Bitiruv-malakaviy ishimni yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad F.Xo‘jaev asarlari va maqolalarida Buxoro tarixining XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil etish hisoblanadi.
Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Buxorodagi jadidchilik harakati tarixini o‘rganishda F.Xo‘jaev asarlari va maqolalarining ahamiyatini ochib berish;
- F.Xo‘jaevning “Buxoro inqilobi uchun materiallar” kitobi muhim tarixiy manba ekanligini isbotlash;
- F.Xo‘jaev asarlarida istiqlolchilik harakati masalalarini qanday yoritilganiligini izohlash;
- F.Xo‘jaev ning “Berlin maktublari” maqolasining – 1920-1923 yillar ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o‘rganishdagi ahamiyatini ko‘rsatish.
Dostları ilə paylaş: |