11.2. PASTDAN IKKI QO’LLAB TO’PNI ANIQLIKKA O’ZATISHNI MUSTAHKAMLASH.
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
Tayyorlov qismi
Saf. Raport qabul qilish, salomlashish, dars mazmuni vazifalari bilan tanishtirish, saf mashqlar, yurish, yugurish
Yurgan holda U.R.M.
|
Tinglaydilar.
Bajaradilar.
|
2-bosqich
Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
Asosiy qism
1. Pastdan ikki qo‘llab to‘pni uzatishni o‘rgatish.
a) tushuntirish, nazariy bilim, amalda ko‘rsatib berish
b) O’yinchi ikki qo’li bilan to’pni o’zini tepasiga tashlab, o’zi shu to’pni ikki qo’l bilan qabul qilishi.
s) O’yinchi ikki qo’li bilan to’pni polga urib qaqchigan to’pga yetib olib, to’pni pastdan qabul qilishga dastlabki holatni egallash, to’pni qabul qilish.
d). Devor oldida turib, devordan qaytgan to’pni qabul qilish. Devorga qarab to’pni urib, qaytgan to’pni qabul qilish. Devordan masofa taxminiy va qabul qilishni hisobga olgan holda devorga yaqin yoki uzoq turiladi. To’pni pastdan qabul qilish texnikasi o’rganilgandan keyin dumalab yoki ko’krakka yiqilib to’pni qabul qilishga o’rgatish mumkin.
Shug’ullanuvchilar bir-biriga qarashib sherengada turishib to’pni pastdan qabul qilishni imitasiya qilish.
Shug’ullanuvchilarni qarama-qarshi turg’izib oralig’i 3-4 m. Undan keyin bir o’yinchi to’pni sherigiga tashlaydi. Sherigi esa to’pni pastdan ikki qo’l bilan qabul qilib sherigiga qaytaradi. Bu mashqni bajarayotgan uni qiyinlashtirishi mumkin. Masalan, tashlayotganda tezligini, balandligini, chap yoki o’ng tomon tashlash mumkin.
Dastlabki holat shu. Bir o’yinchi to’pni polga uradi. Sakrab chiqqan to’pni sherigi ikki qo’l bilan pastdan qabul qiladi va yana sherigiga to’pni pastdan 2 qo’l bilan uzatadi.
Shug’ullanuvchilar to’pni pastdan qabul qilib maydon bo’ylab harakatlanishadi. Bu mashqdan maqsad to’pni iloji boricha o’zi tomonga tashlash.
|
So‘z uslubiyati
Ko‘rgazmali uslubiyat
Amaliy uslub
Takroriy metod
Qismlarga ajratish metodi
Aylanma metod
O‘yin metodi
Musobaqa metodi
Guruhlarga ajratish
Individual metod.
|
3.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)
|
Yakuniy qism
Saflanish, nafas rostlovchi mashqlar, uyga vazifa.
Sakrovchanlik, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, pastdan to‘pni o‘yinga kiritish texnikasini takrorlash
|
Bajaradilar,Savollar beradilar va tinglaydilar.
|
To‘pni pastdan ikki qo‘llab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda ham asosiy usul hisoblanadi. O‘yinga kiritilgan to‘p yoki hujum zarbasining sifatsiz qabul qilinishi (past trayektoriyada uzatish, bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib bermaslik) bog‘lovchi o‘yinchi tomonidan hujum uchun beriladigan to‘p uzatishni samarasiz bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg‘ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo‘nalishda va kuchlanishda kelayotgan to‘plarni pastdan ikki qo‘llab qabul qilishga katta e’tibor berish zarur.
15-rasm.
Dostları ilə paylaş: |