B/B/B jadvali
B-B-B jadvalini to‘ldirish uchun tavsiyalar
1. Tayanch ibora va tushunchalar bilan tanishib chiqing.
2. B-B-B jadvalini to‘ldirish uchun tayanch ibora va tushunchalarning tartib raqamidan foydalaning.
Bilaman
|
Bilishni xoxlayman
|
Bildim
|
1
|
2
|
3
|
|
4- ilova
3-mavzu: Voleybol o‘yin va taktikasi tasnifi
Reja:
Hujum taktikasi va uning tasnifi
Himoya taktikasi va uning tasnifi
Hujum taktikasi va uning tasnifi
Hujum taktikasi deganda jamoaning taktik faoliyati, guruhli taktik faoliyat va individual taktik harakatlar tushuniladi. Hu-jumdagi keng qamrovli taktik faoliyat ma’lum bir taktik kombinatstiya asosida boshlanadi va kombinastiya so’ngida individual harakat usuli bilan yakunlanadi. Hujum taktikasining mantiqiy ketma-ketligini va mazmunini quyidagi tartibda ko’rib chiqamiz.
Jamoaviy taktik faoliyat
Hujumdagi jamoaviy taktik faoliyat quyidagi uchta yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi: ikkinchi to’p uzatishdan so’ng oldingi qator (hujum zonasi) dagi o’yinchilar tomonidan; ikkinchi to’p uzatishdan so’ng ikkinchi qator (hirnoya zonasi) dagi o’yinchilar tomonidan; birinchi to’p uzatishdan so’ng.
17- rasmda o’yinchilar va to’p harakatining shartli belgilari berilgan.
Bog’lovchi o’yinchi oldingi zonada joylashganda hujumni uyushtirish variantlari 18-rasmda berilgani. Bunday hujumni uyushtirishning sezilarli kamchiliklaridan biri-bu hujumda oldingi qator o’yinchilaridan ikki kishining ishtirok etishi mumkinligidir. Hujumni uyushtirishda bog’lovchi o’yinchi orqa qatordan to’r oldiga chiqib ikkinchi to’pni uzatganda, hujum qilish va uning samarasini oshirish imkoniyati kengayadi. Bog’lovchi o’yinchi orqada joylashgan 1, 5, 6 zonalardan to’r oldiga chiqib, turli hujum kombinatstiyalarini tashkil qilish chizmasi 19-rasmda keltirilmoqda. Birinchi to’pni uzatishdan so’ng hujum qilish yoki aldab to’p tashlash (otkidka) hujum harakallarini (20- rasm) samarali hal qilishga imkon bersa-da, ammo bu usullami bajarish uchun zarur sharoit (uzatilgan to’pning juda qulay bo’lishi) va hujumchidan katta malaka talab etiladi.
Aldab to’p tashlaganda hujumchi yoki bog’lovchi o’yinchi (oldingi zonada joylashgan vaqtdagina) sakrab hujum zarbasini bajarayotganday (imitatsiya) bo’lib, aldamchi harakatni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |