Tasdiqlayman: Kafedra mudiri


Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash



Yüklə 58,24 Kb.
səhifə7/8
tarix22.01.2023
ölçüsü58,24 Kb.
#122439
1   2   3   4   5   6   7   8
Aholi daromadlari (1)

4. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash Respublikamizda ijtimoiy nochor va kam taʼminlangan axoli qatlamlariga
ustivor yordam siyosati tufayli axoli daromadlari orasidagi tafovut darajasini
birmuncha yumshatishga olib keldi. Jinni koefitsenti (jamiyatning daromad
boʼyicha tabaqalanishi koʼrsatkichi) 1991-1997 yillarda 0,261 dan 0,421 ga
koʼtarilib, 2003 yilda 0,387 gacha tushdi. U 2010 yil 0,3 ni tashkil etdi.
Umumiy daromadlarning tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat
sohalarida ish haqi darajasidagi farqning ortishi bilan birga boradi. Milliy
iqtisodiyotda oʼrtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar
kategoriyasi boʼyicha maʼlum tengsizligi mavjud.
Daromadlar tengsizligining asosiy sababi, bozor iqtisodiyotining xususiyatidan kelib chiqadi. Respublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga oʼtish
daromadlar tengsizligi masalasini maʼlum darajada keskinlashtiradi.
Daromadlarning tabaqalanishi eng avvalo mulkiy tabaqalanishdan kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi
umumiy omillar mavjud boʼlib, ularning eng asosiylari:
odamlarning umumiy – jismoniy, aqliy layoqatidagi farqlar;
ijtimoiy jihatdan oʼz qobiliyatini ishga sola bilish imkoniyati;
taʼlim, bilim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorlik darajasidagi farqlar;
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni oʼrnatishiga layoqatliligi;
omad, boshqalar bilan til topa bilishi.
Bunday holatda davlat daromadlarni qayta taqsimlash orqali daromadlar
tengsizligini kamaytirishi va jamiyat barcha aʼzolari uchun qulay moddiy hayot
sharoitini yaratishga intilmogʼi zarur.
Bunga davlatning ijtimoiy siyosati orqali erishish mumkin.
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu esa
daromadlar o’rtasida tengsizlik mavjudligi bildiradi o’rtacha daromadlar ham
daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon
amaliyotida Lorents egri chizig’idan foydalaniladi.
Daromad % 100 Е 80 60 40 20 F Аholi %0 20 40 60 80 10
CHizmaning yotiq chizig’ida aholi guruxlarining foizdagi ulushi tik
chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi
joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi
imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) OYe chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning
har qanday tegishli foizi daromadlarining mos keluvchi foizni olishini
ko’rsatadi. Ya‘ni aholining 20% barcha daromadlarining 20% ni,
aholining 40% daromadlarining 40% ni, aholining 60% daromadlarining 60%ni
olishini bildiradi va h.k.
Demak, OYe chizig’i daromadlarining taqsimlanishidagi mutloq tenglikni
ifodalaydi. Real xayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud
bo’lmaydi. Balki aholining ma‘lum guruxlari o’rtasidagi daromadlarning
taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunda taqsimlanishini Lorents egri
chizig’i deb nomlanuvchi OYe egri chizig’i orqali kuzatish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib
chiqaruvchi umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar:
1. Kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
2. Ta‘lim darajasidagi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
3. Tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
4. Ishlab chiqaruvchilarning
bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatli
darajadagi farqlar (bozordagi hamkorlik darajasidan kelib chiqqan holda).
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasiga
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a‘zolari
uchun ancha qo’lay moddiy hayot sharoitini ta‘minlashga qaratiladi.
Davlatning ijtimoiy siyosati Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli
markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli
guruhlari o’rtasidagi qayta taqsimlashdan iborat.
Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan ijtimoiy to’lovlar bilan birga
bozor narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash
usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam
ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizini bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda
qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi
munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko’rsatish
sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi
iste‘mol tovarlarni narxnig o’sishini hisobga olish va nominal daromadlarini
narxlar o’sishiga bog’liqlikdan oshirib borish hisoblanadi.
SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim
yo’nalishi aholining kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi
yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda
ifodalanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yor bilan birga
ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarni ham o’z ichiga oladi. Fiziologik
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular
jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulkni miqdori, oilaviy ahvoli
kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni
bartaraf qilishag yo’naltirilgan siyosatdir.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi
eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning
qadrsizlanish darajasiga ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
“Ma‘lumki, malakatimzda kam ta‘minlangan oilalarni bepul sigir berish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash
alohida e‘tibor qaratiladi. Masalan, 2006 yildan hozirga qadar nan shunday
oilalar
uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijasida 2009 yilning
birinchi yanvargacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklari qoramol
boquvchi sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni bir million
100 mingdan ko’proqni tashkil etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat
darajasiga berildi, bir yuz o’n bir ming fuqaroning esa mavjud mehnat
daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi”
1.Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste‘mol
bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat
mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga
erishishida muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat
qilish va ulrga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni
me‘yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega
bo’ladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining
kam ta‘minlangan tabaqalarning ijtimoiy himoyalash va qullab-quvvatlash
borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazganligi bo’ldi. Masalan, pensionerlar,
nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar
hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan
himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy kafolatlar tizimdan ishonchli ijtimoiy kafolatlari va aholini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tiziiga izchillik bilan o’tish-ijtimoiy siyosati amalga
oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi
bosqich boshlanishini bildiradi.
Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablag’lar davlat
byudjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 foizni, 2007 yilda
53 foizni 2009 yilda 54,6 foizni, 2009 yil 56,3 fozni tashkil etgan bo’lsa, 2010
yilda 59,1 foizni yetkazish rejalashtirilgan.
Mamlakatda 2008 yilda ijtimoiy inftuzilma bo’yicha qilingan ishlar
salmoqli bo’ldi. Ya‘ni, “Ijtimoiy soha ob‘ektlarini qurish va foydalanishga
topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200
o’quvchiga mo’ljallangan 169ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o’rinli 23ta
akademik litsey qurildi va rekonsturuktsiya qilindi. Shu bilan birga, 69ta yangi
maktab barpo etildi va 582ta maktab kapital rekonstruktsiya qilindi. Shular
qatorida 184ta bolalar sport inshooti, 26ta qishloq vrachlik punkti va 7
million 240 ming kvadrat metr to’rar joy binolari va boshqa ob‘ektlar qo’rildi”[1]
Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy har tomonlama qo’llab-
quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda shakllantirilayotgan madaniylashgan bozor iqtisodiyoti
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bilan chambarchas bogʼliq. Ijtimoiy
himoyalashning qay darajada boʼlishi davlatning olib borayotgan ijtiomiy
siyosatiga bogʼliq. Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati turli ijtimoiy guruhlar,
tabaqalar oʼrtasida tabaqalanishning haddan tashqari chuqurlashuviga yoʼl
qoʼymaslik, ularning maʼlum darajada hayot kechirishini taʼminlashga
qaratilganligidir. Davlatning ijtimoiy siyosati asosini axoli daromadlarini
shakllantirish siyosati egallaydi. Jamiyat aʼzolarining daromad darajasi
farovonlikning muhim koʼrsatkichi boʼlib, unga qarab har bir kishining moddiy –
maʼnaviy hayoti, ilm olish, sogʼliqni saqlash, dam olish va boshqa ehtiyojlarni
qondirishi yuz beradi. Shunga koʼra, davlatning ijtimoiy siyosati – ijtimoiy
jarayon va kishilar oʼrtasidagi munosabatlarning butun kompleksini tartibga
solishga qaratilgan davlat tomonidan taʼsir etirsh chora-tadbirlarining
yigʼindisidir.
Ijtimoiy siyosatning quyidagi asosiy maqsadlari mavjud:
- Аholi turmush darajasi va sifatini oshirish;
- Kishilarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini borgan sari toʼlaroq
qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- Ijtimoiy adolatni chuqurlashtirish, ijtimoiy kafolat va ijtimoiy himoya
mexanizmini takomillashtirish.
Ijtimoiy siyosatning tub maqsadi Prezidentimizning quyidagi fikrlarida oʼz
ifodasini topgan: “Barcha islohotlarning, - deb yozgan I.Karimov, - iqtisodiy,
demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va
faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat.”1
Аyni vaqtda davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi holatlarni taqozo etadi:
1.Barcha mehnatga layoqatlilarga tadbirkorlik va mehnat uchun qulay
sharoitlarni taʼminlash. Bular jumlasiga kiradi:
- Biznesni liberallashtirish;
-Kichik tadbirkorlikni ragʼbatlantirish;
-Yuqori darajadagi bandlikni qoʼllab-quvvatlash;
-Mehnat munosabatlarini tartibga solish.
2.Jamiyatning barcha aʼzolariga farovonlikning maʼlum standartlarini taʼminlash. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarurat
hisoblanadi: Jamiyatda daromadlarni qayta taqsimlash;
-Turli nafaqalar va pensiyalarni optimallashtirish ;
Umumiy savodxonlik va barcha jamiyat aʼzolari uchun zaruriy tibbiy
yordamni uyushtirish. Isteʼmoldagi farqlar faqat mehnat bilan bogʼliq daromadlargagina emas,
balki oila aʼzolari soni, oiladagi ishlovchilar soni, oiladagi ishlovchilar bilan
ishlamaydiganlar nisbati, sogʼligʼi, milliy sharoitga bogʼliq.
Mavjud katta farqlarni faqat davlat ijtimoiy siyosat orqali tartibga solishi
mumkin.
Maʼlumki, bozor iqtisodiyoti oʼz-oʼzidan jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni
shakllantira olmaydi, aksincha axolining iqtisodiy jihatdan tabaqalanishini
kuchaytiradi.
Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifasi axolining nochor, muhtoj toifalarini
ishonchli ijtimoiy himoyasini shakllantirishdan iborat.
Maʼlumki, bozor munosabatlariga qiyinchiliklarsiz va ijtimoiy ziddiyatlarsiz,
silliqqina oʼtib boʼlmaydi. Bu bozor munosabatlariga oʼtgan mamlakatlar
tajribasidan maʼlum.
Shuning uchun ham bozor mexanizmini joriy etishdan oldin axolini ijtimoiy
himoyalash boʼyicha kuchli ehtiyoj chora – tadbirlarni oldindan koʼra bilish,
axolini ijtimoiy himoyalash yoʼli bilan odamlarning turmush darajasining keskin
pasayib ketishini oldini olish va shu asosda jamiyatda osoyishtalik va
barqarorlikni saqlash uchun asosiy omil boʼladi. Oʼzbekistonda xuddi shu
yoʼldan borildi.
Islohotlarning boshlangʼich bosqichidan boshlab axolini ijtimoiy himoya
qilish uchun qoʼplab, usul va uslublardan foydalanildi. Jumladan, miqdori
muntazam oʼzgartirib borilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar,
kompensatsiya toʼlovlari, bevosita pul toʼlovlari imtiyozlar va turli dotatsiyalar
tarzidagi bilvosita toʼlovlar keng qoʼllanildi. Eng kam ish haqi va pensiyalardan
soliq olinmaydigan boʼldi. Korxonalarning oʼz xodimlariga ijtimoiy yordam
koʼrsatish sohasidagi xarajatlarining bir qismi byudjet mablagʼlari hisobidan
qoplandi. Keng isteʼmol mollari va xizmatlarning koʼpgina turlari narxlaridagi
tafovutlarning oʼrni byudjetdan qoplandi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilari va yolgʼiz
pensionerlar uchun bepul ovqat, barcha maktab oʼquvchilari va studentlar uchun
ovqatlar arzonlashtirildi, koʼpgina toifadagi fuqarolarga turar – joylari xususiy
mulk qilib bepul berildi, baʼzi turdagi kommunal xizmatlar haqini toʼlashda
yengilliklar joriy etildi.
Islohotlarning birinchi bosqichida ijtimoiy himoyalash xarajatlari
respublika byudjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi.
Narxlarning erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanishi darajasining ortib
borishi bilan daromadlarning eng kam va oʼrtacha darajasini muntazam oshirish
ijtimoiy himoyalashda ustun yoʼnalishlardan biri boʼldi. Bu yoʼnalish axolining
barcha tabaqalarini qamrab oldi va islohotlar birinchi bosqichida keng miqyosda
qoʼllanildi. Respublikada daromadlar va narxlar nisbati-ning oʼzgarishi bilan ish
haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamgʼarma banklaridagi axoli omonatlari
stavkalarining eng oz miqdorlari qayta koʼrib chiqildi.
Eng kam ish haqi va boshqa toʼlovlar oldindan koʼpaytirilib kelindi, narx-
navo oʼzgarishi bilan bogʼlab olib borildi. Bu oʼz navbatida axoli toʼlov
qobiliyatining saqlanib qolishini taʼminladi va uning turmush darajasining keskin
pasayib ketishining oldi olindi.
Аholini ijtimoiy himoya qilishda respublika ichki isteʼmol bozorini himoya
qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari turlari isteʼmolini
muayyan darajada saqlab turishdan iborat koʼrilgan chora-tadbirlarning oʼrni
katta boʼldi.
Isteʼmol bozorini zarur tovarlar bilan toʼldirish va ularning chetga chiqib
ketishini oldini olish maqsadida isteʼmol mollarini sotib olish uchun bir marta,
soʼngra koʼp marta ishlatiladigan kuponlar muomalaga kiritildi, kundalik zarur
tovarlarning cheklangan turlarini meʼyorlangan tarzda sotish joriy etilda. Bu oʼz
navbatida bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmoqlariga
barcha zarur oziq-ovqat tovarlarini va kundalik xarid mollarini muntazam
ravishda chiqarib turishni taʼminladi va ularning isteʼmol qilish hajmini
kamaytirmaslik uchun imkon yaratdi.
Ish haqini oshirish bilan birga, barcha toifadagi maktablarning oʼquvchilari,
bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari,
Oliy va oʼrta maxsus oʼquv yurtlarining professor - oʼqituvchilari va ilmiy
xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularning mehnatini
ragʼbatlantirish maqsadida ularga qoʼshimcha moddiy neʼmatlar – kvartira haqi
va kommunal toʼlovlarda imtiyozlar berildi. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun
yer uchastkalari ajratildi.
Oʼzgalarning qaroviga muhtoj boʼlgan yolgʼiz pensionerlar turar-joyi va
kommunal xizmat uchun haq toʼlashdan ozod etildi. Ularga belgilangan
meʼyorda eng zarur mollarni, dori-darmonlarni bepul olish, jamoat transportida
tekin yurish huquqi berildi. Oliy oʼquv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar
-texnika bilim yurtlari oʼquvchilarining, aspirantlarning stipendiyalari bir necha
marta oshirildi.
Yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari oziq-ovqat narxining
bir qismini qoplaydigan qoʼshimcha toʼlovlar, maktab oshxonalari va tamadi
xonalari qoʼshimcha xarajatlarining bir qismini byudjet mablagʼlari hisobidan
qoplash, xususiy xonadonlarda yashayotganlar uchun qoʼshimcha toʼlovlar,
jamoat transportida arzon haq toʼlab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi.
Birinchi bor nikohdan oʼtayotgan kelin- kuyovlar uchun mebelь va gilam
mahsulotlari, nikoh uzuklari sotib olish uchun imtiyozlar berildi.
Umuman aytilganda islohotlarning birinchi bosqichida barcha axoli yaʼni
kam daromadli oilalar ham, oʼziga toʼq fuqarolar bab-baravar miqdorda
foydalandilar yoki axolining barcha qatlami yoppasiga ijtimoiy himoyadan
bahramand boʼldi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida axolini yalpi ijtimoiy
himoyalash tizimidan yangi tizimga oʼtildi. Bu – ishonchli ijtimoiy kafolatlar
axolining eng muhtoj guruhlarini axolining aniq tabaqalarini qamrab olishni
koʼzda tutadi, yordam tizimi faqat kam taʼminlangan va mehnatga layoqatsiz
odamlarga nisbatan
qoʼllanilib, shu maqsad uchun davlat mablagʼlari bilan birga mehnat
jamoalari, turli tashkilot va jamgʼarmalarning mablagʼlaridan foydalaniladi.
Ijtimoiy yordamning yangi tizimida bolalar va kam taʼminlangan oilalar
uchun barcha nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali beriladi. Shu
maqsadda mahallalarda byudjet mablagʼlari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar
va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda oʼtkazilgan mablagʼlari hisobidan
maxsus jamgʼarmalar tashkil etildi.
Bugungi kunda oilalarga moddiy yordam tayinlash fuqarolarning oʼzini-oʼzi
boshqarish organlari – mahalla yigʼinlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Endilikda barcha nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla yordamida amalga
oshiriladi. Bunda oila asosiy mavqeiga ega boʼladiki, bu noyob tartib oʼz
navbatida umuminsoniy qoidalar, milliy urf-odat anʼanalarimizga mos keladi.
Mahalla yigʼinlari yordam soʼrovchi oilalarning real moddiy va mulkiy ahvoli,
daromadi manbalarini yaxshi biladi. Mahalla yigʼinlari orqali moddiy yordamning
azaldan xalqimizga xos boʼlgan insonparvarlik urf-odatlari – qoʼshniga yordam,
uning hol – ahvolidan xabardor boʼlish kabi anʼanalar asos qilib olinganligidan
dalolat beradi.
Shu bilan birga mahalla yigʼinlarida dangasalar va boqimandalar,
tekinxoʼrlarga nisbatan nafrat, murosasizlik bilan qarab kelinganligini ham
taʼkidlash darkor.
Ijtimoiy himoyaning yangi tizimi mehnatni ragʼbatlantiradigan omillar va
vositalarning yangi tuzilmasining paydo boʼlishiga asos boʼladi.
Xulosa, islohotlar davrida davlat axolining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy
himoyalashning turli yoʼllari bilan birga, oʼz mehnat faoliyati natijasida oilasining
farovonligini taʼminlashga harakat qiluvchilarga teng sharoit va qulay imkoniyat
yaratishga yoʼl ochib beradi.
Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini taʼminlash
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ishsizlik muammosining
mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, ishsizlik
muammosini oʼrganishdan asosiy maqsad – aholining ish bilan bandligini
oshirish orqali mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi turmush
darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Jahonda roʼy berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz taʼsirida dunyo
boʼyicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda
Oʼzbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish oʼrinlari tashkil etilmoqda. Buning
yana bir ahamiyatli tomoni - yangi ish oʼrinlarini yaratishning oʼziga xos
mexanizmlarining tarkib topgani va uning bir qator yoʼnalishlar boʼyicha izchil
amal qilib kelayotganidir.
Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yoʼnaltirilgan
maqsadli chora- tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy oʼsish va bandlik surʼatlari aholi
farovonligini oshirishni taʼminlamoqda.
Аholi real daromadlarining oshishida asosiy omil boʼlib makroiqtisodiy
sharoitning qulayligi, iqtisodiy oʼsishning tez surʼatlarda oshishi, inflyatsiyaning
sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʼzgarishlar va aholini aniq
ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani hisoblanadi.
Soʼnggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini
oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini
kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish boʼyicha koʼrilgan chora-tadbirlar
natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid
qobiliyati barqaror surʼatda oʼsib bormoqda. Jumladan, 2012 yilda oʼrtacha ish
haqi 17,5 foizga oʼsdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi. Umuman olganda,
2000 yil bilan taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar
koʼpaydi. Hisob-kitoblarga koʼra, oʼrtacha ish haqi isteʼmol savatchasi bahosidan
4 barobardan ziyod oshdi.
Har bir mamlakat qanday siyosiy va ijtimoiy harakatlarni amaliyotga joriy etishidan qat'iy nazar ularning yakuniy maqsadi xalq manfaatlari, aholi turmush darajasini yaxshilash, yetakchi mamlakatlar safidan joy olishga qaratiladi.
"Turmush darajasi" tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimini rivojlantirishda Birlashgan millatlar tashkiloti sezilarli hissa qo'shdi. 1960 yilda BMTning ishchi guruhi global miqyosda turmush darajasini aniqlash va o'lchash tamoyillari hakida hisobot tayyorladi. Bu keng qamrovli tizimni yaratish yo'lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi ko'rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978-yilda ishlab chiqilgan va 12 ta asosiy yo'nalishni qamrab olgan.
Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag'allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000 yilda qabul qilingan “Ming yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015 yilda tasdiqlangan “2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining salomatligini asrashga qaratilgan muhim tadbirlar sirasiga kiradi.
“Turmush darajasi” atamasining ta'rifi va guruhlari
O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko'rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo'llaniladi. Unga to'liq ilmiy ta'rif beradigan bo'lsak, bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Ma'lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar va iste'mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi kontseptsiyalarni aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko'rsatkichga keltirish bo'yicha samarali usul mavjud emas.
Birlashgan millatlar tashkilotining tavsiyasiga ko'ra, tug'ilish, o'lim, umr ko'rish davomiyligi, sanitar-gigiyenik sharoitlarning mavjudligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol darajasi, uy-joy, ta'lim olish va madaniy imkoniyatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste'mol narxlari, transport vositalari bilan ta'minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish, ijtimoiy ta'minot, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi yo'nalishlar turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar tarkibiga kiradi.
Biroq, bu ko'rsatkichlarning hammasini ham qiymat ko'rinishida baholash imkoni bo'lmaganligi sababli, ushbu parametrlardan bir nechtasini qamrab olgan holda, turmush darajasi baholanadi. Ulardan, eng asosiysi, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar hajmi bo'lib, mazkur ko'rsatkich mamlakat aholisi turmush darajasini baholash bilan birga, xalqaro taqqoslamalarda ham foydalanish imkonini beradi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari samaradorligining ko'lami, ilmiy-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-ma'rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, albatta hukumat tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar hamda amaliy harakatlar natijasiga bog'liq bo'ladi.
“Davlat statistika to'g'risida”gi qonunning 3-moddasiga ko'ra, Davlat statistika qo'mitasi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to'g'risidagi statistika ma'lumotlarini yig'ish, qayta ishlash, to'plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish, e'lon qilish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, unda qo'mitaning aholi turmush darajasi ko'rsatkichlari bo'yicha statistik ma'lumotlar yig'ishda yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda statistik hisobot shakllari yoki turli kuzatuvlar orqali ma'lumotlarni olish huquqiga egaligi belgilab qo'yilgan.
Shu nuqtayi nazardan, yillik statistika ishlar dasturiga muvofiq, tegishli vazirlik va idoralar hamda uy xo'jaliklarida o'tkaziladigan tanlama kuzatuvlar ma'lumotlariga asosan, aholi turmush darajasini aks ettiruvchi aholi umumiy va jon boshiga daromadlari, xarajatlari, ta'lim darajasi, sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari iste'moli, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganligi, uy-joy sharoitlari kabi bir qancha ko'rsatkichlar shakllantirib boriladi.
Kuzatuv va ko'rsatkichlar nimadan dalolat beradi?
Uy xo'jaliklarida o'tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, yiliga jami 10000 ta uy xo'jaligida o'tkaziladi. Bunda 120 dan ortiq mutaxassis (interv`yuerlar) tomonidan bevosita oila a'zolari bilan suhbatlashish orqali ma'lumotlar olinadi.
Farovonlik darajasining tahlili uy xo'jaliklarining iqtisodiy resurslarga egalik qilish darajasini, ularni iste'mol qilishga yoki jamg'arishga, shuningdek, ulardan birini tanlashga qodirligini aniqlashga imkon beradi.
Agar raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 2020 yilning dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan.
Bozor sharoitida asosiy ish joyidan beriladigan ish haqi aholining aksariyat qismi uchun etakchi daromad manbai hisoblanadi. Aks holda u funksional rolini bajara olmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi aholi jami daromadining 60-80 foiziini tashkil etadi, ya'ni ularning me'yoriy hayot faoliyatini ta'minlash asosi bo'lib xizmat qiladi.
Agar MDH mamlakatlarining aholi daromadlari tarkibini ko'radigan bo'lsak, yollanma ishchilarning ish haqi sifatida olgan daromadlari Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Rossiya Federatsiyasida 55 dan 69 foizgacha bo'lsa, Qirg'izistonda 40 foiz atrofida, O'zbekistonda 28,8 foizni tashkil etadi. Mol-mulkdan kelgangan tushumlar 3,0 foizni, transfertlardan olingan daromadlar 25,5 foizga teng bo'lgan..
Ma'lumki, keyingi yillarda kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida aholining ishbilarmonlikdan olingan daromadlari ulushi yil sayin oshib borib, 2020 yil yanvar`-dekabr` oylarida 58 foizga etdi. Bu ko'rsatkich 2010 yilda 50 foiz aitrofida bo'lganligi inobatga olinsa, 8 foizga ko'payganligini anglatadi.
Mol-mulkdan olingan tushumlar kam bo'lsa-da, aholining tijorat banklariga bo'lgan ishonchining ortishi, innovatsion ishlanmalarning rivojlanishi, qolaversa, aktsiyadorlik korxonalari daromadlarining ortishi, uy-joy va boshqa ko'chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish va shu kabi bozor mexanizmlarining takomillashuvi tufayli aholining qo'liga kelib tushayotgan foizlar, dividendlar, mualliflik haqlari va shu kabi mulkiy daromadlar ham yil sayin ortib borayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2010 yilda aholi umumiy daromadlari tarkibida mulkiy tushumlarning ulushi 2,3 foizga teng bo'lsa, 2020 yilda ushbu ko'rsatkich 0,7 foizga ko'paygan.
Aholi jon boshiga daromadlari aholining jami umumiy daromadlarini doimiy aholining o'rtacha yillik soniga bo'lish orqali hisoblanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yilning yanvar`-dekabr` oylarida mamlakatimizda doimiy aholining o'rtacha yillik soni 34232,1 ming kishini tashkil etgan. Ana shu davrda aholi umumiy daromadlari hajmi 401,5 trillion so'mni va o'tgan yilning mos davriga nisbatan real o'sishi 2,6 foizga oshgan. Aholi jon boshiga o'rtacha umumiy daromadlari esa 11,7 million so'm, real o'sishi 0,7 foizga teng bo'lgan.
Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar aholi barcha qatlamlari o'rtacha daromadlarining o'sib borishida muhim omil bo'lyapti. Bunda aholining turli guruhlari daromadlari darajasidagi tafovutni aks ettiradigan Jini koeffitsienti 2000-2020 yillarda 0,39 dan 0,26 ga pasaydi.
Kuzatuv natijalariga ko'ra, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining yaxshilanishi natijasida jami iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish salmog'ining barqarorlashib borishi bilan bir qatorda, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar ulushi ortmoqda. Agar 2020 yil yanvar-noyabr oyidagi ko'rsatkichlarni 2000 yil ma'lumotlari bilan taqqoslaydigan bo'lsak, oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan xarajatlar 61,4 foizdan 48,1 foizga kamayganligini, nooziq-ovqat mahsulotlariga — 25,8 dan 32,8 foizga, xizmatlarga — 12,8 dan 19,1foizga oshganligini ko'rishimiz mumkin.
Aholi iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlarning barqarorlashishi, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlarning ulushi ortib borayotganligi quvonarli hol, albatta.
Aholining uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganligi qay darajada?
2000-2020 yillar mobaynida aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta'minlanganlik darajasi ham ortib bormoqda. Shunisi ahamiyatliki, bunday buyumlarning aksariyati o'zimizda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta'minlanganlik darajasi 2020 yil yakunlariga kelib har 100 xonadonga 48 taga etdi. Har bir 100 xonadonga to'g'ri kelgan televizorlar soni 161 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,8 martaga oshgan. Konditsionerlar — 34 dona (2000 yilga nisbatan o'sish — 3,1 barobar), elektr changyutgichlar — 59 dona (o'sish —2 barobar), kir yuvish mashinalari — 80 dona (o'sish 1,2 barobar) ga tengligini ko'rsatyapti.
Bundan tashqari, AKT vositalari (shaxsiy komp`yuterlar, ya'ni stolga qo'yiladigan, ko'chma kompyuter (noutbuk, netbuk), planshet va boshqa yonida olib yuriladigan kompyuter hamda uyali aloqa telefonlari)ning aholi hayotiga shiddat bilan kirib kelishi va bu vositalarning imkoniyatlari kundan kunga kengayib borishi aholi uchun aloqa qilish, axborot almashish va dunyodagi yangiliklardan tezkor xabardor bo'lish barobarida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib bermoqda.
2020 yil yakunlariga ko'ra, 100 ta uy xo'jaligiga to'g'ri kelgan shaxsiy komp`yuterlar 56 donani (2000 yilda bu ko'rsatkich 0,2 dona) tashkil etgan bo'lsa, 2000-2020 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta'minlanganligi 15,8 barobarga oshdi (2020 yil yakuniga kelib har 100 xonadonga 285 tadan, ya'ni, har bir xonadonga 2,9 tadan uyali aloqa telefonlari to'g'ri keldi).
Ushbu ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida zarur bo'lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda kondentsionerlar kabi maishiy texnika vositalariga hali hamon ehtiyoj mavjud. O'z navbatida, ushbu ma'lumotlar respublikamizda bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda horijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi sub'ektlar uchun katta hajmdagi iste'mol bozori mavjudligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvini takomillashtirish, ma'lumotlar sifatini oshirish maqsadida bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda uslubiyotni takomillashtirish, savolnomalarni xalqaro standartlarga moslashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya'ni, kuzatuv jarayonida 2020-yilgacha foydalanilgan qog'oz shaklidagi savolnomalardan voz kechib, 2021-yildan boshlab to'liq uy xo'jaliklarida kuzatuvni planshetlar yordamida o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda keng qo'llaniladigan ushbu zamonaviy tizimga ko'ra, kuzatuv so'rovnomalari planshetlarga o'rnatilib, interv`yular ulardan foydalangan holda olinadi. Respondent tomonidan intervyu savollariga berilgan javoblar ana shu planshetda qayd etib boriladi va onlayn rejimda yagona ma'lumotlar bazasiga uzatiladi. Bu, o'z navbatida, kuzatuvlar monitoringini yuritish, sifatni nazorat qilish imkonini beradi.
Jahon bankining malakali ekspertlari bilan birgalikda 2020-2025-yillarda Statistika tizimini takomillashtirish bo'yicha milliy strategiya loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur loyiha tizimimizni tubdan takomillashtirishga zamin hozirlaydi.


Yüklə 58,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin