Metallarning xossalari Metall va qotishmalardan tayyorlangan detallarning ishlatili-shiga qarab ularga turlicha talablar qo'yiladi.
Metallarning xossalari quyidagilardan iborat:
1) fizik xossalar; 2) kimyoviy xossalar; 3) mexanik xossalar; 4) texnologik xossalar.
Metallarning fizik xossalari ularning rangi, solishtirma og'ir-ligi, elektr o'tkazuvchanligi, magnit xususiyati, issiqlik o't-kazuvchanligi, issiqdan kengayishi, issiqlik sig'imi va boshqalardir.
Metallarning kimyoviy xossalari ularning oksidlanishi, eruvchanligi, korroziyaga chidamliligi va boshqalardir.
Metallarning mexanik xossalari ularning mustahkamligi, qattiqligi, egiluvchanligi va boshqalardir.
Metallarning texnologik xossalari ularning quyiluvchanligi, kesiluvchanligi, payvandlanishligi, bolg'alanuvchanligi. tob-lanuvchanligi, oquvchanligi va boshqalardir.
Metallarning fizik xossalari Metallarning rangi shaffof bo'lmaydi. Har bir metall o'ziga xos yaltiroqlikka va rangga ega. Mis — qizil, rux — kulrang, temir — kumushsimon va hokazo.
Solishtirma og'irligi — moddaning hajm birligiga to'g'ri ke-ladigan massasining miqdori bo'lib, u quyidagicha aniqlanadi:
γ= P/V(gr/sm3).
Metallarning solishtirma og'irligi D. I. Mendeleyev davriy sistemasida berilgan.
Erish harorati.Metallarning batamom suyuq holga o'tadigan harorati erish harorati deb ataladi. Har qaysi metallning erish harorati jadvallarda berilgan.
Issiqlik o'tkazuvchanlik. Metallarni qizdirganda yoki sovitganda o'zidan issiqlikni qanchalik tezlik bilan o'tkazishi issiqlik o'tkazuvchanlik deb ataladi. Metallarning issiqlik o'tka-zuvchanligini taqqoslash uchun shartli belgilardan foydalaniladi, bu metallarning issiqlik o'tkazuvchanligi koeffitsiyenti bilan ifodalanadi. Misol uchun (koeffitsiyent miqdori) mis uchun 0,9; aluminiy uchun 0,5; temir uchun 0.15; simo'o uchun 0,02. Issiqlikni o'zidan yomon o'tkazadigan metallning to'la qizishi uchun ularni uzoq vaqt qizdirish talab etiladi. Bunday metallar tez sovitilganda yorilib ketishi mumkin. Metallarni termik ishlaganda ularning ana shu xususiyatini hisobga olish zarur.
Amaliyotda radiatorlar va elektr asboblarning detallari issiqlikni yaxshi o'tkazadigan metallardan tayyorlanadi.