NAZOKAT
Qiz bolalarning yurish-turishi, gap-so'zi nazokatli, dilvar bo'lsin. Bundaylarga ortiqcha harakat, qo'pol qo'l siltashlar yarashmaydi.
Nazokat, dilvarlik deganda muloyimlik, nozik xatti-harakat, yumshoqlik tushuniladi. Qattiq gapirish, qattiq kulish, qo'llarni sillab, hammani o'ziga qaratib turish nazokatdan yiroqdir. Darhaqiqat, tili shirin, chehrasi gulgun qiz-ayollar o'z oilasining vaxtu saodati, ota-onasininig faxri bo'libgina qolmay, o'z elining ko'rki hamdir.
Demak, qizlarda, ayol kishida, birinchi navvatda aql-u farosat, idrok-u
nazokat bo'lishi kerak. Ana shu bilan u past-valandni, achiq-chuchukni,
bor-yo'qni, oila sharoitini, imkoniytlarni fahmlay oladi, idrok etadi, aql-hush bilan ish yurgizib, kam-kostlami vartaraf qiladi. Zotan, ayollargaxos bo'lgan o'lmas nazokat atrofdagilarga hamisha qanot vag'ishlab kelgani haqida hayotda misollar bisyor.
Nazokat hamisha mehr bulog'idan suv ichadi. (115 ta soz.)
5. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bu bosqichda o'qituvchi o"quvchilaming bilim doirasini kehgaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollardan foydalanadi:
Frontal savollar:
1. Til haqida tarixiy shaxslar aytgan qanday fikrlarni bilasiz?
2. Til va tafakkurning qanday bog'liq tomonlari bor?
3. Tilning inson faoliyatidagi ahamiyatini ayting.
6. Darsning yakuni:
o'qituvchi o'tilgan yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning tushunmagan savollariga javob beradi. Darsni mustahkamlashdagi o'quvchilar javobini muhokama qilib, o'quvchilar bilimini vaholaydi vaholarni izohlaydi hamda darsni yakunlaydi.
7. Uyga vazifa:
A. Rafiyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" DMAK. 2002 yil. 6-14 bet. O'qish va konspektlash.
MAVZU: O'ZBEK TILINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI. ESKI ADABIY TIL VA HOZIRGI O'ZBEK TILI, ULARNING O'ZARO MUNOSAVATI
1. Dars turi: _____________________
2. Dars vaqti: __ daqiqa
3. Dars tipi:
- o'quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash;
- yangi mavzuni o’zlashtirish.
4. Darsda qo'llaniladigan usullar:
Innovatsiyon texnoligoyalari asosida "Muz yorar", "Mustaqil ish" usullari, test usuli
5. Darsda qo'llaniladigan nazorat turlari:
- Frontal savollar.
-
Mustaqil ish turi.
-
Nazorat ishi .
6. Dasr maqsadlari:
A. Ta'limiy maqsad:
-
Nazariy bilimlarni egallash va mustahkamlash;
-
Turli tarixiy davrlarda o'zbek tilining rivojlanib borishi haqida
axborot berish;
-
o'zbek tillning taraqqiyot bosqichlari haqida ma'lumot berish;
-
Eski o'zbek lili va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha
berish;
-
Hozirgi ozbek adabiy tili haqida kengroq ma'lumot berish
B. Tarbiyaviy maqsadi:
-
o'quvchilarda namunali nutqiy ko'nikmalarni shakllantirish.
-
amaliy faoliyatda turli nutq uslublarida fikr bildirishni o'rganish.
-
o'quvchidagi axloqiy va estetik tushunchalar asosida so'zlash ko’nikmasini yanada rivojlantirish.
-
Turni ifodalashni o'rgatish.
-
Turli ohahgdagi nutq ko'nikmalarini o'zlashtirish.
V. Rivojlantiruvchi maqsad:
-
tilning ijtimoiy faoliyatdagi o'rnini anglatish;
-
tilni nutq jarayonida tafakkurning munosavati;
-
o'quvchining namunali yozma va ogzaki nutqini shakHantirish;
-
nutqiy faoliyat chog'ida mavzuga ijodiy yondoshish malakasini rivojlantirish.
-
mustaqil fikrlash va o'z fikrini aniq, to'lq vayon qilish ko'nikmasini rivojlantirish.
-
o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish.
-
o'z ona tilisiga muhabvat hissini rivojlantirish.
8. Darsni o'tish joyi: _______________________________
9. Darsning didaktikasi (integratsiya):
A. Fandagi mavzular aro bog'lanish:
Mavzu: 1. "Davlar tili to'g'risida"gi qonun va undan kelib chiqadigan vazifalar.
B.Fanlararo bog'lanish:
1. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish:
Mavzu: Til va nutq. Tilning ijtimoiy mohiyati.
2. O'zbekiston tarixi:
Mavzu: 1 .Qoraxoniylar davlati. Mavzu 2. Amir Temur davlati.
V. Hayot bilan bog'lash:
-
Mavzuni meditsina amaliyotidan olgan namunaviy muloqot asosida
tushuntirish.
-
Tibbiyot xodimi va bemor o'rtasidagi turli suhvat ko'rinishlari.
-
Kundalik hayotimizdagi nutqiy faoliyat bilan bog'lanish.
-
Ichki kechinma, fikr-mulohaza, dunyoqarashni lushuntirish.
10. Kerakli bilimlar doirasi:
-
Til haqida ma'lumotlarga ega bo'lish;
-
Til va tafakkurning farqlarini bilish;
-
Tilning inson faoliyatidagi ahamiyatini bilish;
-
Turli munosavatlarni ifodalashda til va tafakurning munosavatini bilish.
11. Darsni jihozlash:
Til haqida mashhur kishilarning fikri yozilgan ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, diktant matni. Slayd, kodoskop, ekran.
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.
№
|
DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
|
VAQTI
|
|
|
|
1
|
Tashqiliy qism
|
daqiqa
|
2
|
o’qituvchining kirish so’zi
|
daqiqa
|
3
|
o’quvchilarning bilimini tekshirish
|
_ daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuning bayoni
|
daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
daqiqa
|
6
|
Darsning yakuni
|
daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa
|
daqiqa
|
|
Jami
|
daqiqa
|
12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.
№
|
Dars
Bosqich-lari
|
Ta’lim beruvchining
Faoliyati
|
Ta’lim oluvchining
faoliyati
|
Texnologiya
|
Metod
|
Shakl
|
Vosita
|
1
|
Tayyor-lov
__ daqiqa
|
Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish
|
O’quvchilar darsga
kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga
borib o’tiradi.
|
Noan’anaviy
|
Guruh-larni
shakl-lantirish
|
Taqsimlash
qog’ozchalari
|
2
|
Mavzuga
kirish
__ daqiqa
|
Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.
Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.
|
Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.
O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.
|
Mavzu
_____________________________________________________________________________
|
Guruh-lar
|
Ko’rgazma
doska,
bo’r
|
3
|
O’quvchi-larning oldingi bilimlarini
tekshirish
_____ daqiqa
|
O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi
(savollar ilova qilinadi)
|
O’quvchilar javoblarni belgilashadi.
Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.
|
An’anaviy
nazorat usuli
|
Guruh
|
Savollar
Doska va bo’r,
o’quv
daftarlari
|
4
|
Yangi mavzu-ning
bayoni
_____ daqiqa
|
Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.
___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
|
Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.
|
Ma’ruza yangi mavzu bayon
qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.
Hayotdan misollar keltiriladi.
|
Guruh-lar
|
Slayd, mavzu
bo’yicha yozilgan
materiallar
doska va
bo’r
|
5
|
Taqdimot
______ daqiqa
|
Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.
|
Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.
|
Muhokama va mustaqil ishlash
|
Guruh-chalar
|
Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.
|
6
|
Baholash
____ daqiqa
|
Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.
|
Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi
|
Munozara
|
Guruh-chalar
|
Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar
|
7
|
Umum-lashtirish
_____ daqiqa
|
Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.
|
Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.
|
Sunbat-mulohaza
|
Guruh-chalar
|
Baholash mezonlari varaqasi.
|
8
|
Darsga yakun yasash
____ daqiqa
|
Darsni yakunlaydi.
Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti
________________________________________________________________________________________
|
Tinglaydilar.
Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.
|
Ma’ruza
|
Umumiy
|
Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r
|
13. O'qituvchi uchun adabiyotlar:
A. ASOSIY:
-
A.Raflyev. N. G'ulomova. "Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" NMAK.2002 yil.
-
G'.Abdurahmonov. H.Rustamov. "Ona tili" 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. "O'qituvchi". 1995 yi
B. QO’SHIMCHA:
1. G'.Abdurahraonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. "O'qituvchi" 1981 yil.
2. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, SH.Yusupova. "Hozirgi o'zbek adabiy tili" Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomiiagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil.
DARS BOSQICHINING MAZMUNI .
