"Tasdiqlayman " O'ibd o'rinbosari



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə16/21
tarix08.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#131248
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
dars texnologiyasi DAN

Bolg'alanuvchanlik. Metall va qotishmalarning bolg'alash, shtamplash va prokatlash vaqtida o'z shaklini yemirilmay o'zgartira olish xususiyati bolg'alanuvchanligi deb ataladi. Metall yoki qotish-ma bosim bilan ishlanganda qanchalik yuqori darajada deforma-tsiyalanib, bu deformatsiya uchun zarur bo'lgan kuch qanchalik kichik bo'lsa, uning bolg'alanuvchanligi shunchalik yuqori bo'ladi.
Payvandlanuvchanlik. Metall va qotishmalarning payvandlashda puxta va zich birikma hosil qila olish xususiyati payvandlanuvchanligi deb ataladi. Payvand chokning mexanik xossalari qanchalik yuqori, uning strukturasi qanchalik bir jinsli, payvandlash vaqtida g'ovaklar va boshqa nuqsonlar qanchalik kam hosil bo'lsa, payvand-lanuvchanligi shunchalik yuqori bo'ladi.
Kesib ishlanuvchanlik. Vaqt birligi ichida yoki ma'lum ish sarf qilinganda eng ko'p yo'nib tushirilgan qirindi og'irligi bilan baholanadigan miqdor kesib ishlanuvchanlik deyiladi. Metall va qotishmalarning texnologik xossalarini aniqlash uchun ular turli usullar bilan sinab ko'riladi. Texnologik sinovlarning o'tkazish usullari murakkab bo'lmaydi va kuzatiladigan xossalari aniq o'lcha-shni talab etmaydi. Texnologik sinovlarning ba'zilari standartlashtirilgan, ya'ni ular muayyan qoidalar asosida o'tkaziladi.
Mаshinа dеtаllаrini tаyyorlаshdа ulаrni sinаsh, cho’zilishdаgi mustаhkаmlik chеgаrаsi, qаttiqlikkа sinаsh, zаrbiy qоvushqоqlikkа sinаsh.

bu yerda, F0 - namunaning sinashdan oldingi ko'ndalang qirqim yuzi; F - namunaning «bo'yin» qismining qirqim yuzi.
Metallarning qattiqligini sinash. Metallning o'z sirtiga undan qattiqroq jismning botishiga qarshilik ko'rsatishi shu metallning qattiqligi deb ataladi.
Metallarning qattiqligini bilish shu metallni qirqib ishlovchilarga zarurdir, chunki metallni qirqib ishlash, asosan, uning qattiqligiga bog'liqdir; qirqib ishlash rejimlari ham metallning qattiqligiga ko'ra aniqlanadi. Texnikada metallaraing qattiqligini aniqlashning bir necha usuli bor, bu usullar orasida Brinell va Rokvell usullari keng tarqalgan.
Brinell usuli. Bu usul toblanmagan metallarning qattiqligini aniq-lashdagina qo'llaniladi. Qattiqligi aniqlanishi kerak bo'lgan metall­ning xiliga va uning qalinligiga qarab diametri 2,5; 5 va 10 mm li toblangan po'lat zoldir sinaluvchi namunaga 1 87 kg, 750 kg va 3000 kg kuch bilan ma'lum vaqt ichida asta-sekin botiriladi, natijada sinala-yotgan yuzaga po'lat zoldirning izi tushadi, bu izning diametriga ko'ra metallning qattiqligi aniqlanadi. 1 3-rasmda Brinell mexanik pressining sxemasi va unda metallarning qattiqligini aniqlash usuli tasvirlangan.
Agar zoldirning sinaluvchi metallga tushgan izi yuzini F bilan belgilasak, metallning Brinell bo'yicha qattiqligini quyidagi formula bilan ifodalashimiz mumkin






Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin