O`z-o`zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar: 1.Mustaqillik yillarida respublikamizda chet el innovatsion texnologiyalaridan foydalanishdagi yutuq va kamchiliklar.
2.AQSH va O`zbekistonning ta’lim sohasidagi o`xshashlik va farqli jihatlari haqida ma’lumot bering?
3.Fransiyada ba’zi sohalar bo`yicha institutlarga imtixonsiz qabul qilinishining sababi nimada?
4.Xorijiy mamlakatlarda ta’lim bosqichlari bir-biridan qanday farq qiladi?
5.Germaniyada ta’lim tizimi bosqichlari va uning o`ziga xosliklari?
6.Bugungi kunda mamlakatimiz pedagogikasida xorijiy ta’limdagi qaysi jihatlardan foydalanilsa ijobiy samaralarga erishiladi?
3-mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida muvaffaqiyatga erishishga intilish motivini shaxsning ustuvor xususiyati sifatida.(2-soat ma’ruza) Reja: 1. Muvaffaqiyat bu biror ishda erishilgan yaxshi natija, yutuq va omaddir.
2. Muvaffaqiyatga erishgan shaxslarning 6 siri
1. Muvaffaqiyat bu biror ishda erishilgan yaxshi natija, yutuq va omaddir. Biz insonlarga o’ylash, fikrlash, orzu qilish va harakat orqali maqsadga yetish imkoniyati berilgan. Muvaffaqiyatga erishish har bir insonning o’z qo’lida. Muvaffaqiyatga erishishda quyidagi hayotiy qoidalarga amal qilish sizga yordam berishi mumkin:
Muvaffaqiyatga erishish uchun tirishqoqlik bilan harakat qiling. Awalo siz uchun muvaffaqiyat nima ekanligini his qilib olgandan so’ng shu maqsadga erishishni kun tartibingizga aylantirib oling. Sportchilar champion bo’lish uchun o’z ustida tinmay ishlaydilar,, ulardan irodasi kuchli va mashg’ulotlarda ko'p mehnat qilganlarigina zafar quchadilar. Siz ham belgilab olingan maqsad sari barcha imkoniyatlaringizni jamlab harakatdan chekinmang.
Muvaffaqiyatga erishish uchun xilma-xil g’oyalarni o’ylang. Uddaburon bo’ling, g’oyalaringiz orzularingizdan ham ildamroq yursin. G’oyalar sizni mo’jiza kabi izlamaydi, uzoq fikrlashlar, aniq tasavvurlar va ijodiy yondoshish yaxshi g’oyalarga yetaklaydi. Muvaffaqiyatga erishish uchun o’zingiz yoqtirgan ishni qiling. Boshlayotgan ishingizga bor mehringizni bag’ishlang. Yoqtirmaydigan ishni boshlash yaxshi samara keltirmaydi. O’zingiz uchun zerikarli tuyulgan yoki xush kelmaydigan maqsadga erishuvchi yo’ldan voz kechganingiz ma’qul.
Tavakkalchilik muvaffaqiyatning asosiy omillaridandir. Tavakkalchilikka qo’l urmay turib ham tavakkal qilgan bo’lamiz. Shubha bizni o’zimiz xohlagan bo’lishimizga to'sqinlik qiladi. Tavakkal qilishga qodir bo'lolmasangiz hayotda xech narsaga erisha olmaysiz. Yutqazib qo’yishdan qo’rqmang. Zero ming yiqilib, ming turib, muvaffaqiyatsizliklardan o’tibgina o’ylagan darajangizga erishasiz.
Muvaffaqiyat oxiri yo’q yo’l ekanini unutmang. Ba’zi hollarda insonlar muvaffaqiyatga erishadilar so’ngra omadsizlikka uchraydilar. Buning asosiy sabablardan biri muvaffaqiyatni bir yoqlama yo’l debo’ylaganliklarida, muvaffaqiyatga erishdim deb to’xtab qolganliklaridadir. Muvaffaqiyatga erishish uchun barcha ishni bajaramiz- u muayyan darajaga erishganimizdan so’ng men o’mimni topdim deb awalgi barcha harakatlarimizni yo’qqa chiqaramiz. Muvaffaqiyat tugamas yo’l, muvaffaqiyatni ushlab qolish ham iqtidor.
Bulardan tashqari hayotda sermulohaza, samimiy va shirinso’z bo'lish, o’rni kelganda dadil bo’lish, o’rni kelganda o’zini og’irtutish, atrofdagilarga diqqat-e'tiborli bo'lish, katta yutuqlarga erishgan insonlarga havas bilan qarab ularning ijobiy hislatlarini o’zlashtirish muvaffaqiyatning dastlabki qadamlaridan biridir.