1. Tashkiliy qism: o'qituvchu o'quvchilar bilan salomlashadi. o'quv xonasining tozaligini tekshiradi, xonani ko'rgazmali qurollar, texnik-axborot vositalar bilan jihozlanishi, o'qitiladigan mavzuga mosligiga e'libor beradi. Navvatchini aniqlab, davomatni tckshiradi. o'quvchilarning tayyorgarligi (kitob, daftari, ruchka kabi oquv qurollari va kiyinishi)ni tekshiradi.
2. O'qituvchining kirish so'zi: bu bosqichda o'qituvchi o'quvchilarni yangi o'quv yili boshlangani bilan tabriklaydi. So'ng ularning bilimlarini qayta esga olish uchun savollar beradi. Yangi mavzu nomini aytadi va dars o'tish rejasi, darsning maqsadi bilan o'quvchilarni lanishtiradi hamda ularni doskaga yozib qo'yadi. Oqituvchi o'quvchilarning diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni darsni o'zlashtirishga, bilimlarni puxta egallashga tayyorlashi kerak.
3. O'quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va vaholash: o'qituvchi o'tilgan mashg'ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o'quvchilarning bilimini tekshiradi.
1. Frontal savollar.
-
Til deganda nimani tushunasiz?
-
Tafakkur haqida nimalar bilasiz?
-
Til va nutqning o'ziga xos xususiyatlari ayting?
-
Mashhur kishilar til haqida.
-
So'zga ta'rif bering.
4. Yangi mavzuni tushuntirish: bu bosqichda o'qituvchu o'quv dasturiga asoslanib, o'quvchilarga kerakli bilim doirasi bo'yicha mavzuni tushuntiradi va o'quvchilar ma'ruzaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o'quvchilar hamkorligida ularning flkrlashi uehun yo'llanmalar berib ishlaydi.
MAVZU: O'zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. Eski adabiy til va hozirgi o'zbek tili, ularning o'zaro munosavati
REJA:
1. O'zbek tilining taraqqiyot bosqichlari.
2. "Eski o'zbek tili" tushunchasi.
3. Eski o'zbek tilining umumiy xususiyatlari.
4. Hozirgi o 'zbek adabiy tili va uning xususiyatlari.
Tayanch soz va iboralar: O'zbek tili, tilning taraqqiyot bosqichlari, eski o'zbek tili, hozirgi o'zbek tili, fonetik xususiyat, geneologik , grammatik jihat, leksik jihat, oltoy davri, xun davri, qadimgi turkiy davr, o'rta turk davri, hozirgi turk davri, qorluq-chigil, qipchoq, qoraqalpoq, o'g'uz, umumturk, qoraxoniylar, temuriylar, yozma manvalar: o'rxun-Enasoy bitiklari, "Devonu lug'oti turk", "Qutadg'u bilig", "Huvatul Haqoyiq", "Devoni hikmat", "Qissasi Rabg'uziy", "Muhabvatnoma", "Me'rojnoma", "Muqadimat - ul-adab", Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Furqat.
O'zbek tili - turkey tillardan biri. O'zbek tilidan boshqa qirg'iz, qozoq, qoraqalpoq, oltoy, yoqut, xoqos, uyg'ur, oyrot, tuva, nog'oy, tatar, boshqirt, ozarvayjon, turk, turkman, ko'kug'uz, chuvash, avar, lezlin, qorachoy, qavardin-valqar, hazar kabi tillar ham turkey tillar turkumiga kiradi. Turkiy tillar o'z navvatida mo'g'ul tillari, manjur-tungus tillari bilan oltoy tillar oylasiga kiradi. Tillarni bu kabi turkum va oilalarga ajratishda tillarning o'zaro geneologik xusisiyati, ya'ni kelib chiqishi, gap qurilishi, so'z yashalishi kabilarga qaraladi.
Turkiy tillar ularning har xil belgi va xususiyatlariga qarab turlicha tasnif qiladilar. Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit - turk" kitobida qipchoq, o'g'uz, qorluq, chigil va boshqa yirik qabila tillari haqida so'z yuritiladi. Ularning til xususiyatlari izoh qilingan. Bu yerda turkey lillar taraqiyotining umumiy yo'nalishiga e'tibor berilgan.
O'zbek tili taraqqiyotini belgilashda bu kabi asoslarga bir muncha o'zgartirishlar kiritishga to'g'ri keladi. Chunki, o'zbek xalqi qorluq-chigil qabilalari negizida o'g'uz, qipchoq urug'larining qo'shilishidan yuzaga kelgan. Bu xalq tarkivaga mo'g'ul, arab, croniy qatlamlar ham aralashib ketgani tarixdan ma'lum. Shunga ko"ra, o'zbek tili taraqqiyotini quyidagicha belgilanadi.
I. Oltoy davri. Bu davrning ibtidosini aniq chegarasini belgilash qiyin. Shartli ravishda oltoy tillari deb ataladigan tillar bu davrda turk-mo'g'uI va manjur-to'ngus tillariga ajralgan deb faraz qilinadi.
II.Xun davri. Taxminan eramizdan oldingi 3-asrdan eramizning IV-asrigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrning xun(g'un) davri deb atalishiga sharqdan Sharqiy Yevropagacha Markaziy Osiyoni ham qamragan katta hudud doirasida Xun imperiyasi shaklanishiga savab bo'lgan. Xun davrida oltoy tillariga mansub ko'plab tillar boshqa ko'plab qabilalarni o'z ichiga olib sharqiy va g'arbiy xunlarga ajralgan. o'zbek tili
g'arbiy xun imperiyasi tarkibiga kirgan.
III.Qadimgi turklar davri. Bu davr V-XI asrlarni o'z" ichiga oladi. Unda turk davlatining tashkil topishi, turkey urug' va qabilalar uchun umumiy turkey adabiy tili shaklangan.
IV.Eski o'zbek adabiy tili davri. Bu davr XII asrdan XIX asr oxiri, XX asr boshlarigacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Buni o'z navvatida shartli davrlarga bo'lish mumkin.
1) XII -XIV asrlar eski o'zbek adabiy tilining shaklanish davri.
2) XV- XVI asrlar eski o'zbek adabiy tilining rivojlanish davri.
3) XVII-XX asrlar eski o'zbek adabiy tilining turg'un davri.
V. Hozirgi o'zbek adabiy tili davri. Bu davr XX asr boshlarida hozirgi kunda ham davom etmoqda. Bu chog'da yangi o'zbek tili hsakllandi va rivojlandi. Uning yangi me'yyoriy normalari ishlab chiqildi. o'zbek adabiy tili rivojlangan, ijtimoiy faol, leksik boy tillardan biriga aylandi.
Yuqorida keltirilgan taraqqiyot bosqichi hsartli bo'lib uni belgilashda olimlar o'rtasida turli tafovutlar bor. Va'zilar tarixiylik nuqtai nazardan davlashtirishni taklif etsa, boshqalar leksik va grammat o'zgarishlarni inovatga oladi. Har ikki holat ham o'z cTrinda to'g'ri. Shuning uchun eng maqbul variantni taklif etdik.
"Eski o'zbek tili" deganda, biz bu tilning qadimgi paytidan boshlab, uning milliy til darajasiga yetgunga qadar bolgan uzoq davrilik tarixiy holatini tushunamiz. Boshlanishi eski turkiy til davri oxiri o'zbek milliy adabiy tili me'yyori yuzaga kela boshlangan payt - tilimizning shu orada qo'llangan va o'ziga behisob yozma tarixiy yodgorliklarni jamlagan davri eski o'zbek tili deb yuritiladi. o'zbek adabiy tilining shakllanishi turli ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog'liq. o'zbek xalqining xalq sifatida uyshuvi, o'zbek tilining shaklanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlanib, mo'g'ullarning hujumiga qadar ma'lum bir bosqichga yctgan bo'lsa ham, urush va vayrongarchilik tufayli bu jarayon orqaga surildi. XIII asr oxiri, XIV asr boshlariga kelib xalq negizi to'liq tiklandi. Shunday qilib, eski o'zbek adabiy tilining shaklanishi XIII asr oxiri, XIV asr boshlariga to'g'ri keldi.
Biz haqli ravishda Alisher navoiyni o'zbek adabiy tilining asoschisi deb araymiz, ikkinchi tomondan o'zbek adabiy tilininig shaklanishini XIII asr oxiri XIV asr boshlari deb aytmodamiz. Bu ikki masala o'rtasida anchayin farq bor. U qayerdan paydo bo'ldi. Alisher Navoiy ijod qila boshlaganda o'zbek adabiy tili bor edi. Ungacha bu tilda Atoiy, Lutfiy kabi o'nlab adiblar varakali ijod qilishgan. Lekin hali ravishda Alisher Navoiyni o'zbek adabiy tili asoschisi hisoblanadi. A.Navoiyning xizmatlari shundaki, u o'zigacha bo'lgan adabiy tilning tyoliq imkoniyatlaririi ochib berdi, adabiy tilni boyitdi, adabiy til me'yyorlarini qar'iylashtirdi. Uning ijtimoiy-siyosiy huquqini tikladi. o'z asarlari orqali o'bek tilining shuhratini olamga yoydLNavoiy davrida o'zbek tili umumturkiy xalqlarning umumiy tiliga aylandi. Shu ma'noda Alisher navoiyni adabiy tilimizning asoschisi deymiz.
Hozirgi o'zbek adabiy tili eski o'zbek tilidan o'sib chiqib, takomillashgan bcTlsa, eski o'zbek tili ham qadimgi va eski turk tilidan shu tariqa o'sib ajralib chiqqan. Turkiy manvalar asosi eski o'zbek tilida, eski o'zbek tili asoslari esa hozirgi o'zbek tilida ko'rinadi. Tabiiyki, orada ma'lumo'zgarishlar, tafovutlar ham bor. Bundan tashqari eski o'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Mazkur xususiyatlaming fonetik tomoni quyidagilarda ko'rinadi.
Eski turkiy tilda 4 ta til orqa ( a, bi, o\ u) va 4 ta til oldi ( I, o', 8, 3 ) unlilari bor edi. Unlilarning tilorqa va tiloldi turlarga ajralishi so'zdagi tovushlarning o'zaro ohagdosh bo'lishiga - singarmonizmga asoslangan. Hozirgi o'zbek adabiy tilimizda esa, 6 ta unli bor.
Hozirgi kunda singarmonizm hodisasi o'zbek tilida yo'qolib bormoqda. Shuning uchun, qirg'iz, qozoq, uyg'ur, turk kabi tillarga xos bo'lgan tovushlar uyg'unligi o'zbek tilida so'zlashuvchilar uchun begonadek tuyuladi. Masalan, "ahu", "vala", "gada", "nazakat", "xiraman" kabi so'zlarni bola, sado, nazokat, ohu tarzda talaffuz qilinadi.
Eski o'zbek tilida f, h, JOon), j (jurnal) tovushlari o'zlashma so'zlar tarkibida kelgan. X undoshi yaxshi, o'xshash, axtar kabi sanoqli so'zladagina kelardi. Eski o'zbek tilidadagi so'zlar boshida R,L,N tovushlari, agar sanoqli so'zlarni inovatga olinmasa, so'z boshida deyarli kelmaydi. M,V, Z, SH undoshlari bilan so'zlar ham kam uchraydi. B,g,d, p harflari bilan boshlangan so'zlaming ko'pchiligi fors-tojik tilidan o'zlashgan so'zlar ekanligini nazarda tutish kerak.
Eski o'zbek tilini ot, son, olmosh turkumidagi so'zlar fe'l so'z turkumidagi so'zlarga nisvatan kamroq qo'llanilgan.
Xullas, eski o'zbek tili anchayin murakkab an'ana va qonuniyatlarga egaki, uni eski o'zbek tili deb nomlangan maxsus fan o'rganadi. Lekin nima bo'lganda ham, eski o'zbek adabiy tili hozirgi o'zbek adabiy tili shaklanishi uchun asos va namuna bo'lgan shunday bo'lib kelmoqda.
Hozirgi o'zbek adabiy tili XX asrning boshlaridagi milliy uyg'nish natijasida yzaga keldi va XX asrning birinchi yarmidayoq to'liq me'yyorlashdi. Bugungu kunda amalda qo'llanayotgan o'zbek adabiy tili normalari 1957 yil tasdiqlangan va 1995 yil 24 avgustda ma'qullangan "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosining imlo qoidalari" asosida olib boriladi. U so'zlarga boy, rang - varang, mukammal ishlangan, ijtimoiy faol, siyosiy jihatdan o'zbekiston va Afg'onistonda davlat tili sifatida tan olingan tildir.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. O'zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ayting.
2. "Eski o'zbek tili" tushunchasini ayting.
3. Eski o'zbek tilining umumiy xususiyatini bilasizmi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxat
1. A. Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "SHARQ" NMAK. 2002 yil. 2. G’.Abdurahmonov. H. Rustamov. Onatili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. "O'qituvchi". 1995 yil. 3. G’.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. "O'qituvchi" 1981 yil. 4. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, SH. Yusupova. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomifagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil. 5. Yo'ldosh Solijonov. NUTQ VA USLUB. Toshkent. "CHO’LPON" nashruyoti. 2002 yil. 6. O'zbektili va adabiyoti jurnali 2005 yil. 3-son. 121-bet. 7. F.Isaqov . Eski o'zbek tili va yozuvi. Qo'llanma. Toshkent. "O'qituvchi". 1995 yil. 8. O'bek mumtoz adabiyoti namunalari. 1-jild, "FAN" nashriyoti. Toshkent-2003 y.
Dostları ilə paylaş: |