9. OtQfe’l shaklidagi birikmalarda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi vositalar ko‘rsatilgan javobni toping. A) kelishiklar B) tartib va ohang (ohang) C) ko‘makchilar D) kelishik va ko‘makchilar 10. Shoshmasdan bajarmoq, to‘g‘riga yurmoqkabi birikmalardagi so‘zlar o‘zaro qanday yo‘l bilan bog‘langan? A) moslashuv usuli bilan B) ko‘makchili boshqaruv usuli bilan C) bitishuv usuli bilan D) kelishikli boshqaruv usuli bilan 11. Qaysi qatorda so‘z birikmasi bor? A) O‘zbekiston Oliy Majlisi B) va’da bo‘yicha C) mehnatiga yarasha D) ota yurt 12. Bosh so‘z ravish bilan ifodalangan otli birikmani toping. A) hammadan kuchli B)farovon hayot C) haqiqatga yaqin D) ko‘p gapirmoq 13. Bosh so‘z sifatdosh bilan ifodalangan so‘z birikmasini toping. A) vazifani bajarib B) kelajakka umid C) chet elda o‘qigan D) o‘qigan bola 14. Qaysi qatorda so‘z birikmasi yo‘q? A) elga xizmat B) bir-biriga oqibatli C) sohil bo‘ylarini kezmoq D) ko‘ngli keng 15. OtQravish shaklidagi birikmalarda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi asosiy vositalarni toping. A) kelishiklar B) ko‘makchilar C) tartib va ohang D) kelishik va ko‘makchilar 16. Bosh so‘z ravishdosh bilan ifodalangan fe’lli birikmani toping. A) gulni sevmoq B) senda ko‘p C) hurmat bilan yondashgan D) idishlarni arta-arta 17. Quyidagilarning qaysi biri qaratqichli birikma? A) oltin soat B) yurtimiz yoshlari C) uzum edi D) peshin chog‘i 18. SifatQot shaklidagi birikuvlarda quyidagi vositalarning qaysi biridan deyarli foydalanilmaydi?1) kelishik qo‘shimchalaridan; 2) ko‘makchilardan;3) ohangdan; 4) so‘z tartibidan. A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 2, 4