Fe – Fe3C sistemasi holat diagrammasining pastgi chap qismi.
Diagrmmaning bu qismi va I, II hamda III qotishmalarning sovish egri chiziqlari 28 –
rasmda tasvirlangan. Tarkibidagi uglerod miqdori x% bo’lgan I qotishmani olaylik. I
qotishma sovitilganda GS chizigidagi 1 nuqtada austenitdan ferrit ajralib chiqa boshlaydi. Ma’lumki, α temirda uglerod kam eriydi shu sababli qotishma sovitishda davom ettirilganda ferrit ajralib chiqa borgani qolgan austenitga tobora boyiydi.
Demak, austenitning konsentratsiyasi, ya’ni tarkibidagi uglerod miqdori GS chizigi
buylab o’zgaradi.
1 nuqta bilan ikki nuqta orasidagi, masalan, a nuqtadagi qotishma ferrit bilan austenitdan iborat bo’ladi. a nuqtadagi ferrit va austenit miqdorlarini kesmalar qoidasidan foydalanib topish mumkin, buning uchun a nuqtadan konoda (bas chizigi) o’tkaziladi.
Qotishma 2 nuqtagacha sovitilganda 2 nuqtadagi austenit tarkibidagi uglerod miqdori S nuqtadagi kabi, ya’ni 0,8% bo’lib qoladi. Shundan keyin, o’zgarmas (727oS) temperaturada austenit perlitga aylana boradi. Bu xodisa I qotishmaning sovish egri chizigida 2-21 aylanadi.
Fe-Fe3C sistemasi holat diagrammasining ung qismi. Diagrammaning bu qismi va I, II hamda III qotishmalarning sovish egri chiziqlari tasvirlangan.
Tarkibida 2,14% dan ortiq uglerod bo’lgan qotishmalarning birlamchi kristallanishiga xos xususiyat shundan iboratki, bu qotishmalarda kristallanish 1147oS da evtektik o’zgarish bilan tugallanadi.
Tarkibida 4,3% uglerod bo’lgan suyuq qotishma sovitilganda undan ikkita qattiq faza –tarkibida uglerod miqdori 2,14% bo’lgan austenit hamda sementit hosil bo’ladi. Austenit bilan sementit aralashmasining ledeburit deb atalishiga sabab, 1147oS da jarayon ledeburit hosil bo’lishi bilan tugaydi.
Tarkibida 2,14% ortiq uglerod bo’lgan qotishmalar cho’yan deb ataladi.
Fe-Fe3C sistemasida uglerod kimyoviy birikma (Fe3C) tarkibiga kirgan holda bo’ladi va tarkibida 2,14% dan ortiq uglerod bo’lgan qotishmaning siniq joyi yaltiroq ok tusda ko’rinadi, shuning uchun bunday qotishmalar oq cho’yan deyiladi.
Тarkibida 4,3% dan kam, ammo 2,14% dan ortiq uglerod bo’lgan qotishmalar evtektikagacha bo’lgan cho’yanlar deb, tarkibida 4,3% uglerod bo’lgan qotishma evtektik cho’yan deb, tarkibida 4,3% ortiq uglerod bo’lgan qotishmalar esa evtektikadan keyingi cho’yanlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |