«TASDIQLAYMAN»
Parkent tumani XTBga qarashli
24-umumiy о‘rta ta’lim maktabi
direktori ________V. Nurimbetov
“_____” “_________2021 yil
“Huquq – bugungi kun yoshlari nigohida”
Parkent tumani XTBga qarashli 24-umumiy
о‘rta ta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchilar o‘rtasida
bo‘lib o‘tadigan geografik kecha senariysi
Toshkent - 2021
“Huquq – bugungi kun yoshlari nigohida”
1-Boshlovchi:
Dunyo bor, bo‘lajak, mudom bor,
Har dilda bir yangi kalom bor,
Bu kunga yetganlar quvoning,
Sizlarga xush niyat – salom bor.
Assalomu alaykum, ushbu ziyo maskaniga tashrif buyurgan aziz mehmonlar,va hurmatli ustozlar! Bugun biz sizlarga havola etmoqchi bo’lgan “Huquq – bugungi kun yoshlari nigohida” mavzusidagi tadbirga xush kelibsiz.
2 - boshlovchi:
Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
Assalomu alaykum, hurmat va ehtirom ila ushbu kechamizga tashrif buyurgan aziz utozlar va o’quvchilar. Avvalambor, bugungi tadbirimizga ―Xush kelibsiz‖
1 - boshlovchi:
Keling endi geografik kechamizni ochib berish uchun so’z Parkent tumani XTBga qarashli 24-umumiy о‘rta ta’lim maktabi deriktori Nurimbetov Valixan Ag’abekovichga bersak marhamat. Ustoz sizga katta rahmat……………………
1- boshlovchi:
Endi tanlovda g’oliblikni adolatli tarzda aniqlab berishilari uchun hakamlar hayati bilan bilan tanishib olsak.
1.____________________________________________________
2.___________________________________________________
3.__________________________________________________ Mana hakamlar hayati bilan tanishib oldik ,
1- boshlovchi:
Jamoalar ketma - ketligini aniqlash maqsadida jamoalar hamda hakamlar hayati roziligi bilan qura tashlash yo’li bilan aniqlab olsak.
(roziliklar olinib, har bir jamoa sardori maxsus stoldan kartochkalar tanlab olinadi va ketma-ketlik aniqlanadi)
2 - boshlovchi:
Ushbu tadbirda qatnashayotganlar jamoa ishtirokchilarini sahnaga taklif etamiz. Marhamat
"AYSBERG".
"BERUNIY IZDOSHLARI".
"EVEREST" jamoalari.
(Musiqa sadolari ostida jamoalar sahnaga chiqib kelishadi.
Dostları ilə paylaş: |