144. Ajratilgan izoh bo‘lakli gapni belgilang.
A) Biz, turli tilga xos adabiyot vakillari, shu til tufayli bir-birimizni yaxshi bilamiz. B) Tejamkorlikni donolikning qizi, qanoatning singlisi va erkinlikning onasi deb hisoblash mumkin. C) Yozda, ta’til kunlarida, bir necha badiiy asarlarni o‘qidim. D) A, C
145. ...Kanal bo‘yidagi soya-salqin choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchrab qoldi. Ushbu misolda gapning qaysi bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ega
146. Hovli etagida – darvozaxonaning shundoqqina ro‘parasida – garaj. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) ega B) aniqlovchi C) kesim D) hol
147. Jarda, anhorni to‘latib oqqan suv yo‘lida, tegirmonning chirillashi ham bahor nash’asiga yana bir go‘zallik qo‘shganday. Ushbu misolda gapning qaysi bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) hol C) aniqlovchi D) ega
148. Sunbula xola, xursandlik hislari bilan to‘lgan holda, bog‘ni aylanib keldi. Mazkur gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) ajratilgan hol
C) ega D) ajratilgan kesim
149. Ajratilgan aniqlovchi qaysi javobda berilgan?
A) O‘rta Osiyoda Navro‘z, yangi yil bayrami, katta tantana bilan nishonlanadi. B) Shoir sevgan qiz shu hamshira. C) Biz, yoshlar, xalqqa xizmat qilamiz. D) Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan, og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi.
150. Gapning bosh bo‘lagi ajratilgan gapni toping.
A) Paxtakor o‘zbekman – zabardast, mag‘rur. B) Bu xabar ko‘plarni, shujumladan, Mahkamni ham, juda quvontirdi. C) Biz, hammamiz, bir oilaning bolasimiz. D) Uzoqdan otliqlarning – Alisher va uning hamrohlarining qorasi ko‘rindi.
2-§. Ajratilgan to‘ldiruvchilar
Dostları ilə paylaş: |