3. Po’lаt ishlаb chiqаrish. Po’lаt hаqidа tushunchа.
Po'lat - tarkibida 1,3% gacha С bo'lgan temir-uglerod qotishmasi. U cho'yarmi marten yoki Elektr pechlarida va konvertorlarda suyuqlantirib olinadi. Po'latni suyuqlantirib olishda cho'yandan uglerodning bir qismi va oltingurgut, fosfor kabi qator boshqa elementlar chiqib ketadi.
Po'lat puhta, plastik va qattiq bo'Hb, yaxshi payvandlanadi, bolg'alanadi va oson ishlanadi.
Qattiq po'latda uglerodning miqdori 0,3% dan 1,7% gacha bo'ladi.Yumshoq po'latda 0,3% gacha uglerod bo'ladi.Tez sovitilganda u qattiq, sekin sovitilganda-yumshoq bo'ladi.Yumshoq po'latga ishlov berish oson.Undan mix, boltlar, sini, tomga yopadigan tunuka, mashinalarning detallari
tayyorlanadi. Qattiq po'latdan asboblar yasaladi.Po'lat ishlab chikarishda sodir buladigan jarayonlar ancha murakkab.Chunki kislorod suyuq cho'yanga tekkanda fakat qo'shimchalarni emas balki temirning uzini xam oksidlaydi.
Kremniy va fosfor oksidlarini yuqotish uchun qayta ishlanadigan cho'yanga oxak kushiladi, natijada ular po'lat yuzasiga shlak tarzida qalqib chiqadi.Oksidlanish reaktsiyalari tugagandan keyin po'latda ,odatda ma'lum mikdorda temir(II) oksid koladi, u po'latning sifatini buzadi. Uni yukotish uchun suyuqlantirilgan po'latga oksidlantiruvchilar deb ataluvchi moddalar, masalan ferromarganets kushiladi.
FeO + Mn → Mn + Fe
Marganets oksid esa kremniy (IV) oksid bilan reaktsiyaga kirishadi:
MnO + SiO2→MnSiO3 Marganets silikat shlak xolida chiqarib tashlanadi.
Cho'yanni po'latga aylantirishning bir necha usuli mavjud. Ularning xammasi xam oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasiga asoslangan.Cho'yanni qayta ishlab po'latga aylantirishning asosiy usullari Marten, Konvertor va Elektrotermik usullaridir.
Marten usulida po'lat olish Marten usulida jarayon alangali regenerativ pechlarida olib boriladi Yuqori sifatli po'latlarni ishlab chiqarishda sigimi 10-500-900 tonnalik marten pechlaridan foydalanish yaxshi natija bermokda.Frantsuz P. Marten tomonidan taklif qilingan bu pechning ilk namunasi 1880 yil Rossiyada dolomit gishtlaridan qurib bitirildi.Xozirda pechning devorlari o'tga chidamli gishtlardan , xrom-magnezitli
gishtlardan teriladi.Suyuq metallni ushlab turuvchi qismi sferik shaklda bo'lib, uzunligi va enini qattiq materiallarni yuklash tuynuklariga moslab aniqlanadi. Zamonaviy 500 tonnalik pechning uzunligi 19 metrni, eni 5,8 metr, chukurligi 1 metrni tashkil etadi.
Marten pechlarining qulayliklaridan biri uning turli yoqilgi va xom-ashyolarda ishlashidir. Skrab va skrab-rudali jarayonlarni farklash lozim bo'ladi.
Skrab jarayon - shixta tarkibida 60-70% po'lat lom va 30-40% qattiq cho'yan bo'ladi.Skrab-rudali jarayon -shixtaning tarkibi 20-50% skrapdan va 80-50% suyuq cho'yandan iborat bo'lganda aytiladi.Suyuq cho'yanni pechga maxsus tuynuklardan qattiq materiallar eriy boshlagan paytda kuyiladi. Natijada erish protsessi tezlashadi va kremniy, marganets, fosfor kabi qo'shimchalar oksidlana boshlaydi.