Tarixi fanlari


Amir Temur davrida tashqi savdodan ko’zlangan maqsad



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə19/24
tarix13.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#124004
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
2 5235747296271929442

Amir Temur davrida tashqi savdodan ko’zlangan maqsad.

Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson savdogarlari nafaqat Osiyo mamlakatlari, ayni zamonda «Buyuk ipak yo’li» orqali Yevropa mamlakatlari, ayni zamonda ham savdo munosabatlari olib borganlar. Ayniqsa, Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Tatariston, Fransiya, Ispaniya va boshqa davlatlar bilan savdo sotiq ishlari kuchaygan. Xitoydan asosan ipak, shoyi matolari xususan parcha va atlaslar, chinni, la`li, gavchar va mushk, Hindistondan sifatli choylar, nafis oq rangli iplar, Nil biyoqlar, xush biy ziravorlar, Erondan marvarid va durlar, Rossiya va Tataristondan har xil miynalar, teri va um keltirilgan. Samarqand bozorida Fransiya gazmollari, movutlari va cherkass pichoqlari mashhur edi. Savdo munosabatlarini rivojlantirishda elchi aloqalari katta ahamiyat kasb yetgan. Temuriy hukmdorlarining elchilik va savdo karvonlari Osiyo va Yevropaning juda ko’plab mamlakatlariga borganlar. O’z navbatida, chet mamlakatlarning elchilik savdo karvonlari Markaziy Osiyoning turli shaharlarida bo’lganlar. Shohrux elchilarga Shodixoji va Amir Kikcha, Ulug’bek elchilariga esa Sulton Shoh bilan Muhammad baxsh boshchilik qildilar. Bu karvonga g’iyosiddin naqqosh kotib etib tayinlangan. Karvon Xitoyda 2 yo’l bo’lib, 1422 yo’lda vatanga qaytib keladi. Bu elchilik karvoni 1419 yo’lda Xirot va Samarqandga tashrif buyurgan. Xitoyning Li Di va Jon Ku boshliq elchilik karvonboshiga javob tariqasida uyushtirilgan edi. Savdo-sotiq aloqalarida Temur va temuriylar tomonidan zarb etilgan kumush, mis tangalar katta ahamiyatga ega bo’lgan. O’z navbatida Samarqand va O’rta Osiyoning boshqa shaharlaridan Hindiston, Xitoy, Arab mamlakatlariga paxta, ipak, qog’oz va boshqa mollar muttasil jo’natib turilgan.
Temur Ovrupa mamlakatlari bilan ham aloqa o’rnatishga intilgan. Jumladan, u 1402 yo’lda Fransiya qiroliga xat yuborib, har ikkala mamlakat o’rtasida mustahkam savdo aloqalari o’rnatish istagini bo’ldirgan. Angliya qiroli Genrix IV 1399-1413 yo’llar Temurga yuborgan xatida O’rta Osiyo bilan savdo aloqasi o’rnatishga rozilik bo’ldirgan. Ikki tomon savdo ishlaridan manfaatdor ekanligini izhor etgan. Shuningdek, Temur Vizantiya, Venetsiya va Ispaniya bilan iqtisodiy munosabatlar o’rnatishga harakat qilgan. Qo’shni mamlakatlar bilan olib borgan bunday diplomatik va savdo aloqalari mamlakatni mustahkamlashga, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga yordam bergan. Temur davrida chet mamlakatlar bilan o’rnatilgan savdo aloqalari XV asrga kelib Yanada mustahkamlandi. Ayniqsa Hindiston va Xitoy bilan aloqalar yaxshi yo’lga qo’yilgan.
1442 yo’lda Shohrux Hindistonga nufuzli elchilar yubordi. Ular Hindistonning iqtisodiy va madaniy yutuqlarini o’rganib qaytdilar. Samarqanddan tashqari Xirot ham mamlakatning yirik savdo markazi bo’lib, bu yerga Xitoy, Hindiston, Rus va boshqa xorijiy mamlakatlardan noyob mollar keltirilar edi. Ayniqsa, Rus bilan O’rta Osiyoning aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan. Umuman olganda XV asrda O’rta Osiyoning xorijiy mamlakatlar bilan savdo-sotiq olib borishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishiga, iqtisodning yaxshilanishiga olib keldi.
Amir Temur teran aql-farosatli, ziyrak, o’tkir idrok sohibi bo’lib, bu sifatlar diplomat shaxsining eng muhim jihatlari va asosini tashkil etadi. Temur u yoki bu mamlakatga o’z elchilarini yuborish, boshqa davlatlar elchilarini qabul qilish, bu sohaning shakl va mazmunlarini Yanada boyitdi. Temur diplomatiyasida mutafakkirlar, faylasuflar, olimlar, davlat rahbarlari, san`at arboblari bilan turli xil uchrashuvlar o’tkazish ham muhim o’rin egallaydi.
Tarixiy kitoblarda bunday uchrashuvlar haqida ko’plab misollar keltiriladi. Shu munosabat bilan Amir Temurning taniqli tarixchi olim Ibn Holdun bilan bo’lgan uchrashuvidan muhim xulosa chiqarish mumkin.
Bundan tashqari X-XIII asr boshlarida biz tashqi aloqalar, yozishmalar bo’yicha ijroya tashkilotlari ishlab kelganin ko’rdik. Amir Temur Genuya, Venetsiya, Vizantiya, Ispaniya, Fransiya, Angliya bilan diplomatik aloqalarni tashkil etilgani ma`lum. Ispan elchisi Samarqandning tashqi savdoda ham katta o’rin tuganini qayd qilib shunday yozgan: «Rus va Tatariyadan charm va surp, Xitoydan juda yaxshi tiqilgan ipaklar, ayniqsa, dunyoga nomi ketgan atdaslar olib kelinadi. Ular ichida eng qimmatlisi sidirga jujunchalardir, bundan tashqari Yana Xitoydan tashqi dunyoning boshqa yerlarida topilmaydigan mushk hamda la`l, gavhar, billur, rovoj va ko’plab ziravor va dorivorlar keltiriladi. Hindistondan bu shaharga turli-tuman ziravorlar, muskat yong’og’i, qalampir munchoq, zanjabil, anbor, dolchin va Iskandariyaga olib borilmaydigan boshqa turli narsalar keltiriladi». O’sha davr muarrixi Ibn Arabshohning yozishicha Samarqandga chet mamlakatlardan oltin va kumush, xususan Xurosondan ma`danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos, Xitoydan atlas, yashin toshi, mushk va boshqa mollar olib kelinar edi. chet mamlakatlardan Samarqandga keltirilayotgan mollarning miqdori naqadar ko’p bo’lganini Klavixoning bu Shaharda bo’lgan vaqtida Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyali savdo karvoni kelganidan bilish mumkin. Shubhasiz, bu davrda Temur va uning joylardagi noiblari Xitoy va Hindistondan O’rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yo’nalgan asosiy xalqaro savdo yili-«Buyuk ipak yo’li»ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta`minlahda muhim chora-tadbirlar ko’radilar va sharq bilan g’arb o’rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g’oyat katta e`tibor beradilar. Movarounnahrdan Xitoyga o’sha zamonlarda ikki karvon yili orqali borilgan birinchisi, Toshkent, Sayram, Yettisuv va Sharqiy Turkistonning Turfon va Kumil shaharlari orqali, ikkinchi yo’l Farg’ona vodiysi orqali Xo’jand, Qiqon, Marg’ilon, Andijon, O’sh shaharlaridan o’tib, Olay vodiysi bo’ylab borgan Sharqiy Turkistonning Qoshg’ar, Xo’jand va Yorkand shaharlari orqali o’tgan. Shohrux va Ulug’bek zamonida Tibet va Hindiston bilan ham yaxshi qo’shnichilik munosabatlari o’rnatiladi. 1421 yo’lda Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keladi. 1441-1442 yillarda Shohrux Hindistonga Bijanagar saroyiga tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchilar yuboradi. U Kermon viloyati, Xurmuz va Fors qiltiqlari orqali Hindistonga sayohatini yozib qoldiradi.
Mavzu yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O’zbekiston tarixi. Toshkent. Sharq nashriyoti, 2000 y.

  2. B.Ahmedov «Tarixdan saboqlar». Toshkent. O’qituvchi nashriyoti 1994 y.

  3. M.Malikov «Xorazmlik ustalarning A.Temur davrida Samarqand qurilishlarida ishtirokiga doir». Toshkent. O’zbekiston 1996 y.

  4. Sh.Karimov, R.Shamsutdinov «Vatan tarixi». Toshkent. O’qituvchi, 1997 y.

  5. A.Ziyo «O’zbek davlatchilik tarixi». Toshkent. Sharq, 2000 y.

  6. A. Muhammadjonov «Temur va temuriylar saltanati». Toshkent 1994 y.

  7. «Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni» mavzuidagi xalqaro konferentsiya tezislari. Toshkent O’zbekiston, 1996 y.

  8. «Temuriylar bunyodkorlik davr manbalarida». Toshkent. A.Qodiriy nashriyoti, 1997 y.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin