Tarvuz navlari Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi



Yüklə 455,62 Kb.
səhifə2/4
tarix15.12.2022
ölçüsü455,62 Kb.
#121129
1   2   3   4
Tarvuz navlari Tarvuz yetishtirishning innovatsion texnologiyasi

Parvarishlash. Agar urug‘ nam tuproqqa ekilsa nihollar unib chiqquncha sug‘orish talab etilmaydi. Tarvuz ekinini asosiy parvarishlash ishlari o‘simliklarni yagonalash, tuproqni yumshatish, ekinni oziqlantirish, chopiq qilish, sug‘orish, palaklarni to‘g‘rilash, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashishni o‘z ichiga oladi. Yaganalash ikki bosqichda – birinchisi o‘simlik chinbarg chiqarganda, ikkinchisi chopiq vaqtida o‘tkaziladi.
Nihollar yalpi unib chiqqandan keyin qator oralarini yumshatishga kirishiladi. Nihollar unib chiqqandan 20-25 kun o‘tkazib, ya’ni ularda 2-3 ta chinbarg paydo bo‘lganidan keyin ekin birinchi marta chopiq qilinadi, dastlabki suv beriladi, oziqlantiriladi. Ikkinchi chopiq birinchisidan 25-30 kundan keyin o‘tkaziladi. Vegetatsiya mobaynida qator oralari 4-5 marta chopiq qilinadi.
O‘g‘itlash. Tarvuz uchun 1 sotix yerga sof holda 0,750 g azotli, 0,750 g fosforli va 0,500 g kaliyli, organik o‘g‘itlardan 300-400 kg solinadi. Bo‘z tuproqli yerlarda o‘suv davrida ekinni har gal 1 sotixga 4-5 m3 me’ѐrda 8-9 marta sug‘orish kifoya. Sizot suvi yuza joylashgan dalalarda o‘simliklar bo‘z tuproqli yerlarga qaraganda kamroq (4-5 marta) sug‘oriladi.
Sug‘orish. Tarvuz ildizlari juda kuchli o‘sib tuproqning 3, hatto 5 metr chuqurlikdagi qatlamigacha taraladi, diametri esa 8–10 metrga boradi. Shuning uchun ham tarvuz qurg‘oqchilikka o‘ta chidamliligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Chunki ularda ildiz tukchalarning so‘rish kuchi yuqori bo‘lib, tuproq uncha nam bo‘lmasa ham mavjud namdan foydalanish qobiliyatiga ega. Shu sababli tarvuz suv bug‘lantiradigan barg shapalog‘ining kattaligiga qaramay Markaziy Osiѐning lalmi yerlarida bemalol o‘sib, yaxshi hosil beraveradi. Qurg‘oqchilikka chidamliligi jihatdan tarvuz birinchi o‘rinda turadi.
Tarvuz qurg‘oqchilikka juda chidamli bo‘lishiga qaramay yurtimiz sharoitida sug‘orib parvarishlash kerak. Biroq haddan tashqari sernam tuproq tarvuz ekiniga salbiy ta’sir etadi. Sernam tuproqda mevadagi qand moddasi kamayadi, po‘sti qalinlashadi, har xil zamburug‘ kasalliklariga, jumladan fuzarioz-so‘lish kasaliga chalinadi.
Bo‘z tuproqli yerlarda o‘suv davrida har gal gektariga 400-500 m3 hisobidan 8-9 marta sug‘oriladi. Sizot suvi yuza joylashgan dalalarda esa bo‘z tuproqli yerlarga qaraganda kamroq, 4-5 marta sug‘oriladi. O‘suv davrida tarvuz palagini suv bilan bir tekis ta’minlash hosilni oshirish garovidir.
Maysalar ko‘ringandan keyin birinchi chopiqqa qadar ekinlar 1-2 marta sug‘oriladi. Birinchi chopiq tugallangandan keyin ekin 20-25 kungacha suvdan qantariladi. Bu davrda o‘simlik ildizini chuqurroq taralishiga zo‘r beradi, chopiqda ildizi kesilgan begona o‘tlar tezroq quriydi va nihoyat palakning naychalashi-meva tugishi tezlashadi. Navbatdagi suv ikkinchi chopiq oldidan beriladi.
Shundan keyin tarvuz ekini hosil to‘plashga kirishadi va ularning suvga talabi oshadi. Binobarin, bu davrda har 10-12 kunda sug‘orib turish kerak. Tarvuz pisha boshlashi bilan suv kamroq beriladi. Hosil yetilganda sug‘orish to‘xtatiladi, aks holda qand moddasi kamayib uzoq saqlashga yaramay qoladi.

Yüklə 455,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin