Tasdiqlayman” Bulung`ur pedagogika kolleji direktori Yu. Jumanazarova


-Mavzu:Jamoa sardori va vakillari vazifalari bilan tanishish



Yüklə 151,59 Kb.
səhifə38/44
tarix15.11.2022
ölçüsü151,59 Kb.
#119535
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
hakamlik amaliyoti 40 soat

17-Mavzu:Jamoa sardori va vakillari vazifalari bilan tanishish.
Futbolda jamoa sardori jamoa aʼzolari uchun rasmiy yetakchi hisoblanadi. Odatda sardor jamoadagi yoshi katta yoki tajribali, shuningdek, oʻyin natijasiga katta taʼsir koʻrsata oladigan futbolchilardan tanlanadi. Oʻyin qoidalariga koʻra jamoa sardori chap qoʻlidagi sardorlik bogʻichi bilan boshqa oʻyinchilardan ajralib turadi.
Oʻyin qoidalariga koʻra, sardorning rasmiy vazifalari oʻyin boshlanishidan (tomonlar va futbol toʻpini oʻyinga kiritadigan jamoaning maqsadini aniqlash maqsadida) va oʻyindagi penaltilar seriyasidan oldin qur’a tashlashda ishtirok etishdan iborat. Oʻyin vaqtida jamoa sardori hakamning qarorlariga eʼtiroz bildirishga imkon beruvchi maxsus huquq va imtiyozlarga ega emas, biroq ayni paytda, oʻz jamoadoshlarining xatti-harakatlari uchun javobgardir. Aynan shu holat hakamga sardor bilan jamoa futbolchilarining xatti-harakati xususida suhbatlashish imkonini beradi.
Yoshlar yoki havaskor futbolda jamoa sardori koʻpincha professional futboldagi jamoa murabbiyiga yuklatilgan vazifalarni bajaradi. Sardor jamoadagi ruhiy holat uchun javob beradi. Agar jamoada ruhiy holat past boʻlsa, u oʻyinchilarni har tomonlama ragʻbatlantirib, guruh ruhiyatini oshirishi talab etiladi.
Jamoa sardori odatda rahbariyat tomonidan tayinlanadi yoki mavsum boshida jamoa futbolchilari tomonidan tanlanadi. Jamoa sardorini tayinlash murabbiy uchun juda muhim tanlovdir, chunki sardor maydondagi yordamchi murabbiy hisoblanadi. Baʼzi jamoalarda jamoa uchun eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻyinchi avtomatik ravishda sardorga aylanadi. Agar biron sababga koʻra u maʼlum bir uchrashuvda ishtirok eta olmasa, sardorlik vazifasi tayinlangan vitse-sardorga yoki jamoaning boshqa oʻyinchisiga yuklanadi. Sardor koʻpincha jamoaning ommaviy axborot vositalari bilan muloqotida alohida rol oʻynaydi va jamoa tomonidan qoʻlga kiritilgan sovrinni koʻtaruvchi birinchi futbolchi hisoblanadi. Sardor koʻngilochar va ruhiyatni koʻtaruvchi tadbirlarni tashkil etish, yosh futbolchilarga yordam berish kabi muayyan mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishi mumkin.

Yüklə 151,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin