Loyiha ishini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar Talaba keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish, yahni talabadan o’z ustida tinmay ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi hamda chuqurlashtirishi uchun mazkur fandan loyiha ishini bajarish talab etiladi.
Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifani yechish va tadqiqot obhekti sifatida muayyan maktabgacha ta’lim tashkiloti olinishi mumkin. Loyiha ishi mini guruhlarga bo’lingan holda kurs davomida ikki marta topshiriladi. Loyiha ishida bir yoki bir-biri bilan bog’langan bir nechta masalalarni komanda bo’lib tayyorlash va himo qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qo’yilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bog’liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratiga ega bo’ladilar.
Loyiha ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
Loyiha ishi mavzusini tanlash.
Mavzuga doir bibliografiya va me’yoriy, qonuniy xujjatlar, yo’riqnomalarni yig’ish.
Loyiha ishining rejasini tuzish.
Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.