2.Dоmnа pеchi tuzilishi. Dоmnа pеchi mаhsulоti
Domna pechi balandligi 30m, kengligi 6m va ichki qismi o'tga chidamli gishtdan iborat.Yukori kismi «shaxta», yukori tuynugi «kafoshnik», keng kismi «raspar» va tubi «gorn» deyiladi.
Domnaga koloshnik orkali boshlangich materiallar solinadi.Kumirning yonishi va zarurii temperarurani saklab turish uchun gorndagi maxsus teshsh orkali kislorodga boyitilgan xavo (600-800°S) puflanadi.Koks yonadi:
C+O2=CO2
Uglerod (IV) oksid koks chugi orkali utib, uglerod(II) oksidga aylanadi: Uglerod (II) oksid asta-sekin rudani qaytaradi, 450-500°C temperaturada SO gazi yuqoriga chiqa boshlaydi va Fe2O3 ni qaytaradi:
3Fe2O3 +CO = 2Fe3O4 + CO2 ↑
600°Cda Fe3O4 temir (II) oksidga kadar qaytariladi:
Fe3O4 + CO =3FeO +CO2 ↑
Taxminan 700°Cda temir (II) oksid erkin metallga qadar qaytariladi:
FeO + CO = Fe + CO2 ↑
Rudadan temir qaytarilishi taxminan 1100°C da tugayai.Bu xaroratda rudada kushimchalar xolida bulgan kremniy (Si), marganets (Mg) va fosfor (P) o’zlarining birikmalaridan qisman kaytariladi. Qaytarilgan temir asta-sekin pastga(rasparga) tusha boshlaydiva suyuk xolga utib, 18 00° S da koks xamda uglerod(P) oksid bilan tuknangib suyuk Cho'yan (temir karbid) ni xosil qiladi: Suyuq Cho'yan bilan shlak okib gornga tushadi, bunda shlak yengil bo'lganligi sababli chuyayushng ustida tuplanadi v a uni kislorodning ta'siridan saqlaydi.Cho'yan bilan shlak turli balandlikda joylashgan teshiklardan chiqarib olinadi.
Domnadan chiqayotgan gaz kaloshnik gazi yoki domna gazi deyiladi. U ning tarkibida 30% gacha uglerod (II) oksid, azot, uglerod(CO) oksid bo'ladi. Undan maxsus inshootlarni- domnaning xavo qizdirgichlarini (kauperlarni) qizdirish uchun foydalaniladi; domnaga beriladigan xavo kauperlarda 600-800 °C gacha qiziydi.
Domnada suyuklantirilgan Cho'yan tarkibida 90% atrofida temir, 4,5% gacha uglerod, kremniy 0,5-2%, marganets 1-3%, fosfor 0,02-2,5% va oltingurgut 0,005-0,08% bo'ladi.
Cho'yan mo'rt, bolgalanmaydi va prokatka qilinmaydi, Cho'yanning ikki xili: Oq Cho'yan va Kulrang Cho'yan ishlab chiqariladi.
Oq Cho'yanda uglerod, asosan sementit tarkibida bulib, «Fe-C» arapashmasi suyuklanmasini tezlik bilan sovutish tufayli xosil buladi, sirti ok. Bu Cho'yan yukori bosimli sharoitlarda ishlovchi detallar tayyorlashda va pulatga aylantirish uchun inshatiladi.Uning qattiqligi yuqori (HB 550 gacha) va mo'rt.Undan ko'p yeyilish sharoitlarida ishlaydigan detallar (tegirmon va drobshka sharlari, kombayn yulduzchalari va x. k.) quyib yasaladi.
Kulrang Cho'yan singan joyining rangi kul rang bulganligidan shu norn bilan ataladi.Singan joyga kul rangini grafit beradi.Kul rang Cho'yan uchun kremniy grafitizator rolini uynaydi.Kremniy mikdoriga karab strukturasi jixatidan uch turdagi: Ferritli, ferrit-perlitli va perlitli kul rang Cho'yan xosil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |