Musobaqaning yopilish marosimi Musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoalar o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng musobaqaning yopilish marosimi o‘tkaziiadi.Musobaqaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar (ayrim hollarda barcha jamoalar) ishtirok etadi. Musobaqaning yopilish marosimi ham maxsus ssenariy asosida o‘tkaziladi. Ssenariyda belgilangan dastur yakunida Davlat bayrog‘I tushiriladi va musobaqa yopiq deb e’lon qilinadi.Musobaqaning yakuniy natijalari va tashkiliy isharning saviyasi bo‘yicha rasmiy hisobot tuziladi va ushbu hisobotning nusxalari har bir jamoa vakillariga taqdim etiladi (ilovalarda mavzuga doir andozalar berilgan).
Musobaqa hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi. Sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish shu musobaqalarga rahbarlik qiluvchi (sport federatsiyasi, tashkiliyqo‘mita va h), mezbon tashkilotchi, hakamlar uyushmasi
hamda nazoratchi (ekspert) hakamlarga katta mas’uliyat yuklaydi. Ular musobaqa o‘tkazish joylarini (sport saroylari, kommunikatsion, tibbiy va yordamchi xonalar) rasmiy musobaqa qoidalari, musobaqa Nizomi va boshqa me’yoriy standartlar talablarigamuvofiq tayyorlash ekspertiza va sinovdan o‘tkazish choralarinlko‘rish tadbirlarini amalga oshiradi. Tamoshabinlar, ishtirokchisportchilar, trenerlar, tibbiy va
xavfsizlik xizmati xodimlari,akkreditatsiyadan o‘tgan barcha ommaviy axborot vositalarivakllariga barcha qulayliklar yaratilishi mezbon tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi.
Musobaqa o‘tkazishga tayyorgarlik ko’rish Musobaqalar muvofiq mutasaddi tashkiiot (yoki tashkilotlar)tomonidan tasdiqlangan yillik musobaqa taqvim rejasiga asosano‘tkaziladi. Odatda musobaqa o‘tkazish joyi (mamlakat, viloyat,shahar va h) va vaqti shu taqvim rejasida qayd etiladi. Musobaqaning nomi, maqsad va vazifalari, o‘tkazish joylariva muddatlari, musobaqada ishtirok etish huquqiga ega jamoalar (klublar, terma jamoalar), musobaqada ishtirok etish shartlari,bosh hakam, musobaqaga rahbarlik qiluvchi tashkilot, musobaqa shart-sharoitlarini ta’minlovchi mezbon tashkilot, musobaqa o‘tkazish va o‘rinlarni aniqlash tizimi, rag‘batlantirish kabi masalalar musobaqa Nizomida batafsil ifodalanadi.
Musobaqa o‘tkazishdan awal nazoratchi (ekspert) hakam (yoki hakamiar) musobaqa o' tkazish joyini qabul qilingan ilmiy texnologik vositalar (o‘lchov asboblari) yordamida ko‘zdan kechiradi. Jumladan, musobaqa o’kaziladigan sport inshootida havo namligi, harorat, atmosfera bosimi, tabiiy va sun’iy yorug’lik, maydon chiziqlari, to‘r
va ustinlar, o‘rmdiqlar, bo‘shlik zonalar va boshqa ko‘rsatgichlar belgilangan me’yoriy standartlar asosida ekspertizadan o‘tkaziladi. Sportchilarga mo‘ljallangan yechinish kiyinish, yuvinish,gigiyenik, kommunikatsion, tibbiyot va hakamiar xonalari nazoratdan o‘tkaziladi.Amalga oshirilgan ekspert nazorat tadbirlari natijalariga
ko‘ra xulosa tayyorlanadi va bu haqida musobaqa o‘tkazuvchi mas’ul tashkilot rahbariga ma’lumot beriladi.