20-Mavzu: Valeybol musobaqalarni tashkil qilish, o'tkazish va o'tkazilganligi haqida hisobot. Musobaqa hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi Musobaqa o’tkazish maqsadi va vazifalari - O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish;
- voleybolni rivojlantirish va jamoalaming sport mahoratini oshirish;
- mamlakat yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport razryadlarini rasmiylashtirish;
- kuchli klublami aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun mamlakat termajamoasini tuzish.
Musobaqaga rahbarlik qilish Musobaqalar FIVB - xalqaro voleybol federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan rasmiy qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlarda “Mikasa” firmasining MVR 200 rangli to'plari qoplaniladi.Musobaqaga ralibarlik qilish mas’uliyati O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga yuklatiladi.Musobaqa o‘yinlarini Respublika hakamlar uyushmasi
tomonidan tasdiqlangan hakamlar guruhi boshqaradi. Musobaqaning bosh hakami vazifasiga - milliy toifadagi hakam tayinlanadi.Jamoalami qabul qilish, joylashtirish va musobaqa o‘tkazish joylarini tayyorlash musobaqa o‘tkazayotgan shahar klubi
zimmasiga yuklatiladi. Mehmonxona, ovqatlanish va safar xarajatlari muvofiq jamoa klublari tomonidan qoplanadi.
Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti Chempionatni o‘tkazish tartibi, tizimi, joylari va vaqti ishtirokchi jamoalar soniga qarab chempionatdan 1 oy oldin e’lon qilinadi.
Musobaqa ishtirokchilari Chempionatda klublar jamoalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari, tashkiiot va korxonalar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar terma jamoalari ishtirok etishi mumkin.O‘zbekiston voleybol federasiyasining ijroiy qo‘mitasi qaroriga muvofiq chempionatda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar O‘VF hisob
raqamiga belgilangan so‘m miqdorida a’zolik badali uchun mablag‘ o‘tkazishlari lozim. Chempionatda ishtirok etishni tasdiqlovchi xabamoma...... -yil..... oktabrgacha taqdim etilishi shart. Ushbu muddatdan kech taqdim etilgan xabarnoma qabul qilinmaydi vajamoa chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi. Chempionatda ishtirok etish huquqini olgan jamoa tarkibi 18 kishi, shu jumladan 14 nafar o‘yinchilar, 2 ta murabbiy, shifokor vajamoa rahbaridan iborat bo‘lishi
mumkin. Jamoa tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar chet el o'yinchilariFederatsiya ruxsati bilan jalb qilinishi mumkin.Chempionatda jamoalami guruhlarga bo‘linishi yoki
boiinmasligi ishtirokchi jamoalar soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar sport bazasida “tur” shaklida aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘plangan ochkolar
yig‘indisigaqarab aniqlanadi. G‘alaba uchun jamoaga 2 ochko, mag‘lubiyat uchun 1 ochko, o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi.
Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochkolar sonini to‘plagan bo‘Isa, o‘rinlar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
a) barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
b) barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati;
d) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
e) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati.
Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz kechsa, u chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha uchrashuv natijalari bekor qilinadi va imga 0 ‘VDning “Intizom Kodeksi”ga muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv o'tkazgan barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g‘olib deb topiladi. Agar biror bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlaming yarmidan kamiga kelgan bo‘lib, keyingi biror bir turga kelmasa, ushbu jamoaga ham yuqorida qayd etilgan tartibda jarima choralari ko‘riladi.