Tasavvuf va adabiyotining diniy-falsafiy asoslari


-mavzu. Tasavvuf va falsafa



Yüklə 458,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix27.04.2023
ölçüsü458,05 Kb.
#125952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
4-курс-Тасаввуф-ва-тасаввуф-адабиёти-

9-mavzu. Tasavvuf va falsafa
Tasavvuf rivojida olamni anglash, dunyoqarash tomonning rivoji. Dunyoning yaratilishi, odam va
olam munosabati masalasida din, falsafa va tasavvuf. Olami kubro va olami sug‘ro nazariyasi. Ibn Arabiy
faoliyati, asarlari va qarashlari. Vahdat ul-vujud falsafasi. Panteizm va tasavvuf falsafasi. Vahdat va kasrat
olami. Olami jabarut, olami malakut, olami mulk va badan olami. Ko‘ngil masalasi. Ruh va vujud. Mutlaq ruh
tushunchasi. Olam - mutlaq ruh (Haq taolo) ko‘zgusi. Tajalliy nazariyasi. Dunyo Xudoning sifatlari va
ismlaridan iborat. Inson ruhining taraqqiy etib, Mutlaq Ruhga qo‘shilishi.
Vahdat ul-shuhud - inson Alloh nurining mujassami. Allohni inson orqali tanish. Inson - Xudo
vujudining guvohi.
10-mavzu. Tasavvufda komil inson tushunchasi
Tasavvufda ruhiy-ma’naviy kamolot. Inson taraqqiyotining cheklanganligi va cheksizligi haqida bahs.
Kamolot martabalari va valilik tushunchasi. Hakim Termiziy ta’limoti. Abdol, ahror, avtod, abror, chilton, qutb
martabalari. Karomat xislati. Tush ko‘rish va bashorat qilish, nazar va nafsning o‘tkirligi. Aziziddin Nasafiy
qarashlari.
Komil inson - valilikning oliy darajasi. Komil insonga ta’rif: u jami zohiriy va botiniy, dunyoviy va
uxraviy ilmlarning jamuljami, bashariylikdan ilohiylikka ko‘tarilgan zot. Ruhiy kudrat va jismoniy qudrat.
Komil inson sifatlari. Komil inson odamlar xizmatida. Komil inson axloqi boshqalarga ibrat va namuna,
kishilar intiladigan mash’al. Komil inson sufiyona adabiyot ideali.
11-mavzu. Tasavvuf va badiiy ijod
Sufiy so‘zining kelib chiqishi. Sufiyga ta’rif. Tasavvufda qalb va ishq masalasi. Sufiylarning adabiyot
namunalaridan foydalanishlari. Sufiy ruhiyati bilan ijod ahli ruxiyati yaqinligi: jazba va ilxom.
Tasavvuf g‘oyalari va gumanistik adiblar ijodi. Ilohiy ishqni kuylash va bu orqali eng ezgu, eng xalqchil
va armonli g‘oyalarni ifodalash. Tasavvuf adabiyotining tashkil topishi (shakllanishi). Tasavvufda da’vat va
unda she’riyatning roli (Ahmad Yassaviy misolida). Nasihat adabiyoti estetikasi. Umuman tasavvufning
go‘zallik haqidagi qarashlari. Mutlaq xusn, Mutlaq jamol va Mutlaq kamol.

Yüklə 458,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin