Tasdiqlayman”


O‘zga gap (o‘zgalar nutqi) qaysi javobda aks etgan?



Yüklə 354 Kb.
səhifə36/49
tarix17.07.2023
ölçüsü354 Kb.
#128541
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili

21. O‘zga gap (o‘zgalar nutqi) qaysi javobda aks etgan?
A) Safardan qaytgan kishi o‘z taassurotlarini gapirib berdi. B) Har kim har xil dori-darmon aytdi. C) Kimdir uning yolg‘on ovchi ekanini aytdi. D) Kenja uning ustidan muharrirga arz qildi.
22. O‘zlashtirma gap qaysi qatorda berilgan?
A) O‘zining qanday qarorga kelganini aytib berdi. B) Safarov ertaga bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida gapirdi. C) Rahmonqulov mashinani orqaga qaytarishni buyurdi. D) Bu orada Hasanali boshdan-oyoq hikoyasini so‘zlab chiqdi.
23. Qaysi qatordagi gap o‘zlashtirma gap?
A) Zaynab egachisi Xushro‘ydan etti yosh chamasi kichik edi. B) Xushro‘y uzun bo‘yli, qotmaroq qiz edi. C) Ma’lum bo‘ldiki, rais qishloqqa jo‘nabdi. D) O‘qituvchimiz maqtanchoq bo‘lmaslikni, boshqalarni hurmat qilishni uqtirdi.
24. Qaysi qatordagi atama (ter­min)lar grammatikaning sintak­sis qismiga tegishli?
A) qaralmish, boshqaruv, tobe so‘z B) birikma, qo‘shma gap, rasmiy uslub C) aralash qo‘shma gaplar, izohlovchi, ravish
D) umumlashtiruvchi so‘z, juft so‘z, taqlid so‘z
25. Qaysi qatordagi atama (termin)lar grammatikaning sintaksis qismiga tegishli?
A) taqlid so‘z, jamlovchi otlar, nisbat yasovchi qo‘shimcha
B) paronimlar, qo‘shma gap, rasmiy uslub C) aralash qo‘shma gaplar, omonimlar, sifat D) bog‘lama, so‘z birikmasi, kirish so‘z


USLUBIYAT (STILISTIKA). NUTQ USLUBLARI


1. Til vositalarining nutqda ishlatilish imkoniyatlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) leksikologiyada B) grammatikada
C) uslubiyatda D) dialektologiyada
2. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi?
A) adabiyotshunoslik B) qiyosiy tilshunoslik
C) adabiy tanqidchilik D) tilshunoslik
3. Kishilik olmoshining 1-,2-shaxs ko‘pligi nutqda 1-,2-shaxs birligi o‘rnida qo‘llanganda qanday ma’no ifodalanadi?
A) olmoshlarga xos bo‘lgan umumiy ma’no ifodalanadi B) uslubiy ma’no ifodalanadi C) grammatik ma’no ifodala-nadi D) leksik ma’no ifodalanadi

Yüklə 354 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin