Nazariy– yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’ulot
O’quv mashg’ulot rejasi
Funksiya va Funksiya argument tushunchasi;
Funksiyalar kutubxonasi.
O’quv mashg’ulotining maqsadi O’quvchilarga MS Excelning funksiyalar kutubxonasi haqida umumiy ma’lumotlar berish, amalda funksiyalardan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.
O’qitish natijasi
Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim va ko’nikmalar.
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1.O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savol berib ularni bilimini baholaydi.
(1-ilova)
Maqsad va vazifani belgilanishi:
2.Mavzu nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tanishtiradi. (2-ilova)
O’quvchilar bilimini faollashtirish: 3.Savol-javob orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni: 4. Boshqa varaq yoki kitobga murojaatni tushuntirish va MS Excelning funksiyalar kutubxonasiga ma’lumotlar beriladi.
(3-ilova)
5. Mavzuga doir bilimni kengaytirish uchun kompyuterda mashqlar bajaradi. (4-ilova)
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.Yangi mavzuni mustahkamlash ya’ni mashqlarni mustaqil bajarishlari uchun o’z o’zlarini baholaydilar. (5-ilova)
2.Mashqlarni bajarish uchun berilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi va masalalari tekshiradi. O’quvchilarning ishlolmagan masalalarini doskada tushuntirib beradi
Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Savollarga javob beradilar.
Ma’lumotni daftarlariga yozib oladilar.
Berilgan topshiriqni bajarishadi.
Berilgan mashqlarni kompyuterda bajarishadi
Diqqat qiladilar.
III. Yakuniy bosqich
(10daqiqa).
Dars yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa berilishi.
2.Kelgusi darsga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.(6-ilova)
1-ilova
O’tgan mavzularni takrorlash uchun savol-javob o’tkaziladi:
MS Excel dasturining qanday imkoniyatlari mavjud?
Yacheyka adresi nima?
Yacheykaga necha xil ma’lumot kiritish mumkin?
Murojaatning necha xil turlari mavjud?
Nisbiy va absolyut murojaat bir-biridan qanday farq qiladi?
2-ilova
3-ilova
Funksiya va argument tushunchasi;
MS Excel 2010 da tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan toldiriladi. Ba’zan kataklardagi ma’lumotlar ustida ayrim hisoblashlani bajarish zaruriyati tug‘iladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.
Buning uchun MS Excel 2010 tasmasidagi Формулы bo‘limiga murojaat qilinadi. Ushbu bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida amallar bajarishga mo‘ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan. Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.