Tasdiqlayman” Bulung`ur pedagogika kolleji direktori Yu. Jumanazarova


-Mavzu: Musobaqa ishtirok- chilarining yoshiga qo'yilgan talablar



Yüklə 151,59 Kb.
səhifə37/44
tarix15.11.2022
ölçüsü151,59 Kb.
#119535
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
hakamlik amaliyoti 40 soat

16-Mavzu: Musobaqa ishtirok- chilarining yoshiga qo'yilgan talablar.
1. Musobaqa ishtirokchilari tashkilotlar tomonidan musobaqa rasmiy nizomida ko'rsatilgan vaqtda berilgan talabnoma asosida musobaqada ishtirok etishlari mumkin. 2. Talabnoma (4- ilova 1- shakl, har bir ishtirokchi uchun alohida) erkak va ayollar alohida, musobaqaning rasmiy nizomi va ushbu qoidaga mos holda to'ldirilishi kerak. Talabnomaning hamma bandlari to ‘ldirilib, tashkilot rahbari, shifokor imzosi va muhr bilan tasdiqlangan bo'lishi shart. Ushbu shartlar bajarilmasa, talabnoma hakamlar hay’ati tomonidan qabul qilinmaydi.
3. Musobaqa boshlanishi oldidan kelgan yangi ishtirokchilar ham musobaqada qatnashishlariga ruxsat olishlari uchun qo'shimcha talabnomani (musobaqalar boshlanishidan bir soat oldin), yuqorigi tartibda to'ldirishlari kerak.
4. Dasturdagi musobaqa turlarida ishtirok etish uchun beriladigan talabnomalardagi ishtirokchilarning o'm ini almashtirish maqsadida guruh vakili tomonidan tasdiqlangan boshqa talabnoma beriladi. Talabnoma gumhning maxsus vakili tom onidan musobaqa kotibiyatiga,bosh hakamning mxsati bilan beriladi.
5. Qo'shimcha talabnomalar berish va talabnomalar o'rnini almashtirish musobaqa boshlanishidan bir soat oldin bajarilishi kerak. Talabnomalar o'rnini almashtirish muddatini bosh hakamning o'zi belgilashi mumkin.
6. Musobaqalarga kerakli tayyorgarlikka ega bo'lgan va tibbiyot ko'rigidan o'tgan shaxslar qo'yiladi. Shifokor mxsat berganligini tasdiqlovchi hujjat, sportchining toifa kitobchasi yoki har bir sportchining ismi-sharifi qarshisidalshifokor muhri bosilgan talabnoma yoki har bir sportchi uchun alohida m a’lumotnoma bo'lishi shart.
Musobaqada qatnashish tartibi
1. Sportning sakrash, uloqtirish (yadro irg'itish) turida musobaqa ishtirokchilarining tartibi hakamlar hay’ati tomonidan oldindan qur’a tashlash yo'li bilan aniqlanadi. Qur’a tashlash joyi va vaqti haqida musobaqada ishtirok etuvchi tashkilot vakiliga ma’Ium qilinadi. Ular shu sport turi hakamlari bilan qur’a tashlashda ishtirok etishlari shart. Vakilsiz qur’a tashlab ishtirokchilar tartibini aniqlash inobatga olinmaydi. Qur’a natijalariga qarab musobaqa ishtirokchilarining ismshariflari bayonnomaga (protokolga) kiritiladi. Saralash musobaqalarida qatnashuvchi sportchilar tartibi saqlab qolinmaydi. Asosiy musobaqa ishtirokchilari uchun yangitdan qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash tartibi musobaqaning fmalyakuniy qismida qatnashish uchun ham saqlanb qolinadi.
2. Saralash yoki asosiy musobaqalarda qatnashuvchilar soni ko'p bo'lsa, ular guruhlarga bo'linadi (har bir guruhda 12—20 nafar sportchi). Uloqtirish, uzunlikka va uch hatlab sakrash bo'yicha saralash musobaqasi hamda asosiy musobaqalarda sportchilar bir vaqtning o'zida bir joyda yoki bir necha joyda musobaqada qatnashishlari shart. Balandlikka sakrash va langarcho'p bilan sakrashda (agar saralash musobaqalari o'tkazilm asa) maydonda (o'yingohda) musobaqa o'tkazish joylarining soniga qarab sportchilar guruhlarga bo'linadi. Bunda bir vaqtda tugashi uchun joylarda musobaqa oldindan belgilangan balandlikda boshlanadi. Balandlikka sakrashda bir xil ko'rsatkichga erishgan sportchilarni bir guruhga yig'ish shart. U lar musobaqani bir joyda bir xil balandlikda davom ettirishadi. Sportchilar tayyorgarlik darajalari hamda yil mobaynida ko'rsatgan sport natijalariga qarab guruhlarga taqsimlanadi va har bir guruh uchun musobaqa oxirigacha olib boriladi. Bunday paytda musobaqadan oldin yuqori natija ko'rsatgan sportchilar umumiy guruhga qo'shilmaydi. Musobaqa ishtirokchilari guruhlarga bo'linib, hamma ishtirokchilarga bir xil sharoit yaratib berilgandan so'ng, musobaqani bir-necha joyda o'tkazishga ruxsat beriladi. Ya’ni, musobaqa o'tkaziladigan joyning sifati, shamolning yo'nalishi va hokazolarga ahamiyat beriladi. Yuqorida qayd etib o'tilgan hollarda sportchilarni guruhlarga bo'hsh, musobaqa o'tkazish joylari hamda guruhdagi ishtirokchilar tartibi qur’a tashlash yo'li bilan aniqlanadi. Jamoa va shaxsiy-jamoa musobaqalarida guruhlarga taqsimlash uchun ham qatnashuvchi guruhlar o'rtasida qur’a tashlanadi. Balandlikka sakrash, langarcho'p bilan sakrash, uloqtirish musobaqalarining yakuniy (final) qism ida ishtirokchilarning musobaqada qatnashish tartibini aniqlash uchun yangitdan qur’a tashlanadi.
3. Aylanalarda yugurish (yurish) ishtirokchilarini bosqichlarga hamda yo'lakchalarga taqsimlash, shaylanish berish joylari 5.1.3—5.1.5- bandlar talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda qur’a tashlash 2.3.1- bandda ko'rsatilganidek o'tkaziladi.
4. Ko'pkurashning ayrim turlarida qatnashish (yugurish, sakrash va uloqtirishlardagi ketma-ketlik) qur’a tashlash yo'li bilan aniqlanadi. Buni hakamlar hay’ati har bir tur uchun alohida aniqlaydi. Ko'pkurashchilar soni ko'p bo'lsa, ular 12—20 kishilik guruhlarga taqsimlanadilar. Guruhlardagi sportchilar m usobaqani o'zlari tanlagan boshlang'ich balandlikdan boshlaydilar.


Yüklə 151,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin