har bir guruh a'zosi o'zlari ilk bor to'ldirgan materiallarini (guruh raqami va o'zlari qo'ygan belgilari asosida) tanlab oladilar; - har bir guruh a'zosining o'zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a'zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar; - o'qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o'qiydi va jamoa bilan birgalikda to'g'ri javoblarni belgilaydi; - har bir talaba (yoki o'quvchi) to'g'ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to'playdilar va o'z-o'zini baholaydilar. - talabalar o'z baholari yoki ballarini belgilab olishgach, o'qituvchi vazifa bajarilgan qog'ozlarni yig'ib oladi va baho (ballar)ni guruh jurnaliga ko'chirib qo'yadi.
"REZYUME" texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Bu texnologiya murakkab, ko'p tarmoqli, mumkin qadar muammoli mavzularni o'rganishga qaratilgan. Texnologiyaning moxiyati shundan iboratki, bunda bir yo'la mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri aloxida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Texnologiyaning maqsadi: talabalarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab taqqoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o'quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o'z fikri bilan ta'sir etishga, uni ma'qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishda, mavzuga umumiy tushuncha berishda o'tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: o'qituvchi talabalarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi; o'qituvchi talabalarni mashg'ulotning maqsadi va o'tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog'ozning yuqori qismida yozuvi bo'lgan, ya'ni asosiy muammo, undan ajratilgan o'quv muammolari va ularni yechish yo'llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarini tarqatadi; har bir guruh a'zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, o'z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar; kichik guruh a'zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o'qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi; o'qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so'rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so'ng taqdimot guruhi o'z xulosasi bilan tanishtiradi; o'qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, ularni baholaydi, so'ngra mashg'ulotni yakunlaydi.
"MUAMMO" texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: talabalarga o'quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to'g'ri topishlariga o'rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo'yicha malakalarni shakllantirish, muammoni yechishning ba'zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to'g'ri tanlashga o'rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to'g'ri aniqlashga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: O'qituvchi talabalarni guruhlarga ajratib, ularni mos o'rinlariga joylashtirgandan so'ng, mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya'ni u mashg'ulotni bosqichli bo'lishini va har bir bosqich talabalardan maksimum diqqat-e'tibor talab qilishini, mashg'ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo'lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat talabalarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo'lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg'otadi. Mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg'ulot boshlanadi: talabalar tomonidan mashg'ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga belgilab qo'yish (agar kinofilm ko'rsatishning imkoniyati bo'lmasa, u holda o'qituvchi o'quv predmetining mavzusi bo'yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o'quv materialidan foydalanishi mumkin); har bir guruh a'zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 formatdagi qog'ozga flomaster bilan yozib chiqadi; berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan o'qib eshittiriladi; o'qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog'ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi; tarqatilgan qog'ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a'zosi o'zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi; o'qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a'zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi. Masalan: Muammoning turi Muammoni kelib chiqish Muammoni yechish yo'llari sabablari va Sizning harakatlaringiz Toza ichimlik suvining kamligi Suvni toza saqlashga e'tiborning kamligi Tabiat va suvni saqlashga oid tadbirlar o'tkazish - yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so'ng har bir talaba (yoki o'quvchi) bajargan tahliliy ishini barchaga o'qib eshittiradi; - muammolar va ularning yechimi bo'yicha jamoaviy fikr almashiladi; - himoyadan so'ng o'qituvchi mashg'ulotga yakun yasaydi. Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi.
Yüklə 25,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin