"Tasdiqlayman " O'ibd o'rinbosari



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə12/21
tarix08.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#131248
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
dars texnologiyasi DAN

Yoqlari markazlashgan kub panjara. Element uyada 14 ta atom joylashgan bo'lib, 8 ta atom kub uchlarida, 6 ta atom esa kub tomonlari markazlarida joylashgan. Bunday kristall panjara aluminiy, qo'rg'oshin, oltin, nikel va boshqa metallarga xos.

  • Geksagonal panjara (oltl yoqli prizma). Metall atomlarining 12 tasi prizma burchaklarining uchida, 3 tasi esa prizmaning o'rta ko'ndalang kesimida, 2 tasi prizmaning yuqori va ostki yuza markazlarida joylashgan. Bunday metall panjara magniy, rux, titan va boshqa metallarga xos.

    Metallarning xossalari kristall panjara xiliga, atomlarining diametriga hamda atomlar orasidagi masofaga qarab o'zgaradi. Kristall moddalarning atomlari fazoviy panjaraga ma'lum tartibda joylashgan, bu moddalar muayyan erish haroratiga ega bo'ladi.
    Kristall moddalarga barcha mctallar va ularning qotishmalari misol bo'ladi.
    Kristall moddalarning fazoviy panjarasida atomlar bir tekis va ma'lum tartibda joylashadi, bunda ularning xossalari bar xil bo'ladi, chunki atomlar orasidagi masofa o'zgaradi.
    Elementlar atomlarining o'lchamlari juda kichik. ularni o'lchash uchun angstrem birligi ishlatiladi.
    1 A = 0,00000001 sm.
    Kristall panjarani tashkil etgan atomlar markazlari orasidagi masofa qiymati ham juda kichik bo'ladi. Har bir metall o'ziga xos kristall panjaraga ega.
    Atomlarning muayyan tartibda joylashuvi natijasida hosil bo'ladigan geometrik jihatdan to'g'ri shakl, butun kristall yoki monokristall deb yuritiladi.
    Butun kristall uni o'sishiga biror tashqi qarshilik ko'r-satilmagan taqdirdagina hosil bo'ladi. Odatda. kristall soviyotgan suyuq metall ichida sodir bo'la boshlaydi. Metall qotgan sari unda o'sayotgan boshqa kristallar shakllangan kristallarning to'g'ri shaklini buzib yuboradi, natijada kristallar donlarga o'xshab qoladi. Demak, tashqi shakli noto'g'ri kristall donlar deb ataladi. Donlar ichida atomlar muayyan tartibda joylashganicha qoladi.
    Kristall jismlar atomlarining turli tekisliklarda turlicha zich-likda joylashuvi anizatropik xossa deb aytiladi.
    Metallarning kristallanish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo'lib, kristall markazlarining hosil bo'lishi va hosil bo'lgan markazlar atrofida kristallarning o'sishidir. Kristallarning hosil bo'lish jarayonini o'rganish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki metallarning xossalari donlarning shakliga, joylashishiga va kattaligiga bog'liq. Demak, metallarning suyuq holatdan qotish holatga o'tish jarayoni, atomlarning to'g'ri tartibda joylashishi (kristall panjara hosil bo'lishi) dan iborat.
    Kristall jismlar ma'lum bir haroratda suyuq holatdan qattiq holatga yoki, aksincha, qattiq holatdan suyuq holatga o'tadi. Bu harorat, mos ravishda, erish nuqtasi yoki qotish nuqtasi deb ayti­ladi.
    Suyuq metallning qattiq holatga o'tish jarayoni birlamchi kristallanish deb ataladi.
    Ba'zi bir metall va qotishmalarda kristallanish jarayoni tugagandan keyin ham ularning tuzilishida o'zgarishlar davom etadi. Bu jarayon ikkilamchi kristallanish deb aytiladi.
    Qattiq holatdagi metall tuzilishida yuz beradigan o'zgarishlar allotropik o'zgarishlar deyiladi.
    Ikkilamchi kristallanish jarayoni shundan iboratki, malum haroratda metallning kristall panjarasi o'zgaradi. Bu o'zgarish vaqtida atomlar qayta guruhlanib, yangi kristall panjara hosil qiladi. Ikkilamchi kristallanish vaqtida metall xossalarining o'zgarishiga sabab mana shundan iborat. Bunday o'zgarishlarni metallarga termik ishlov berish jarayonida kuzatish mumkin.

    Yüklə 1,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin