Tarixiy o`lkashunoslikda yozma va arxiv manbalarining ahamiyati



Yüklə 48 Kb.
səhifə1/2
tarix04.11.2023
ölçüsü48 Kb.
#131110
  1   2
Tarixiy o`lkashunoslikda yozma va arxiv manbalarining ahamiyati


Tarixiy o`lkashunoslikda yozma va arxiv manbalarining ahamiyati


Reja:


1. Tarixiy o`lkashunoslikda yozma manbalarning ahamiyati va ularning turlari.
2. O`lkamiz tarixi to`g`risida dastlabki ma`lumotlar. (“Avesto”, boshqa fors manbalari, yunon-rim mualliflari asarlari, Xitoy manbalari).
3. Qadimgi yozuv yodgorliklari so`g`d, baqtriya va Xorazm yozuvlari.
4. O`rta asrlar davri arab va mahalliy mualliflarining asarlari.
5. Tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishda arxiv manbalarining ahamiyati. Arxivshunoslik to`g`risida umumiy ma`lumotlar.
6. Qadimgi va o`rta asrlar davri arxivlari.
7. Mustaqillik davrdagi arxiv hujjatlari.
8. Arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ularning foydalanish to`g`risida umumiy ma`lumotlar.

Ulka tarixini o`rganishda arxeologiya, etnografiya, yozma va moddiy madaniyat yodgorliklari bilan bir katorda arxivshunoslik, ya`ni arxiv xujjatlaridan foydalanishning axamiyati benixoya kattadir. Arxiv xujjatlarini kidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma`lumotlarni xayotga tadbik qilish bu juda murakkab ishdir. Arxivda tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, kolxoz, sov-xozlar, ayrim shaxslarning ko’p yillik faoliyatlari haqidaa ma`lumot va xujjatlar saqlanadi.


Yozma manbalar.
Yozma manbalar o`z navbatida ikki guruhga bo`linadi:
1.Rasmiy hujjatlar.
Oliy va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan hujjatlar-yorliqar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-hisob daftrlari, rasmiy yozishmalar.
2.tarixiy, geo-kosmografiya, hamda biografik asarlar “Zafarnoma”, Yoqut Hamaviy- “Mo``jam ul-buldon”, Abu Tohir xo`ja “Samariya”, Xudoyberdi ibn Qo`shmuhammad “Dili g`aroyib”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkarat ush-shuaro”, Bahouddin Hasan Nisoriy “Mazakkiri ahbob”, Mutribiy- “Xotiroti mutribiy”…
Ulka materiallaridan va uning asosiy manbalardan biri bulgan arxiv xujjatlaridan foydalanish metodikasi bilan shugullanish juda muhim axamiyatga ega.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida teran yangilanishlar jarayoni boshlandi. Ushbu mas`uliyatli bir davrda tarixni o`rganish, uni haqqoniy baholash tarixchilar oldiga katta mas`uliyatli vaziflarni qo`yadi. Vazifa yangi o`quv qo`llanmalarni, ma`ruza matnlarini va darsliklarini yaratishdan iborat.
Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasid arxiv materiallari, ayniqsa diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi ayniqsa muhimdir.
Arxiv so`zi bu lotincha “arxivium” –tushunchasidan olingan bo`lib, aslida-hukumat binosi-degan ma`noni anglatadi. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo`llanilishida “hujjatlar saqlanadigan maxsus bino”-degan mazmunni anglash kerak.
O`zbek davlatchiligi tarixida arxivlar yozuv bilan birga paydo bo`lgan. Qadimshunoslar ko`hna Tuproqqal`aga tegishli III-IV asr boshlariga oid boshqa hujjatlar topilgan. 1930 yilda Pnjikent shahri yaqinidagi Mug` tog`laridagi arxeologik manzillardan So`g`diyona davlatlriga tegishli Divashtich arxivi xarobalari topildi. Qazishmalar natijasida VIII asrga oid saqsonga yaqin so`g`d tilida hjjatlar saqlanganligi aniqlangan. IX-X asrlarga oid Somoniylar davlatining poytaxti Buxoroda Abu Ali ibn Sino foydalangan yirik arxiv-kutubxona bo`lgan. Keyingi davrlardagi davlatlarda, ayniqsa temuriylar davrida mahkamalarda hujjatlarni saqlashga birmuncha e`tibor berildi. Biroq so`nggi yillardagi xonliklar o`rtasidagi o`zaro urushlar natijasid ko`pgina arxiv hujjatlar yo`q qilib yuborildi.
Arxivshunoslik kursi tarix fanining boshqa yo`nalishlari o`lkashunoslik, manbashunoslik, tarixshunoslik, muzeyshunoslik va shu kabi kurslari bilan ham chambarchas bog`liq. Talabalar tarix fanining ushbu yo`nalishlari bilan tanishar ekan arxivshunoslik kursining nazariy asoslarini ham to`laroq tushuna boshlaydi. Lekin talaba uchun arxivshunoslik kursining hozirgi bosqichdagi nazariyasi va amaliyoti nihoyatda muhim bir kasbiy mavqeni egallaydi.
Bugungi taraqqiyotda har bir tashkilot o`z xizmati nuqtai-nazaridan faoliyat ko`rsatar ekan hujjatlarni ijod qilib, yaratibgina qolmasdan, chetdan o`ziga zarur bo`lgan axborotlarni hujjatlar vositasida qabul qilib ham oladi. Korxonami yoki shaxsning mana shunday faoliyati natijasida to`planadigan yozma ma`lumotlar-hujjatlar-fondi (jamg`armasi)ni tashkil etadi.
Ko`pchilik korxonalarda arxiv faoliyatini yuritish va arxiv ishini bajarish amaliyotidan xabardor bo`lmoqlikni shart qilib qo`yadi.
Universitet oliy ta`limini oluvchi talabalar uchun “Arxivshunoslik” kursi quyidagi 16 ta mavzudan iborat qilib o`tiladi. Arxiv ishi amaliyoti va tarixi kursini ikki bosqichga ajratish mumkin. Dastlabki oltita mavzu O`zbekiston davlatchiligi tarixida arxiv ishi tarixiga bag`ishlanadi, qolgan o`n mavzu arxivshunoslikning asosiy qismi arxiv ishi nazariyasi va amaliyotini yoritishga xizmat qildi.
Arxivshunoslik kursining vazifasi qo`yidagilardan iborat bo`ladi: hujjatlarning jamiyat hayotida tutgan mavqeini ochib berish; ishlab chiqarish yoki boshqa tashkilotlrda yozma ma`lumotnomalar bilan bevosita bog`liq ish yurituvchilarning hujjatlarni ilmiy soha uchun saqlash zarurligidagi mas`uliyat; O`zbekistonda rxiv ishi haqida tasavvurga ega qilish; joriy arxivlarning davlat arxivlarining faoliyatidagi muhim bosqich ekanligini ko`rsatish; talabalarni hujjatlarning ilmiy qimmatini ekspertizadan o`tkazishning usullaridan voqif etish; umuman arxivarus xizmati yoki o`zi uchun zarur bo`lganda arxiv hujjatlaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlari uchun foydalana olish.
SHunday qilib, arxiv ishining nazariy, metodik va tashkiliy tomonlarini ilmiy asosda o`rganuvchi, uning tarixini to`liq ochib berishga qaratilgan fan-arxivshunoslik deb ataladi.
Arxiv-bu arxiv hujjatlari majmui, shuningdek arxiv muassasasi yoki korxona, muassasa va tashkilotning arxivi hujjatlarini qabul qiluvchi, saqlovchi va ulardan foydalanuvchi tarkibiy bo`linmasi tushuniladi.
Arxiv hujjatlari-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo`lyozma va mashinada o`qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plenkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyodagi yozuvlarni tushunish kerak.
O`zbekiston Respublikasining “Arxivlar to`g`risida”gi Qonuni 1999 yil 15 aprelida qabul qilingan bo`lib, 21 ta moddadan iboratdir. Ushbu qonun rxivlarni shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari faoliyatini tartibga soladi.
Qonun O`zbekiston hududida mavjud bo`lgan barcha arxiv hujjatlarini to`liq qamrab olishga, O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini hisobga olish, ekspertiza qilish ro`yxatdan o`tkazish, butlash hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqbolda ravnaqi masalasi muhim o`rin tutadi. Zero, moddiy saboqlari; o`tmish tajribalarini arxiv materiallari asosida o`rganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor.
III. Sam DU da “Arxivshunoslik” fanini o`qitishda Toshkent Milliy universiteti tarix fakulteti olimlarining ya`ni o`quv dasturi tarix fakulteti yozma manbalar, arxiv va muzey fondlarini o`rganish hamda tadqiq etish, tarixnavislik markazi a`zolari tomonidan yozilgan, o`quv dasturidan foydalanib tuzildi.
Xuddi shuningdek, I.Alimov v.b. Arxivshunoslik. O`quv qo`llanma (Ibrohim Abdug`afforovich Alimov, Fatxulla Raimovich Ergashev, Abdurashid Bo`taevich Bo`taev) Mas`ul muharrir: O.Toshmuhamedov. I., Sharq, 1997-80 bet)ni tayyorladilar. Ushbu qo`llanma dastlabki harakat bo`lib, und keltirilgan arxiv ish nazariyasi ma`lumotlari bugungi kunda ancha boyigan bo`lib, talabalardan yangi ma`lumotlarni to`laroq bilishni talab etadi. Shu jihatdan Bosh arxiv boshqarmasi va Respublika atamashunoslik qo`mitsi tomonidan nashrga tavsiya etilgan “Hujjatlar”. Arxiv ishiga doir ruscha-o`zbekcha qisqacha izohli lug`at.-T., Qonunlar Bosh tahririyati, 1993 yilda nashr etilgani yordam beradigan bo`ldi.
Yuqoridagilardan tashqari Rudelson K.I., Dolgix V.I. Teoriya i praktika arxivnogo dela.-M., 1980; kabi Rossiya Federatsiyasida nashrdan chiqarilgan darsliklar ham arxivshunoslik fanini o`rganishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
30 oktyabr 1999 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Arxivlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida” 1999 yil 15 apreldagi 769-1-son qarorini bajarish maqsadida quyidagi 4 ta Nizomni qabul qilishi arxivshunoslik fanini o`rganishda yangilik bo`ldi:
1.O`zbekiston Respublikasi Milliy arxivi fondi to`g`risida Nizom;
2.O`zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi;
3.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi;
4.O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to`g`risidagi Namunaviy Nizom.
Hozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maqsadi bo`lajak tarixchilarni arxiv muassasalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topish metodikasi bilan tanishtirishga hamda ulardan ilmiy-tadqiqot yohud targ`ibot-tashviqot va amaliyot ishlarida foydalanishga o`rgatishdan iborat.
Albatta, arxiv materiallariga eng ko`p murojaat qiluvchilar-tarixnavislar, moziyshunoslardir. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotchilarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy taraqqiyot kontseptsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortayotir.
SHuningdek, arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o`zi tadqiq etayotgan muammo tarixini o`rganmoqchi bo`lgan muayyan soha tadqiqotchilari-iqtisodchilar, huquqshunoslar, adabiyotshunos va san`atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar sohasi vakillari ham kiradi. Bu jabh tadqiqotchilari uchun arxiv materiallari fan ufqlarini kengaytirish, uni yangi dalil-isbotlar bilan boyitish, jamiyat hayoti, insoniyat tafakkuri taraqqiyoti jarayonining turfa xil jihatlarini mutlaqo baholash bobida ma`lumotlar manbai bo`lib xizmat qiladi.
Xozirgi kunda O`zbekiston respublikasida juda ko’p arxivlar mavjud bulib, ularni shartli ravishda 2 guruxga bulish mumkin: muassa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz xududida faoliyat kursatayotgan markaziy va maxalliy boshqaruv organlari (vazirliklar, xokimiyatlar va boshqalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlari haqidaa joriy arxivlar mavjud.bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar ma`lum muddat saqlanadi. Shu boisdan bu arxivlarda saqlanayotgan xujjatlarning tarkibi uzgarib turadi. Belgilangan muddatdan sung muassasa arxivlaridagi xujjatlar davlat arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlari-ning faoliyati, bu arxivlarda saqlanayotgan xujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida xujjatlar turli muddatlar davomida saqlanadi. Xujjatlarning saqlanishi mazkur muassasalr faoliyati bilan boglikdir.
Davlat arxivlari shaxobchalari respublikaning ma`muriy tu-zilishi nizomida tashkil qilingan. Respublika davlat arxivlari tizismiga quyidagi arxivlar kiradi.
1. Korakalpogiston respublikasi va viloyatlar davlat arxivlari xamda ularning joylardagi organlari.
2. Respublika markaziy davlat arxivlari.
Xozirgi kunda korakalpagiston respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Kashkadaryo, Navoiiy, Namangan, Samarqand, Surxandaryo, Sirdaryo, Toshkent, Fargona, Xorazm viloyatlari Davlat arxivlari xamda toshknt shaxar davlat arxivi mavjud. Joylarda ularning filiallari faoliyat kursatib kelmokda. Fargona viloyat davlat arxivi fondlari, Fargona viloyati va Fargona shaxar tarixini qisman bir vaktlar Fargona viloyat tarkibiga kirgan Adijon va Namangan viloyatlari tarixini aks ettiradi. Margilon va Kukon shaxarlarida Fargona viloyat davlat arxivning organlari faoliyat kursatmokda. Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi uchta arxiv kiradi.
1. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi.
2. O`zbekiston Respublikasi ilmiy texnikaviy va meditsina xujjatlari markaziy davlat arxivi (1962 ymilda tashkil etilgan).
3. O`zbekiston Respublikasi kinofotofono xujjatlar markaziy davlat arxivi (1943 yilda tashkil etilgan)
Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi MDA saqlanayotgan kimmat baxo xujjatlarning soni va moxiyati jixatidan Urta Osiy respublikalari MDA ichida eng yirigidir. Unda 19 asrning ikkinchi yarimidan boshlab to xozirgi kunimizgacha bulgan juda ko’p sonli xujjatlar saqlanmokda. Arxivda Turkiston general gubernatorligiga karashli xozirgi O`zbekiston, Turkmaniston, Kirgiziston, Tojikiston va Kozogiston teretoriyasidagi viloyat-lar uezdlar, volostlar muassasa va korxona xamda xamda tashki-lotlarning tarixiy faoliyatlariga doir barcha xujjatlar manashu markaziy arxivda mujassamlashtiladi. Bu xujjatlarda Turkiston-da chor xukmmatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, Urta Osiyo xalqlarning sotsial iqtisodiy axvoli tarixi haqidaa ma`lu-motlar uchraydi. Arxivda turkiston o`lkasidagi chor xukumatining ma`muriy tashkilotlari faoliyatiga doir xujjatlar tulaligicha saqlanib turibdi. Akademik V. V. Bartolvning aytishicha bosib olingan joylardagi xonliklarning kutubxonalari va arxiv xujjatlarni saqlab qolish uchun xech qanday tadbirlar kurilmagan. Ular Urta Osiyo xalqlarining madaniyat va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolishga yetarli axamiyat bnrmaganlar. XIX asrning boshlaridan oldingi arxiv fondlari saqlanayotgan xujjatlar uchun tuzilayotgan kursatkich 8 bulimdan iborat.
1. Davlat ma`muriy boshqaruv organlari deb ataladi.
2. Uz-uzini boshqarish tashkilotlari va oliy martabali muassasalr deb nomlangan, unda Toshkent shaxar dumasi, shaxar boshqarmasi shaxar umumiy xujalik boshqarmasi, Samarqand va Yangi Margilon xujalik boshqarmasi va toshkent meshchanlar oksoqollar, tashkilotlarga doir xujjatlar markaziy arxivning 718, 37, 472, 473, 277, 286, 79 fondlariga joylashgan.
3. Sud va prokuror fondlari deb ataladi. Bu bulim uz navbatida uch bobdan ya`ni viloyat sudlari, okgrug sudlari va uezd sudlaridan iborat. Sud ijrosini janjalli ishlar komissiyasi xalq sudlari kozilar natariuslar haqidaagi xujjatlar bulib, ular 127, 134, 353, 178, 122, 504, 592, 593, 129, 133, 128, 132, 318, 130, 131, 278, 350, 150, 50- fondlarida saqlanmokda.
4. -bulimXujalik iqtisodiy tashkilotlar, muassasalar va korxona-lar deb ataladi. U yetti bobdan iboratdi.
5.-bulim «Ilmiy va madaniy muassasa va tashkilotlar» deb nomlangan.
6.-bulim «Jamoa tashkilotlari» deb nomlangan va bu bulimgi tegishli xujjatlar 596, 27, 81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490, 279-fondlarida saqlanmokda.
7-bulim «Diniy nazorat fondi» deb nomlangan va bu xakdagi ma`-lumotlar, arxivning 182, 85 fondlarida saqlanmokda.
8-bulimni «Kartotekalar va adabiyotlar» tashkil etadi
O`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri xisoblangan arxivshunoslik Vatan tarixini, shu jumladan uz o`lkasining tari-xini xar tomonlama va chuqur o`rganishda talabalarga katta yordam bera-di.
SHuni takidlab utish kerakki respublikamizning xamma tuman va viloyatlarida davlat arxivlari mavjud, rayon arxivlari uz kuli ostidagi barcha muassasa va tashkilotlardagi davlat axamiya-tiga ega bulgan xujjatlarni yigib oladi va ma`lum muddatdan sung VDA lariga, ular esa uz navbatida respublika davlat arxivlariga yoki boshqarmaning vazirliklariga ular xam uz navbatida bir qancha muddat saqlaganlaridan sung, UzRMDA ning konun koidalariga rioya kilgan xolda xujjatlarni tayyorlab, sung UzRMDA ga topshiradi. O`zbekiston UzRMDAdagi xujjatlar uz axamiyatiga karab bir umr yo bir necha yil saqlanadi yoki yokib tashlanadi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin