Rag‘batlantirish Mamlakat chempioni maqomiga ega bo’lgan joriy yilda o‘rta umumta’lim maktab, Bo’simlarni bitirgan jamoa o‘yinchilari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining O‘zDJTSU hamda viloyatlardagi oliy o’quv yurtlari jismoniy tarbiya fakultetlariga imtiyozli asosda qabul qilinish huquqini beruvchi sertifikatini olishga muyassar bo‘ladilar.Chempion jamoa ko‘chma Kubok, qimmat-baho sovg‘alar, diplomlar va oltin medallar bilan taqdirlanadi.2 va 3-chi o'rinni egallagan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar,muvofiq diplomlar kumush va bronza medallari bilan
taqdirlanadi, o‘yinchilar 0‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalarda ishtirok etib kelgan natijalariga asosan O'zbekiston yagona sport tasnifida belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq navbatdagi sport razryadlari bilan taqdirlanishga muyassar bo‘ladilar.
Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari Musobaqalarning turi (birinchiliklar, saralash musobaqalari, chempionatlar, Kubok musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki Olimpiya o‘yinlari va h) va miqyosidan (tuman, viloyat,shahar, respublika, Osiyo, Yevro‘pa, Jahon) qat’i nazar har bir musobaqa o‘ziga xos senariy va dastur asosida o‘tkaziIadigan ochilish hamda
yopilish marosimlari bilan farqlanadi.Musobaqaning ochilishi va yopilishiga doir ssenariyda rasmiy dasturlardan tashqari mahaliy, milliy va umumbashariy an’analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar hamda udumlarga xos turliko‘ngilochar tadbirlar (san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar, davlatva jamoat arboblarining chiqishlari va h) joy olishi mumkin.Musobaqaning ochilish va yopilish ssenariysida belgilangandastur awaldan puxta ishlab chiqiladi, muhokama etiladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik jarayoni tashkil etiladi.Quyida namuna sifatida musobaqaning ochilish va yopilish marosimiga doir ssenariysi keltirilgan:
- musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa sadolari ostida ishtirokchi jamoalarni maydonga olib chiqadi va ulami saflantirib joylashtiradi;
- bosh hakam jamoalar e’tiborini ko‘rsatma (jamoa) bilan tashkiliy qo‘mita “markazi”ga qaratadi va tantanavor ravishda kelib, tashkiliy qo‘mita raisiga ishtirokchi jamoalaming musobaqani ochilishiga saf tortganlari haqida ma’lumot beradi;
- tashkiliy qo‘rnita raisi qisqacha musobaqaning maqsadi va ijtimoiysiyosiy ahamiyati haqida gap yuritib, tabrik so'zini faxriy shaxs (rahbar yoki rahbar nomidan tabriklaydigan shaxsga) ga beradi;
- tabrik so‘zi yakunlanganidan so‘ng, bosh hakam ishtirokchi jamoalar nigohini davlat bayrog‘i joylashtirilgan tomonga qaratadi;
- davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog‘i ko’tariladi;
- davlat madhiyasi tugab, davlat bayrog‘i ko'tarilganidan so‘ng, bosh hakam musobaqa ishtirokchilariga murojaat qilib,ularga sihatsalomatlik, musobaqa o‘yinlarida mahorat va yuksak natijalar tilaydi;
- bosh hakam ishtirokchi jamoalami musiqa sadosi ostida maydondan olib chiqadi;
- musobaqani ochilishi marosimidan so‘ng, musobaqa jadvali bo‘yicha birinchi o‘yinda ishtirok etadigan jamoalar maydonga tashrif buyurishadi va musobaqa o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi.