Tasdiqlayman” Bulung`ur pedagogika kolleji direktori Yu. Jumanazarova


IV. MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI



Yüklə 151,59 Kb.
səhifə9/44
tarix15.11.2022
ölçüsü151,59 Kb.
#119535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
hakamlik amaliyoti 40 soat

IV. MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • Darslik o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

  • Tarqatma materiallar bo’yicha mavzular qismini o’zlashtirish;

  • Maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlarni bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • Talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlarning bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;

  • Faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;

  • Masofaviy (distansion) ta’lim.

Mustaqil ish talabalarning o’qish jarayonidagi asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va u rejali harakter kasb etadi.
Mustaqil ish mavzusi talabalar mustaqil o’rganadigan ma'ruza va amaliy mashg’ulotlardan beriladi. Mustaqil ta'lim talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga va umumiy dunyoqarashni kengaytirishga yordam beradi.
Fanning ma'ruza va seminar mashg’ulotlari asosan talabalar bilan baxs-munozara va savol-javob tartibida olib boriladi. Bunday darslarning samarali o’tkazilishi uchun talabalar dars mavzulari bo’yicha ko’prok mustaqil tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Mashg’ulotlarda talabalarga testlar beriladi va ayrim mavzular bo’yicha misollar yechiladi. Fanni chuqurroq o’rganishi uchun har bir talabaga referat yozish va seminar mashg’ulotlar tayyorlash uchun topshiriqlar beriladi.
Mustaqil ish davomida talabalar mustaqil ravishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishlari kerak. Bunda talabalarga asosan o’quv qo’llanmalar, darsliklardan, internet ma'lumotlaridan va oylik nashrlardan foydalanish maslahat beriladi.
V. O`QUV FANINING MODDIY-TEXNIK TA’MINOTI.
Mashg`ulot o`tish uchun kerak bo`ladigan jihozlar – o`qituvchi va o`quvchilar soniga mos stol-stul, doska va b.;
Ta’­lim­ning texnik-namoyish vositalari; o`quv-metodik materiallar, ko`rgazma­li qurollar (Plakat, albom, katalog va b.), ma’lumotnoma, lug`at va boshqa­lar;
Texnologik jihozlar, maketlar, stendlar, ish qurollari, asboblar, materiallar va b.
Barcha mavzular zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsiya va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanilgan holda o`tkaziladi.

Yüklə 151,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin