151. Ajratilgan izoh to‘ldiruvchini aniqlang.
A) Soyda, qo‘sh yong‘oqning tagida, oppoq qorga ko‘milib uzoq o‘tirdi. B) O‘smoqdamiz biz yosh avlod, qalbimizda zo‘r istak. C) Nuriddin aka o‘sha, o‘zgarmabdi. D) Sizlardan, yoshlardan, aqlli gaplarni kutamiz.
3-§. Ajratilgan aniqlovchilar
152. Ajratilgan aniqlovchi qatnashgan gap berilgan qatorni toping.
A) To‘xtagin, qiz, bu men – Omonjon. (H.O.) B) C,D C) Mushtumzo‘r lapanglar – mug‘ambir, pismiq.(O.) D) Kamzul kiydim, trinka. (G‘.G‘.)
4-§. Ajratilgan izohlovchilar
153. Ajratilgan izoh hol berilgan qatorni aniqlang.
A) Ultarma bu erga xiyla olis bo‘lsa ham, bu ikki oshna bordi-keldi qilib turishar edi. B) Kampir tovush chiqarmay, kuyunib yig‘ladi. C) Hu ana o‘sha joyda, taxtako‘prikning ostida, atrofi qalin yalpiz bilan o‘ralgan kichik bir buloq bor. D) Asrorqul bunga rozi bo‘lmasa ham, kampirning ra’yini qaytargani botinolmadi.
2-§. Ajratilgan to‘ldiruvchilar
154. Ajratilgan to‘ldiruvchi qaysi gapda qo‘llangan?
A) Qator uch uyning hammasi qimmatbaho narsalar bilan, ya’ni qo‘sh-qo‘sh gilam, taxmon-taxmon atlas, baxmal ko‘rpalar bilan to‘lgan. B) Odamlar ... shiypon orqasiga, anhor bo‘yiga, ketdi. C) Ko‘zlarini erdan olmay, sekin-sekin odimlab borardi. D) Odamlar, ayniqsa, bolalar, guvillashib ma’qullashdi.
155. Ajratilgan to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping.
A) Bu ulug‘vor anjumanga, bayramga, xalq shoirlari ham taklif etildi. B) Bu dugonamning, Halimaning, ro‘moli.C) U birpas tinmaydi - supuradi-sidiradi, idish-tovoqlarni artadi. D) Ammo biz, yurtimiz kishilari, bunday munosabatlar bo‘lishi mumkin va lozim deb hisoblaymiz.
5-§. Ajratilgan hollar
156. Ajratilgan izoh hol ishtirok etgan gapni toping.
A) Navbatchi hamshira, sochi oq semiz xotin, Sadbarning kecha ham kelganligini eslatdi. B) Osmonning bir burchagida, ufqqa yaqin erda, oq bulut parchasi turardi. C) Keling do‘stlar, qadrdonlar, aziz o‘rtoqlar! D) B va C.
Dostları ilə paylaş: |