27. Kelishikli boshqaruv qatnashgan gapni aniqlang. A) Mol topguncha aql top. B) Ko‘ringan tog‘ning yirog‘i yo‘q. C) Xalqim uchun, Vatan uchun kurashdim. D) Ot birdan sapchidi. Gap turlari 28. Misollarning qaysi biri ritorik so‘roq gap? A) Shundan beri qancha soylar oqib ketdi? Dunyo necha marta aylandi? B) Xo‘sh, o‘zingizning ahvolingiz qanday, do‘stim? C) Soatim to‘xtab qolibdi? Buzilibdimi? D) Nimadan xafasiz? Kim xafa qildi? 29. Ritorik so‘roq gapni toping. A) Umuman, savdo-sotiq ayollarga xos kasbmi, nima deysiz? B) Umr o‘rtasida poytaxtga ko‘chib kelishga nima majbur qildi? C) O‘qishga kirolmasa, shu ham fojiami? D) U erga kim bilan bormoqchisan? 30. Ritorik so‘roq gapni toping. A) O‘qish qachon boshlanadi? B) Dadang qaerga borib kelganini aytaymi? – deb qoldi. C) Salomat yuribsizmi, Bahromjon? D) Sut ko‘r qilgur haromi. Gitler oq padar, Farzandning qadrini qaerdan bilsin?! 31.-mi, -chi, -a, -yayuklamalari yordamida qanday gap tuziladi? A) buyruq gap B) his-hayajon gap C) darak gap D) so‘roq gap 32. Qaysi gapni so‘roq olmoshi yordamida ritorik gapga aylantirish mumkin? A) Tog‘ orqasidan shamol ko‘tarildi. B) Osmonda yulduzlar chamani porlaydi. C) Tinch uyda janjal bo‘lishini istaydi. D) Siz odamlarni yaxshi bilasiz. 33.Mulla aka, sal nariroq surilib o‘tirmaysizmi?Ushbu gapda so‘roq mazmuni qaysi yo‘l bilan berilgan? A) taajjub B) iltimos C) gumon D) shubha 34.Kimda qanday taklif bor?So‘roq gap qaysi vosita yordamida tuzilgan? A) Faqat qanday so‘roq so‘zi yordamida. B) Faqat kim so‘roq olmoshi bilan. C) So‘roq yuklamasi vositasida. D) So‘roq olmoshlari ishtirokida.