8. Jamiyatda ichki nazorat tizimi kuyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- uzluksiz ishlash (ichki nazorat tizimining doimiy va to'g'ri ishlashi Jamiyatga me'yorlardan har kanday og'ishlarni o'z vaktida aniqlash va kelajakda ularning paydo bo'lishiga yul kuymaslik imkonini beradi);
- ichki nazorat tizimidagi barcha ishtirokchilarning xisobdorligi (har bir shaxs tomonidan nazorat funktsiyalarini bajarish sifati ichki nazorat tizimining boshqa ishtirokchisi tomonidan nazorat qilinadi);
- vazifalarni taqsimlash (Jamiyat nazorat funktsiyalarining takrorlanishiga yul kuymaslik uchun harakat qiladi va ushbu funktsiyalar xodimlar o'rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, aynan bir shaxs o'zida muayyan aktivlar bilan operatsiyalarni tasdiqlash, operatsiyalarni xisobga olish, aktivlarning xavfsizligini ta'minlash va ularni inventarizatsiya qilish bilan bog'lik funktsiyalarni birlashtirmasligi lozim);
- bitimlarni kelishish va to'g'ri tasdiqlash (Jamiyat vakolatli shaxslar tomonidan o'z vakolatlari doirasida barcha moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarini tasdiqlash tartibini belgilashga intiladi);
- kundalik ichki nazoratni amalga oshiradigan jamiyat bo'linmasining Jamiyat to'zilmasida alohida bo'linishini va uning bevosita Kuzatuv kengashi oldida funktsional javobgarligini ta'minlash;
- jamiyatda ishlaydigan barcha ichki nazorat sub'eklarning nazorat funktsiyalarini to'g'ri bajarish buyicha javobgarligi;
- doimiy rivojlanish va takomillashtirish (Jamiyat ichki nazorat tizimini moslashuvchan ravishda sozlash uchun sharoit yaratib berishga intiladi, shunda u yangi muammolarni hal qilish, tizimni kengaytirish va takomillashtirish zarurligini xisobga olgan xolda moslashtirishga intiladi);
- og'ishlar to'g'risida o'z vaktida xabar berish (Jamiyatda og'ishlarni bartaraf etish to'g'risida qaror qabul qilishga vakolatli shaxslarga tegishli ma'lumotlarni uzatish uchun eng kiska vakt belgilab kuyiladi);
- nazorat o'rnatilgan Jamiyat faoliyatining yunalishlari ustuvorligini aniqlash ( ichki nazorat tizimi kambrab oladigan strategik yunalishlar belgilab olinadi).