2.9 Tarmoqda ma’lumotlar bazalari arxitekturasi
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash amaliy dasturlari arxitekturasi
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun har xil tillarda amaliy dasturlar yaratish xususiyatlarni ko‘rishdan oldin, bu amaliy dasturlarni loyihalashni ko‘rib chiqish kerak. Biz kontseptual tushuncha ya’ni ma’lumotlar bazasini dasturlash asosida yotadigan klient/ server arxitekturasini ko‘rib chiqamiz. Bu masalalar MySQL va mSQL da dasturlash uchun muxim, lekin faqat ularga xos emas. Aksincha ular ma’lumotlar bazalarini dasturlash ixtiyoriy muxiti uchun muximdir. Agar arxitektura printsiplarini hisobga olmasa, sizni amaliy dasturlaringiz talablaringizga javob berolmaydi va o‘zgaruvchi muxitga moslasha olmaydi. Biz quyida murakkab mavzularga ya’ni oddiy tkki bo‘g‘inli arxitektura, ob’ektlar va relyatsion ma’lumotlar orasidagi munosabat, hamda yangi uch bo‘g‘inli klient/server arxitekturasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: |