Ishtirokchilar va qatnashuvchi tashkilotlar Musobaqalarda qatnashish uchun qaysi tashkilotlar va ishtirokchilaming qanday yosh guruhlariga ruxsat berilishi, trenerlar va vakillaming son tarkibi ko‘rsatiladi. Bu ko‘rsatgichlar har bir jamoadan musobaqaga ishtirok etish talabnomasida ko‘rsatiladi.
Musobaqalarni o‘tkazish shartlari va tartibi Musobaqalarni o‘tkazish xususiyati va usullari musobaqalarni o‘tkazish shartlari va tartibida ko‘rsatiladi. Kunlar bo‘yicha musobaqalar dasturi va turli vazn toifalaridagi bellashuvlar jadvali oldindan belgilanadi. Shaxsiy, shaxsiy-jamoaviy va jamoaviy
musobaqalarida musobaqani o‘tkazish tizimi belgilanadi. Egallangan o‘rinlar uchun ochkolarni berish tartibi tavsiya qilinadi.
Talabnomalarni berish muddatlari va tartibi Dastlabki talabnomalarni berish muddati, shuningdek qo‘shimcha talabnomalarni berishning aniq muddati belgilanadi. Shuningdek mandat komissiyasiga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Ishtirokchilar va hakamlarni qabul qilish shartlari Musobaqaga kelish vaqti, joylashtirish, ovqatlanish tartibi, sportchilarning etib kelish muddati aytib o‘tiladi, shuningdek moliyaviy harajatlar kimning hisobidan boiishi ko‘rsatiladi.
G‘oliblarni taqdirlash Musobaqaning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash ko‘rsatiladi,hamda musobaqa ishtirokchilari, jamoalar, shuningdek ularni tayyorlagan trenerlar qaysi o‘rin uchun hamda nima bilan taqdirlanishlari ko‘rsatiladi. Mukofotlarning maxsus turlari
ko‘rsatiladi,ya’ni eng yaxshi texnik tayyorgarligi uchun, g‘alabaga bo‘lgan irodasiuchun, tushe yoki sof g‘alaba bilan ko‘p marta g‘alaba qozonganligi uchun berilishi mumkin.
Musobaqa nizomiga bo’lgan asosiy talablar Musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish uchun ikkinchi muhim hujjat - bu musobaqa nizomidir. Musobaqalardagi ayrim xususiyatlarva ularni o‘tkazish tartibi musobaqalar nizomida ko‘rsatiladi.Musobaqa nizomiga bo‘lgan asosiy talablar quyidagilardan iborat:aniqlik, ravshanlik, muayyanlik va asosiy bandlarda tushunchalarning turli xilda talqin qilinishning bo‘lmasligi. Ushbu hujjat amaldagi qoidalarga asoslanib tuziladi va musobaqa o‘tkazadigan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangandan keyin
unga rioya qilish ishtirokchilar va hakamlar kollegiyasi uchun majburiy hisoblanadi.