2-mavzu. Badminton o‘yin qoidalari. Badminton o‘yin qoidalari, badminton maydoni va jihozlarini o‘lchamlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 3-mavzu. O‘zbekistonda badminton o‘yinini rivojlanishi. O‘zbekistonda badminton o‘yinini rivojlanishi va O‘zbekistonda badmintonni rivojlantirish to‘g‘risidagi hukumat qarorlari va ularning ahamiyatlarini anglatish hamda nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 4-mavzu. Badminton o‘yin texnikasi va taktikasining tasnifi. Badminton o‘yinida uchraydigan holat va harakatlarga o‘rgatish, badminton o‘yinida volanni o‘yinga kiritish va qaytarish texnikasini o‘rgatish, o‘yin jarayonida sakrab volanga zarba berish texnikasini o‘rgatish, o‘yinda volanni qaytarish usullarini, himoya va hujumning texnik-taktik usullarini o‘rgatish haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 4-modul. Stol tennisi o‘yinining tarixi, qoidalari, rivojlanishi, texnikasi va taktikasi tasnifi 1-mavzu. Stol tennisi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Stol tennisi o‘yinini kelib chiqishi haqida nazariy ma`lumotlar berish, stol tennisi o‘yini bo‘yicha dastlabki o‘yinlar uchrashuvlarni o‘tkazilganligi haqida nazariy ma`lumotlar berish. Stol tennisining Yevropa davlatlariga tarqalishi, Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilishi, ITTFning tashkil topishi, tuzilishi va faoliyati, uning tarkibidagi har bir qit`adagi stol tennisi federatsiyalarining tashkil topishi, faoliyati va ular rahbarligida stol tennisi musobaqalarining o‘tkazilishi, dastlabki Jahon, Yevropa chempionatini o‘tkazilishi, olimpiada o‘yinlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 2-mavzu. Stol tennisi o‘yin qoidalari. Stol tennisi o‘yin qoidalari, stol tennisi stolining va jihozlarini o‘lchamlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.